Xitoy hukumati Shinjon aholisiga pasportlarini topshirishni majburiy qilib qoʻydi

678
0

Xitoy hukumati Shinjon aholisiga pasportlarini topshirishni majburiy qilib qoʻydi

Xitoy hukumati Shinjon Uygʻur muxtor tumani aholisini oʻz pasportlarini mahalliy politsiya uchastkalariga doimiy saqlash uchun berishlarini majburiy qilib qoʻydi, deb xabar bermoqda Xitoyning “The Global Times” nashri oʻz manbalariga tayangan holda.

Bu chora “jamoat xavfsizligini” ushlab turish maqsadida amalga oshirilayotgani bilan izohlandi. Amaldorlarning vaʼda berishicha, bunday amaliyot oddiy insonlar hayotiga taʼsir koʻrsatmaydi, biroq jinoiy ish qoʻzgʻatilgan va avval gumon ostida boʻlganlarning xorijga chiqishining oldini oladi.

“The Global Times”ning koʻrsatishicha, bir necha yil avval bir qator davlat xizmatchilariga pasportlarini hukumatga saqlash uchun berish majburiy qilib qoʻyilgan, biroq 2015 yilda Shinjon hukumati bu boradagi siyosatni biroz yumshatdi. Oʻzgarishlarda turistik maqsadda pasport olgan fuqarolar ularni oʻzlarida saqlab, politsiyaga faqatgina xorijga oilaviy sharoiti yoki biznes-maqsadda borishni rejalashtirgan kishilar hujjatini topshirishi ham nazarda tutilgan.

Maʼlumki, Shinjon Uygʻur avtonom tumanida asosan musulmon uygʻurlar istiqomat qiladi. Ularning koʻpchiligi Xitoy tomonidan notinch deb qabul qilinuvchi Turkiya bilan qarindosh-urugʻchilik va madaniy aloqalarga ega.

Nashrning taʼkidlashicha, oxirgi paytlarda Xitoy hukumati xitoylik musulmonlarning har kunlik hayoti va tashqi qiyofasiga ham qatʼiy talablar qoʻymoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.