KONSTITUTsIYa EʼTIQOD ASOSIDA QABUL QILINIShI KERAK

1131
0

بسـم الله الرحمن الرحيم

KONSTITUTsIYa EʼTIQOD ASOSIDA QABUL QILINIShI KERAK

Har qanday insonda bir eʼtiqod boʻladi. Qadimdagi budparast insonlarni olaylikmi yoki xozirdagi insonlarni olaylikmi, har bir insonda bir eʼtiqod boʻlib, oʻsha asosida fikrlaydi va hayotini undan kelib chiqqan tushunchalarga binoan tartiblaydi. Bosh nizom – konstitutsiya ham yoki undan kelib chiqqan qonunlar ham oʻsha eʼtiqod natijasidir. Bu esa insonning bir gʻarizasi boʻlib, hech bir zamon undan qutilolmaydi. Lekin uni topishda inson adashib, ahmaqona narsalarga eʼtiqod qilishadi. Masalan: tarixda budlarga eʼtiqod qilgan va unga asoslanib hayotini tartibga solgan insonlarni xozirda tushunish qiyin; qanday qilib inson oʻz qoʻli bilan yasagan narsaga sigʻinadi va undan jamiki ehtiyojlarini yechib berishini va muammolarini bartaraf qilishilarini umid qiladi deb hayron boʻladi. Ularga juda qoloq va sodda insonlar sifatida qaraladi. Shunday ahmaqona vaziyatga tushib qolmasligi uchun inson hayotining asosi boʻlgan qatta muammoga boʻlgan yechimini yorqin fikr yordamida yechib olishi kerak. Albatta bunga aqlini hakam qilib, xulosa chiqarish bilan toʻgʻri asosni topadi.
Ammo Oʻrta Osiyo xalqlaridagi konstitutsiya gʻoyritabiiy boʻlgan, yaʼni 1990 – yillarda Rossiya rahbarlari SSSRni tarqatib, bizni “qogʻozda mustaqil” yashashimizni rejalashtirdi. “Poda” boʻlishni xohlamagan yoki ruslardan chiqqan rahbarlarni yovvoyi, vahshiy insonlar deb bilib, ulardan uzoqlashishni xohlagan Latviya, Litviya yoki Estoniya kabi xalqlar ularning rejasiga yurmadi. Hayotdagi yoʻnalishlarini oʻz bilganlaricha tartiblashtirishdi. Bizlarni esa, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Qozogʻiston kabi davlatchalarga aylantirdilar va har bir xalqqa, goʻyoki bir podani boʻlaklarga boʻlib, ular uchun alohida sharoitlar qilgani kabi oʻz maqsadlarini amalga oshirib beradigan “konstitutsiya”larni ishlab chiqdilar. Shuning uchun joriy boʻlib turgan konstitutsiyaga ham yoki undan kelib chiqqan qonunlarga ham na hurmat bor, na rioya qilish bor. Chunki u bizning eʼtiqodimizdan kelib chiqqan emas, hatto bizning eʼtiqodga ziddir. Shuning uchun konstitutsiya ham yoki undan kelib chiqqan qonunlar ham har yili oʻzgartirilavermasdan, uning asosini aqlan tekshirib olinsagina, hayotimiz toʻgʻri tartiblashadi va har bir fuqaro uning ijrosi uchun oʻz xissasini qoʻshadigan boʻladi. Qonunbuzarliklar kamayadi, porahoʻrlik yoʻqoladi. Aksincha, koʻchadagi DAN hodimlaridan tortib, har qanday idoralarda ham, xuddi hozirgidek, porahoʻrlik odatiy hol boʻlib qoladi. Konstitutsiyaga ham yoki undan kelib chiqqan qonunlarga ham hech kim rioya qilmaydi, prezident bosh boʻlib, deputatlar, hukumat rahbarlari, organ hodimlari ham konunni buzishdan, uni ayoq osti qilishdan hijolat boʻlmaydigan boʻlib qoladi. Agar ularda konstitutsiyaga nisbatan ozgina qadr-qiymat, hurmat boʻlganda edi, insonlarning eʼtiqodi uchun quvgʻinlarga, tazyiqlarga uchrashiga yoki qamalishlariga, ayniqsa ayollarning ham qamashlariga deputatlarning oʻzlari birinchilardan boʻlib qarshi chiqqan boʻlar edilar, chunki eʼtiqod erkinligi bu konstitutsiyaning asoslaridan biridir.
Mustamlakachi derjavalar AQSh boshchiligida BMTni tashkil qilib, har biri oʻz ulushiga tekkan oʻlkalarga nisbatan kullardek olib borgan muomilasiga koʻnikib qolgan yoki hayvonlardek sharoitda yashashga mahkum boʻlgan insonlar oʻz hayotlarini asosi boʻlgan bosh nizom – konstitutsiya haqida befarq boʻladilar va bu haqida fikrlashni ham, oʻz hayotlarini, hamda kelajagini toʻgʻri asosda nizomlashtirish uchun kurashishni ham xohlashmaydi. Ammo oʻzini birovga qul emas, balki hur deb bilgan aqlli insonlar nafaqat bosh nizomga, balki har bir qonunga ham befarq boʻlmaydilar. Shundan kelib chiqib, barcha mufakkirlarni va oʻzida erk bor deb bilgan fikr egalarini fikrlashga hamda konstitutsiyaning ham, undan kelib chiqqan qonunlarning ham asosi boʻlgan asosiy fikr toʻgʻrisida bahs qilib, bu fikrlardan toʻgʻri asosni ajratib olishga chaqiraman. Bizga maʼlum boʻlgan eʼtiqodlar juda koʻp, lekin fikrlashga loyiqlari faqat uchta deb bilaman, ular sotsializm, kapitalizm va Islom. Ammo har xil shakldagi budlar, molga eʼtiqod qilish yoki oʻtparastlik kabi asoslar fikrlashga yaramaydi.
Shu maqsadda quydagicha fikrlashni maqsadga muvofiq deb bildim:
1. bahsga aqlni asos qilish, chunki bu faqat aql neʼmati berilgan mavjudotlarning ishi va aql insonlar oʻzaro xujjatlashishlaridagi mushtarak asos boʻlib, u bilan isbotlangan narsani qabul qilmaslik ortidan oʻsha insonning yomon, gʻarazli maqsadlari bor xoin, malʼun ekani maʼlum boʻladi.
2. oʻzi toʻgʻri deb bilgan asosni aqliy xujjat bilan dalillab berish, masalan: sotsializm asosi boʻlgan “modda azaliy” degan eʼtiqodni qanday dalil bilan qabul qilmoqdalar? Yoki kapitalizm asosi boʻlgan “din hayotdan ajratilishi shart” degan eʼtiqodni qaysi dalildan kelib chiqib qabul qilishmoqda?
3. oʻzi qabul qilgan eʼtiqoddan boshqa eʼtiqodlarni puch va notoʻgʻri ekanini aqliy dalil bilan isbotlash, yaʼni sotsializm asosini qabul qilgan komunist Islomning asosi boʻlgan “Alloh Taoloning borligi” va “Qurʼon Alloh Taoloning kitobi” va “Muhammad – alayhissalom – Allohning elchisi” ekanini aqliy dalillar bilan rad qilish, va hokazo.
Dalil keltirmasdan oʻz fikrini oʻtkazishga boʻlgan harakat mattahamlik va zoʻravonlik boʻlib, bu ish insoniyligi yuksak boʻlgan oqillarga toʻgʻri kelmaydi. Itlar kabi bir birlarini talash, baqir-chaqir qilish yoki shaxsiy adovat yuzasidan mavzuʼga aloqasi boʻlmagan sohalarga oʻtish, haqoratlash oʻsha insonni bahs maydonida magʻlub boʻlganining belgisidir.

Gʻarib.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.