Trampning yolgʻon vaʼdalari: Olam haqiqiy alьternativ yechimga muhtoj

622
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Trampning yolgʻon vaʼdalari: Olam haqiqiy alьternativ yechimga muhtoj

Amerikaning prezidentlik saylovida Trampning gʻalaba qozonishi – u siz ham beqaror boʻlib turgan olamda – qoʻshimcha sarosima va xavotirni paydo qildi. Aslini olganda bu saylovlar kapitalistik mabda oʻz xalqi muammolarini yechib bera olmayotganini koʻrsatdi. Chunki alьternativ yechim yoʻq boʻlib turgan bir paytda murakkab muammolar yechimini topa olmayotgan odamlarni hissiyotli lektsiyalar chulgʻab oldi. Shuning uchun bugun olam har qachongidan ham koʻproq Islomni kapitalizmga alьternativ yechim va nizom sifatida koʻrishga muhtoj boʻlib qoldi.

Aldamchi nizom

AQShda va Britaniyadagi Brexit (Britaniyaning Yevro Ittifoqdan chiqishi) kampaniyasi davrida biz – siyosiy yutuqlarni qoʻlga kiritish uchungina migrantlar va musulmonlardan nafratlanishga chaqirilganiga hamda ulardan xavotirlanishni uygʻotishga harakat qilinganiga guvoh boʻldikki. Ayni paytda haqiqiy muammolardan koʻz yumildi.

Masalan Tramp musulmonlarni xunuk koʻrsatish va irqiy keskinliklar paydo qilish, hamda Oq uyga kelsam muammolarni hal qilaman deb yolgʻon vaʼdalarni berish orqali gʻalabaga erishdi. U oʻzini bugungi idoraga yot qilib koʻrsatganiga qaramay, shu idoraga yaqin aloqada boʻlgan siyosatchilar, bankirlar, nufuzli kishilar va bosim qila oluvchi jamoalarni oʻz idorasiga olmoqda. Chunki, aslida u ham Klintonga oʻxshab hukmron elitadandir. Saylov oldi kampaniyasida berilgan vaʼdalarni u ham xuddi Klintonga oʻxshab bajarilishi lozim boʻlgan ahdnoma emas hokimiyatga kelish yoʻli deb biladi.

Britaniyada esa Yevropa Ittifoqidan chiqishga chaqirayotganlar hukumat ittifoqdan chiqish bilan haftasiga 350 million funt sterling tejaydi deb daʼvo qilishdi. Shunda odamlar Yevropa Ittifoqidan chiqish tez kunlarda aniq boʻlar ekan deb ishonishdi. Lekin besh oyga yaqin vaqt oʻtishiga qaramay, Britaniya hukumatining Yevropa Ittifoqidan chiqish strategiyasida sarosima hukmron. Chunki hukumatdagi koʻpsonli vazirlarning bayonotlari bir-biriga zid kelmoqda. Ayni paytda turli siyosiy partiyalar muammolarga nisbatan pozitsiyalarini izhor etishmoqda. Xayriya ishlari bilan shugʻullanuvchi tashkilotga koʻra, mamlakatdagi yosh bolalarning toʻrtdan biri qashshoq ahvolda yashaydi. Besh otadan bittasi oʻz farzandlarini oziq-ovqat bilan taʼminlashga qodir emas. Hukumatdagi shaxslar oʻzgargani bilan muammolar oʻzgarishsiz qolmoqda.

Yevropa Ittifoqidan chiqishga ovoz berish jarayonida va Amerika saylovlarida xalq gʻazabini qoʻzgʻash va saylov qutisi oldida notinchliklarni paydo qilish uchun yolgʻon shiorlar ishga solindi. Mana shu saylovlar ilmoniy liberal nizomning botilligini koʻrsatdi. Chunki bu nizom inson bilimi cheklangan va hissiyotga beriluvchan boʻlishiga qaramay, uni qonun chiqarish manbai qilib qoʻyadi. Bu ilmoniy liberallar qoʻlida yetarli kuch va nufuz boʻlib, ular axborot vositalarini odamlarni aldash uchun ishlatishyapti. Shuningdek nizom ularning xos manfaatlari tarafida boʻlishi uchun qonun chiqarish amaliyotidan foydalanishmoqda.

Islomning hayotda yoʻq boʻlishi

Siyosiy beqarorlik va keskinlik hayotning barcha jabhalariga oʻz taʼsirini oʻtkazdi, bu inkor qilib boʻlmas haqiqatdir. Aksariyat insonlar bugungi nizomga alьternativ boʻla oladigan va barqarorlik, farovonlik, yaxshi yashashni kafolatlaydigan yechimni izlamoqdalar. Islomiy olamda urush, qon toʻkish va boshboshdoqlikni koʻrayotgan boʻlsak, Yevropada qochqinlar inqirozi va kelgindilarga qarshi nafrat tuygʻulari ortib borayotganiga guvoh boʻlyapmiz. Ayni paytda Uzoq Sharqda Xitoy va uning Amerika tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan qoʻshnilari oʻrtasida harbiy keskinlik kuchaymoqda.

Bugun Amerika yetakchilik qilayotgan olamdagi siyosiy nizom olamning turli mintaqalarida oʻzi paydo qilgan muammolarni muolaja qilishdan ojiz ekanini isbotladi. Gʻarbdagi odamlar oʻtgan yillar mobaynida oʻz hukumatlari dunyoning boshqa mintaqalari ustidan hukmron ekaniga xotirjam edilar (ular oʻz hukumatlarining mustabid hokimlarni qoʻllab-quvvatlayotgani va urush olovini yoqayotganini koʻrsalarda oʻzlarini bilmaslikka oldilar). Lekin oʻtgan oʻn yillik mobaynida boʻlgan iqtisodiy depressiyalar tufayli odamlar nizomga boʻlgan ishonchini yoʻqotishdi. Odamlar siyosatchilarning ochkoʻzligida koʻrinayotgan sharmandachilikdan, ulkan shirkatlarning muomalasidan va axborot vositalarining ishonchsizligidan gʻazablanadigan boʻlib qoldi.

Haqiqiy alьternativ yechim

Gʻarbdagi katta siyosiy oʻngchi va soʻlchi partiyalarning birortasi ham ichki va tashqi muvaffaqiyatsizlik ilmoniy, liberal, kapitalistik mabdadan paydo boʻlganini, hamda bu bitta siyosiy shaxs tufayli boʻlmayotganini tan olgisi kelmaydi. Shuning uchun bugun olam insoniy muammolarni muolaja qilish uchun islomiy shariat ahkomlarini tatbiq qiladigan nizomga, yaʼni Islomga muhtoj.

Oxirgi paytlarda olam guvohi boʻlayotgan iqtisodiy beqarorliklarning asosiy sababi kapitalizmning moliyaviy nizomidir. Bank tashkilotlarining taʼsirida goho oʻsish davri boʻlsa, goho kasod davri boʻlyapti. Bunda ulkan investitsiyalar qisqa vaqt ichida katta daromad topish uchun turli ishlab chiqarish korxonalariga yotqizilyapti. Ribo asosiga qurilgan bank muomalalari qarzdorlarga dalda bermoqda. Lekin bu bozorga boʻlgan ishonch yoʻqolganidan keyin iqtisodning yemirilishi va vayron boʻlishiga olib boradi.

Islomiy nizomda buning aksi oʻlaroq moliyaviy foydalar sharʼiy manbalardan olinishi kerak. Yaʼni ishchilar va mol egalari zararni bir xil koʻtarishlari kerak. Bu narsa barqarorlikni oʻsishiga va boylikni koʻpayishiga yordam beradi hamda uni ozchilik qoʻlida toʻplanib qolishidan saqlaydi.

Kapitalistik nizom, yaʼni demokratiyada hukumat va parlament ruxsat yoki man qilishga aloqador qonunlarni ogohlantirmasdan oʻzgartiraveradi. Natijada jamiyatdagi boy guruh va katta shirkatlar siyosat ishlariga taʼsir koʻrsatish va tijoriy manfaatlarini himoya qilish uchun katta mablagʻlarni sarflashadi. Shuning uchun oddiy odamlarning fikrlari odatda eʼtiborga olinmaydi.

Islomiy nizomda shoʻro majlisi qonun chiqarishda rol oʻynamaydi. Chunki qonun chiqarish manbai islomiy shariat hisoblanadi. Shoʻro majlisining roli esa hokimlarni qilgan ishlariga qarab muhosaba qilishdan iborat. Bu ularga berilgan imtiyoz emas, balki vojib masʼuliyatdir. Paygʻambar A aytadilar:

“أَفْضَلُ الْجِهَادِ كَلِمَةُ حَقٍّ عِنْدَ سُلْطَانٍ جَائِرٍ”

“Eng afzal jihod zolim sulton huzurida aytilgan haq soʻzdir”. (Termiziy Abu Hurayra Gdan rivoyat qilgan).

Islomiy shariat umumiy mulk bilan xususiy mulk oʻrtasini ajratgan. Umumiy mulk Ummat manfaati uchun davlat tarafidan idora qilinishi vojib boʻlgan neft, gaz va suv kabilardir. Xususiy mulk esa shaxslar va shirkatlar egalik qilishi mumkin boʻlgan mulklardir.

Shariat ishchi va ish beruvchilar uchun barqaror iqtisodiy sharoitni paydo qiladigan yorqin asoslarni belgilab qoʻydi. Bunda taraflar adolatli shartlar bilan bir-biriga yordam berish va musobaqalashish ishlarida oʻz huquq va vazifalariga rioya qiladilar.

Shariat insonni turli diniy va irqiy jamoatlarning huquq va masʼuliyatlari borasida shaxsiy hukm chiqarishdan qaytaradi. Britaniyadagi kabi kapitalistik jamiyatlarda sogʻliqni saqlash, chakana savdo va qurilish kabi asosiy sohalarda ishchi kuchini toʻldirish uchun migrantlarni olqishlab kutib olishdi. Lekin iqtisod moliyaviy bozorlardagi ikkilanish tufayli beqarorlikka yuz tutgach, axborot vositalari va hukumat idoralari migrantlarni omma boyliklariga xatar sifatida tashviqot qila boshladi.

Roshid Xalifalik Islomni tatbiq qilish orqali gʻayrimusulmonlarni taʼqib qilishdan qaytaradi. Shuningdek u qonunni ijro qilishda har qanday irq yoki shaxsning roli boʻlishiga ruxsat bermaydi. Rosululloh A aytadilar:

“أَلَا مَنْ ظَلَمَ مُعَاهِدًا، أَوِ انْتَقَصَهُ، أَوْ كَلَّفَهُ فَوْقَ طَاقَتِهِ، أَوْ أَخَذَ مِنْهُ شَيْئًا بِغَيْرِ طِيبِ نَفْسٍ، فَأَنَا حَجِيجُهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ”

“Ogoh boʻling kimki ahd tuzgan kimsaga zulm qilsa, yoki kamsitsa, yoki toqatidan ortigʻini yuklasa, yoki uni rozi qilmay bir narsasini olsa, men qiyomat kuni uning himoyachisi boʻlaman”. (Abu Dovudning Sunan kitobi, Abu Said Xudriy rivoyati).

Shariat insonning barcha ishlarini ikir-chikirigacha jamiyatning talab va ehtiyojlariga rioya qiladigan nizom bilan muolaja qilgan. Shuningdek insonni gʻarizalari turtkisi asosida tartibsiz ish yuritishdan qaytargan. Kapitalistik nizom dunyo yetakchiligini qoʻlga kiritgach insoniyat jarga qarab qulab bormoqda. Bugun Britaniya va Gʻarbdagi musulmonlar har qachongidan ham koʻproq Islomni barchaga alьternativ hazorat sifatida berilishga muhtoj. Ayni paytda roshid Xalifalikni tiklash uchun faoliyat qilishlari ham shart. Alloh Taolo aytadi:

وَمَا أَرْسَلْنَاكَ إِلَّا رَحْمَةً لِّلْعَالَمِينَ

“(Ey Muhammad), darhaqiqat Biz sizni barcha olamlarga faqat rahmat (yaʼni Allohning rahmati-jannatiga yetaklaguvchi) qilib yubordik” [Anbiyo 107]

Hizb ut-Tahrir Britaniya

17 safar 1438h

17 noyabr 2016m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.