BMTning asl basharasi ochilishda davom etyapti

369
0

BMTning asl basharasi ochilishda davom etyapti

BMT xavfsizlik kengashi Suriyaning Halab shahridagi ogʻir vaziyatni muhokama qilish uchun shoshinich yigʻilish tashkil qildi. Yigʻilishda soʻzga chiqqan BMT bosh kotibining gumanitar aloqalar boʻyicha yordamchisi va favqulodda holatlar boʻyicha koordinatori Stiven O’Briyen BMT xavfsizlik kengashi Suriya inqirozning millionlarcha kishilar ustidagi halokatli taʼsirini kamaytirish, gumanitar yordam yetkazib berish va insonlarni himoya qilish talablariga koʻz yumib kelayotganligini bildirdi.

Ayni paytda Suriyaning Kuneytra mintaqasida BMT tinchlikparvar kuchlari Asad askarlari bilan birga yurganligi va birga suratga tushganligi internet saytlarida tarqatildi. Suriyada tinchlik oʻrnatish davosi bilan kelgan BMT tinchlikparvar kuchlarining dunyo koʻz oʻngida Suriyaning tinch aholisini qirgʻin qilayotgan Asad askarlari bilan apoq-chapoqligini suratlardan bilib olish qiyin emas. BMT tinchlikparvar kuchlari bilan Asad askarlarining bir biriga boʻlgan iliq munosabati va yonma-yon suratga tushishlari BMT tinchlikparvar qoʻshinlari qoʻmondoni Tom Karremansning 1995 yil Sirebrinitsa qatliomini amalga oshirgan Serb qoʻmondoni Ratko Mladich bilan ning yonma-yon suratga tushiganini esga soladi.

Turkiston:

BMT Xavfsizlik Kengashining urush girdobiga tushib qolgan mintaqalarga armiya joʻnatishi, oʻzlari daʼvo qilganlaridek, insoniyatni va xalqlar xavfsizligini himoya qilish va oʻsha mintaqalarda tinchlik oʻrnatish uchun emas, balki ularning chizgan chizigʻidan yurgan va ularning maqsadlarini, manfaatlarini roʻyobga chiqarayotgan kimsalarning yonida turib, ularni qoʻllab-quvvatlash uchundir. Xuddi shunday holat Bosniya va Gertsegovinadagi Bolqon urushida ham yaqqol koʻzga tashlangan edi. Chunki oʻshanda BMT tinchlikparvar kuchlarining qurol-aslahalar va urush jihozlari bilan serblarga yordam berganligi va ularga musulmonlarning strategik pozitsiyalarini maʼlum qilib turganliklari fosh boʻlib qolgan edi.

Ayniqsa, Serblar tarafidan ayollar va bolalarni ajratmay, ommaviy qotillik amalga oshirilgan Sirebrinitsa qatliomi BMTning asl basharasini ochib berdi. Oʻshanda BMT tinchlikparvar kuchlari Srebrenitsani “xavfsiz mintaqa” deb eʼlon qilib, u yerga aksariyati ayollar va bolalardan iborat oʻn minga yaqin musulmonlarni joylashtirgandan soʻng, shaharni Serblarga topshirib, chiqib ketganligi faktlar bilan tasdiqlangan. Hatto Gaaga sudi ham bir hafta davom etgan qirgʻinni qatliom sifatida qabul qildi, ammo Serblarning javobgarlikka tortilmasligi haqida qaror chiqardi.

Shaharni Serblarga topshirgan BMT tinchlikparvar kuchlari qoʻmondoni Tom Karremansning esa biroz oʻtib martabasi koʻtarilgan edi.

Mana shundan keyin ham tinchlik oʻrnatishni BMTdan kutayotganlar haqida nima deyish mumkin?

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.