Amerika Koreyada “THAAD” tizimini joylashtirmoqda!

506
0

Amerika Koreyada “THAAD” tizimini joylashtirmoqda!

Nega Xitoy bilan Rossiya bunga norozi?

Koreya krizisiga bir nazar solib oʻtsak. AQSh ikkinchi jahon urushiga kirib, chiqqanidan coʻng, uzlatdan chiqishga va qari dunyo ishlariga aralashishga ahd qildi. Gʻarb dunyosiga yetakchilik qilish uchun Tinch okeani bilan Atlantika okeani ortidagi davlatlar ishlariga aralasha boshladi. U paytga qadar ikkinchi jahon urushida Gʻarb davlatlari bir-birining goʻshtini yeyishgandi, kapitalistik sistema daʼvatchilari boʻlgan va dunyo mintaqalarining aksar qismini nazorat qilgan Britaniya va Frantsiyadek yirik davlatlarning beli singandi. Ana shunda AQSh Gʻarb nufuzi doirasi qisqarib qolishidan, kommunistik sistema dunyoni, jumladan Gʻarb dunyosini egallashidan va Amerikaning oʻziga ham yetib borishi mumkinligidan qoʻrqib qoldi. Bu tomonda kommunistik sistema daʼvatchisi boʻlgan Xitoy ham Sovet Ittifoqi tarafida turib, Sharqiy va Janubiy Xitoy dengizidagi oʻzining regional mintaqasini, jumladan, Koreya mintaqasini oʻz nazorati ostiga olishga urina boshladi.

Sovet Ittifoqi AQSh bilan tuzgan bitimga muvofiq, Koreyaning shimoliy qismiga 1945 yil kirdi. Bitimga koʻra, Rossiya Koreyani bosib olgan Yaponiyaga qarshi AQSh urushida ishtirok etdi va buning muqobilida uning shimoliy qismiga kirdi. Amerika kuchlari esa, Koreyaning shimoliy qismida oldinga siljish bir muncha mushkul boʻlayotgani bois janubiy qismda qoldi. Koreyaliklar AQSh bosqinchiligiga qarshi isyon koʻtarishdi. Shunda Amerika oʻzi oʻrnatgan Koreya rejimi bilan birgalikda harakat qilib, isyonchilarni qirgʻin qildi va oʻzining demokratiyani kuch bilan oʻrnatish odatiga muvofiq yuz mingdan ortiq karisni qirib tashladi… Keyin butun Koreya boʻylab saylovlar oʻtkazish nayrangini qoʻllashga oʻtdi. Bu bilan u odamlarni aldashni va urush toʻxtashi ortidan Sovet Ittifoqini shimoldan chiqarib yuborishni koʻzladi. Zero, Sovet Ittifoqiga endi ehtiyoji qolmagandi, shu bois Koreyadan kommunizmni uzoqlashtirishni va bu davlatni oʻziga tobe demokratik davlat qilishni maqsad qildi. Sovet Ittifoqi AQShning saylovlar nayrangini tushundi va bunga qarshi chiqdi. Ana shunda Amerika u bilan tuzgan Koreya masalasidagi bitimidan voz kechdi.

Sovet Ittifoqi Shimoliy Koreyaga Kim Ir Senni prezident qilib tayinladi. U bugungi prezidentning bobosi boʻladi. 1949 yil ikki Koreya oʻrtasida urush boshlandi, birining ortida AQSh, ikkinchisining ortida Sovet turdi va tomonlar bir-birini yakson qilish uchun jang qildi. Sovet Ittifoqi Shimoliy Koreyaning “Koreyani birlashtirish” rejasini qoʻllab-quvvatlashini daʼvo qildi va uning armiyasi 1950 yil 25 iyun kuni 38-parallel chiziqni buzib oʻtib, uch kundayoq Janubiy Koreya poytaxti Seulgacha yetib bordi. Bu chiziq Sovet Ittifoqi bilan AQSh oʻrtasida tuzilgan bitimga muvofiq tortilgan edi. Bunday boʻlishini kutmagan Amerika darhol Xavfsizlik Kengashi tomonidan Sovet Ittifoqiga norozilik sifatida shimolni janubdan boʻlish toʻgʻrisida qaror chiqardi va Koreya ishiga ayni qarorni ijro etish iddiosi bilan aralashdi, oʻziga Gʻarb va boshqa tobe davlatlardan ittifoq tuzdi. Urushning kelib chiqishi shunday boʻldi va 1953 yilga kelib toʻxtadi. Urush oqibatida shimol janubdan ajratildi, taqsimlash davom etdi, tinchlik bitimi imzolanmadi… Urushda Shimoliy Koreyaga yordam berishda Xitoyning alohida roli boʻldi, Sovet Ittifoqi agʻdarilgandan soʻng oʻrtalaridagi aloqa yanada mustahkamlandi.

Holat shunday davom etdi. Nihoyat 1994 yil Shimoliy Koreya yadroviy qurollarni tarqatmaslikka va buning evaziga AQShdan yordamlar olishga doir shartnoma imzoladi, AQSh, Rossiya, Xitoy, Yaponiya va ikkala Koreya doxil oltilik komissiyasi tuzildi. Biroq Amerika imzolagan shartlariga Bush davrida rioya qilmadi. Natijada, Shimoliy Koreya 2003 yil mazkur shartnomadan chiqib oldi va yadroviy dasturini qayta boshlab, hatto 2006 yildan beri yadroviy sinovlar oʻtkazishga, raketa tizimini rivojlantirishga muvaffaq boʻlmoqda. Ayni raketa tizimi bilan Janubiy Koreyaga, Yaponiyaga va Amerikaning Gavayi oroliga tahdid sola boshladi. AQSh esa Shimoliy Koreyaning oʻz chegaralariga yaqin joyda yiliga ikki marta oʻtkazadigan ayni mashqlarini ataylab provokatsiya qila boshladi. Darhaqiqat, AQSh ayni provokatsiyasi bilan oʻzining Sharqiy va Janubiy dengizlarini oʻz nazorati ostiga olishga harakat qilayotgan Xitoyni eng avvalo nishonga olgani yaqqol namoyon boʻldi. 2014 yil AQSh Shimoliy Koreyaning raketalariga qarshi kurash, degan bahona bilan Xitoy okeaniga raketaga qarshi mudofaa tizimini oʻrnatishga qaror qildi. Yaqinda u dunyoda eng rivojlangan raketalarga qarshi mudofaa “THAAD” tizimini oʻrnatishga qaror qilganini ochiqladi.

Bu haqdagi gap joriy yil fevral oyi oʻrtalarida chiqa boshladi va bunga Xitoy bilan Rossiya eʼtiroz bildirib, buni oʻz xavfsizliklariga tahdid oʻlaroq baholashdi. Masalan, 2016 yil 15 fevralda Xitoy tashqi ishlar vaziri matbuot voizi Xun Ley bunday dedi: “Biz AQShning Koreya Yarim orolida “THAAD” tizimini joylashtirishi ehtimolidan xavotirdamiz. Chunki bu tizimning koʻlami juda katta boʻlib, faqat Koreya Yarim oroli mudofaasiga qaratilmagan. Shuning uchun biz milliy xavfsizlik manfaatlarimizga zarar yetishiga hech qachon yoʻl qoʻymaymiz. Chunki xavfsizlik bilan bogʻliq manfaatlarimizni taʼminlash bizning burchimizdir… Xitoy Koreya Yarim orolini yadroviy qurollardan xoli qilishga hamda ayni muammoni muzokara va muloqotlar orqali hal etishga boʻlgan chaqirigʻini davom ettiradi”. Bu oʻrinda Xitoyning qoʻlidan keladigan birdan-bir ish muzokaralar, xolos!

2016 yil 30 iyunda Rossiyaning Janubiy Koreyadagi elchisi Aleksandr Timonin bunday bayonot berdi: “Janubiy Koreya tomoni ham, amerikalik hamkasblarimiz ham Rossiya pozitsiyasini yaxshi biladilar, zotan, bu raketalarga qarshi mudofaa “THAAD” tizimini Janubiy Koreyaga joylashtirilishiga qatʼiy norozilik pozitsiyasi boʻlib, biz buni oʻz xavfsizligimizga tahdid, deb hisoblaymiz. AQShning raketalarga qarshi mudofaa tizimining joylashtirish rejasi Janubiy Koreyani Shomoliy Koreya raketalari tahdididan mudofaa qilishga qaratilgan, deya dastaklanmoqda. Ammo bu reja bizning qattiq xavotirlanishimizga sabab boʻlmoqda, chunki uning amalga oshirilishi, butun Shimoliy Sharqiy Osiyodagi vaziyatga salbiy taʼsir koʻrsatadi va biz bu joylashtiruvni mintaqadagi vaziyatni normallashtirilishiga aslo hissa qoʻshmasligiga ishonamiz”. Bu oʻrinda Rossiyaning ham qoʻlidan keladigan birdan-bir ishi, norozilik bildirish va xavotir izhor etish, xolos!

Shunday qilib, Amerika bu ikki davlat tomonidan tiyib qoʻya oladigan real tahdidni koʻrmagach, “THAAD” tizimini joylashtirish rejasini rivojlantirdi va 2016 yil 7 avgustda Janubiy Koreya bilan bu borada bitim imzoladi. 2016 yil 19 oktyarbda AQSh tashqi ishlar vaziri Jon Kerri “Amerikaning yaqinda raketalarga qarshi mudofaa “THAAD” tizimini Janubiy Koreyaga joylashtirajagi va AQSh oʻzining ham, ittifoqchilarining ham mudofaalari uchun nima zarur boʻlsa, albatta amalga oshirajagi”ni maʼlum qildi.

Rossiya bilan Xitoy AQShga qarshi tiyib qoʻya oladigan biror real ish qilishmayapti. Chunki Amerikani tiyib qoʻyish norozilik bildirish va qoralash bilan amalga oshmaydi, balki unga jiddiy tarzda taʼsir oʻtkaza oluvchi qadamlarni tashlash bilan amalga oshadi. Bu albatta, AQSh hukmronligi va manfaatlariga qarshi faol tahdid qilib, unga qarshi turli kuchlarni safarbar qilish qadamidir. Shunday kuchlar bilan uning nufuzi ostidagi mintaqalarga bostirib kirib, unga muammolar tugʻdirish, uning nufuzi ostidagi davlatlar bilan aloqa bogʻlab, bu davlatlarni undan tortib olish, u bilan boʻlgan Suriyadagi hamkorlik aloqasini va tekinga xizmat qilishni, rejalarini ijro etishni bas qilish qadamidir. Yevropa davlatlariga borib, ular bilan birgalikda Amerikaga qarshi harakat qilish, uning dollari bilan muomala qilishdan voz kechib, Osiyo Banki bilan ish boshlash… va boshqa siyosiy, iqtisodiy, hatto harbiy ishlarni amalga oshirish, jamoatchilik fikrini ichki va tashqi masalalarda unga qarshi qoʻzgʻash, birinchi darajadagi xalqaro masalalar bilan, yaʼni Obamaning sochini oqartirib yuborgan, tashqi ishlar vaziri Kerri rejalarini chippakka chiqargan masalalar bilan band qilib qoʻyish qadamlaridir.

Amerika Shimoliy Koreya tahdidlari hamda uning yadroviy va raketalarga oid qurollarni rivojlantirishi mavzusidan foydalanmoqda. Bundan Xitoyni oʻzining regional mintaqasini nazorat ostiga olishiga yoʻl qoʻymaslikda, shu muammo bilan oʻralashtirib, undan chiqarmaslikda va odatda boshqa yirik davlatlar qilgani kabi, har joyda oʻzi bilan raqobatlashishini oldini olishda foydalanmoqda. Chunki yirik davlat, xalqaro siyosat borasida taʼsir oʻtkazishga harakat qiluvchi davlatdir. U har bir xalqaro masalada va har joyda oʻz taʼsir kuchiga ega boʻlishga harakat qiladi, har bir davlatga oʻz taʼsirini oʻtkazishga urinadi, agar u dunyoning birinchi davlati boʻlmasa, shunday boʻlish uchun kurashadi va shular orqali oʻz manfaatlarini roʻyobga chiqarish va xalqaro oʻrnini himoya qilishga muvaffaq boʻladi. Yirik davlat jiddiy ishlar qiladi, birinchi davlatga aylanish yoʻlida faol-taʼsirli tahdidlar qoʻllaydi… aks holda, uning kurashi hech qanday samara bermaydi. Shubhasiz, bu ishlarning barchasini, Allohning izni ila, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati qiladi, bu ishlar bilan ilk barpo boʻlgan kunidan boshlaboq shugʻullanadi, yirik davlatlarni, xususan, birinchi davlatni nafaqaga chiqarib qoʻyadi, Tinch okeani ortiga qayta ravona qiladi.

Asʼad Mansur

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.