Soʻzlarning eng xayrlisi amal bilan tasdiqlanganidir

168
0

Soʻzlarning eng xayrlisi amal bilan tasdiqlanganidir

Bir insonning soʻzlari naqadar samimiyligini aniqlash uchun eng muhim mezon, uning aytgan gaplari qilayotgan amaliga monand boʻlishidir. Aytilgan gap amal bilan tasdiqlansagina samimiy va taʼsirli boʻlishi mumkin. Ulugʻ sahoba Said ibn Omir r.a. Hazrati Umar r.a.ga shunday degan edi: “Soʻzlarning eng xayrlisi amal bilan tasdiqlanganidir”.

Aytilgan soʻz Alloh Taoloning ham, bandalarning ham nazdida qiymatli boʻlishi uchun amal bilan tasdiqlanishi zarur. Soʻz va amal bir biriga monand boʻlishi muhimligini Alloh Taolo Sof shunday bayon qiladi:

يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا لِمَ تَقُولُونَ مَا لَا تَفْعَلُونَ كَبُرَ مَقْتًا عِنْدَ اللَّهِ أَنْ تَقُولُوا مَا لَا تَفْعَلُونَ

Ey moʻminlar, sizlar nega oʻzlaringiz qilmaydigan narsani (qilamiz deb) aytursizlar?! Sizlarning oʻzlaringiz qilmaydigan ishni (qilamiz, deb) aytishlaringiz Alloh nazdida oʻta manfur (ishdir). (Sof 2-3)

Demak, aytilgan soʻz amalda oʻz tasdigʻini topmasa, gunoh jihatidan kishiga yetarlidir.

Shu maʼnoda, Prezident Erdogʻanning al-Jazira televideniyasiga bergan intervyusi paytida aytgan gaplariga eʼtiboringizni tortmoqchiman. Erdogʻan al-Jazira bilan oʻtkazgan suhbatida Hazrati Muhammad s.a.v. va uning sunnati oʻzi uchun yoʻl xaritasi boʻlishini, bu sunnatni hayotda tatbiq qilishi bilan xatolardan uzoqlashganligini bildirdi. (http://www.ntv.com.tr/dunya/cumhurbaskani-erdogan-el-cezireye-konustu,yZ550n8DzkCVHbF2cBfdTA)

Rasululloh s.a.v.ning siyratlari bizga maʼlum boʻlganidek, Erdoganning siyosiy ishlarini ham koʻrib turibmiz. Aytib oʻtganimizdek, aytilgan soʻz qadr qiymatini topish uchun amal bilan tasdiqlanmogʻi kerak. Sahih yoʻllar bilan rivoyat qilingan Paygʻambarimizning hayoti va sunnatlari aslida Erdugʻonning bu soʻzlarida samimiyat bor-yoʻqligini ochib beradi. Zero soʻzlarning eng xayrlisi va Allohning nazdida oʻtimlisi amal bilan tasdiqlanganidir. Yaʼni qisqacha aytganda, aytilgan soʻz isbotlanishi kerak. Marhamat, Erdogʻanning amallari Paygʻambarimizning sunnatiga mosmi, uning yoʻli haqiqatdan ham Rosululloh s.a.v.ning yuliga monandmi, birgalikda koʻrib chiqamiz.

Bir tomonda Allohning dushmanlarini hech qachon doʻst tutmagan, Allohga dushmanlik qilganlarni oʻzining dushmani deb bilgan va ularni rozi qilish uchun aslo Islomdan voz kechmagan Paygʻambar tursa, ikkincha tomonda esa Allohning dushmanlarini doʻst tutgan, ularning roziligi uchun Islom va uning qadriyatlaridan voz kechgan rahbar turibdi.
Bir tomonda “Allohning Nusrati qachon keladi”, deyiladigan darajada ogʻir aziyatlar va qiyinchiliklarga duchor boʻlishiga qaramay, nusratni faqat va faqat Allohdan kelishiga umid bogʻlagan paygʻambar tursa, ikkincha tarafda esa super davlatlarga quchoq ochgan, ulardan yordam kutgan va har xil kelishuvlar tuzgan rahbar turibdi.
Bir tomonda “وَلَا تَرْكَنُوا إِلَى الَّذِينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمْ النَّارُ” – “Zulm yoʻlini tutgan kimsalarga berilib ketmanglar (ergashmanglar). Aks holda sizlarga doʻzax oʻti yetar.” oyatiga amal qilib, zolimlarga qarshi mazlumlarning yonida turgan Paygʻambar tursa, ikkincha tarafda esa zolimlar bilan hamkorlik qilib, musulmonlarning qoni toʻkilishi uchun yarimta soʻz bilan boʻlsa ham oʻz hissasini qoʻshgan va mazlumlarning faryodlariga quloq solmagan rahbar turibdi.
Bir tomonda “Allohning dinini oʻlim bahosida boʻlsa ham qoim qilish uchun yuborildim”, deya Allohning dinini hayotda hakam qilishni maqsad qilgan va hukmronlikni faqat Allohga topshirgan paygʻambar tursa, ikkincha tarafda esa ilmoniylikka targʻib qilgan, hukmronlik huquqini Allohdan olib insonlar tamonidan tuzilgan tuzumga bergan va uni himoya qilgan rahbar turibdi.
Bir tomonda “وَأَنْ احْكُمْ بَيْنَهُمْ بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ” – “Bas, odamlar oʻrtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling!” oyatiga binoan insonlar orasida Alloh rozi boʻladigan hukmlar bilan hukm qilgan, boshqa hukmlar bilan hukm yuritishni tasavvuriga ham keltirmagan paygʻambar tursa, ikkincha tomonda esa demokratiyaning achchiq mevalaridan boʻlgan erkinlik va zamonaviylik safsatalari ostida Allohning hukmlarini hayotdan uzoqlashtirgan rahbar turibdi.
Bir tomonda musulmonlarning nomusiga choʻzilgan qoʻllarni muhosaba qilish uchun qoʻshinni safarbar qilgan paygʻambar tursa, ikkincha tarafda esa musulmonlar nomusi haqida gap ketganda real siyosiy bahona ortida yashirinib, uzoqdan faqat tanqidiy bayonotlar bilan cheklangan rahbar turibdi.
Bir tomonda “musulmonlar uchun gʻam-tashvish chekmay tong ottirgan kishi ulardan emas” degan va musulmonlar dardini oʻzining dardi deb bilgan paygʻambar tursa, ikkincha tarafda esa Kashmir, Sharqiy Turkiston, Iroq, Falastin va yon qoʻshnimiz Suriyani koʻrmaslikka olgan, ularga yordam qoʻlini choʻzmagan rahbar turibdi.
Bir tomonda qanchalar azob uqubat tortishiga qaramay, kofirlar bilan hamkorlik qilishni rad qilgan paygʻambar tursa, ikkincha tarafda esa kofirlarning yomonlik stoliga oʻtirib musulmonlarning qadriyatlari ustida bitimlar tuzgan rahbar turibdi.
Erdogʻan va u kabi rahbarlarga shunday savol bilan murojaat qilmoqchiman:

Rosululloh s.a.v. hayotining qaysi sahifasida va sunnatida Allohning hukmini hayotdan chetlatgan ilmoniy tuzum va demokratiyaga duch keldingiz? Aytingchi, Rosululloh s.a.v. qachon Allohning dushmanlarini doʻst tutibdi? Qayerda va qachon biror shahrimizni ishgʻol qilinishiga koʻz yumibdi? Yordam soʻrab faryod qilganlardan yuz oʻgirganligini koʻrdingizmi?

Aslo! Rosululloh s.a.v. siyratiining hech qayerida bu ishlarga duch kelmaysiz.

Ammo siz, ey rahbarlar, ey Erdugʻon!

Sizlar-chi, kofirlarga qarshi musulmonlar bilan bir safa tura oldingizmi? Yoʻq. Aksincha siz Suriyada vayronalar ostida qolgan musulmonlarning faryodiga quloq solmadingiz. Aqso Masjidining “orangizda dovyurak insonlar qolmadimi?”, degan nidosiga parvo ham qilmadingiz. Islom diyorlarida zulmga uchragan musulmonlarga yordam qoʻlini choʻzish oʻrniga zulmni ravo koʻrgan qonli qoʻllarni tutib, musulmonlarga xiyonat qildingiz. Shahidlar qoni ustida arzimas bitimlar tuzib bosqinchi yahud vujudi “Isroil” bilan kelishib oldingiz va Allohning dushmanlarini doʻst tutdingiz.

Paygʻambarimiz s.a.v.ning sunnatlari ham, Erdogʻanning ishlari ham kundek ravshan. Insof bilan baho bergan inson Erdogʻanning yoʻl xaritasi Rosululloh s.a.v.ning sunnatlariga mosdir, deb ayta oladimi?! Buni aytish uchun u insofdan yuz oʻgirgan boʻlishi lozim.

Balki, siz aziz oʻquvchilar orasida menga Rasulullohning mushriklar bilan imzolagan Hudaybiya sulhini eslatmoqchi boʻlganlar bordir. Shuni aytib qoʻyay, boshidan oxirigacha vahiy orqali amalga oshirilgan, voz kechishning zarracha miqdorini ham oʻz ichiga olmagan, aksincha azizlikdan iborat Hudaybiya sulhi Islom nomidan siyosat yuritayotganlar uchun dalil boʻlishdan pokdir. Ular Hudaybiya shartnomasini oʻzlarining siyosiy ishlariga dalil sifatida keltirishi Hudaybiya sulhining sohibi Rasululloh s.a.v. va musulmonlarga nisbatan tuhmatdir.

Xulosa qilib shuni aytmoqchimanki, Erdogʻan va u kabi rahbarlar yurgan yoʻl Rosululloh s.a.v.ning yoʻli emas. Aksincha, ularning yoʻllari Allohning dushmanlarini rozi qiladigan yoʻldir. Biz Paygʻambarimizning muborak minhojidan uzoq, kofirlarning orbitasi boʻylab harakatlangan rahbarlarni xohlamaymiz. Aksincha, Rosululloh s.a.v.ning yoʻlidan yurib, musulmonlarning koʻz yoshlarini aritadigan, birodarlarining jonini gʻarbliklardan aziz bilib, armiyalarini birodarlari uchun harakatga keltiradigan va dushmanni qoʻrquvga soladigan Roshid Xalifalikni xohlaymiz. Chunki Roshid Xalifalik Rosululloh s.a.v. meros qilib qoldirgan boshqaruv va U zot bashorat qilgan haqiqatdir.

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Abdulloh Imomoʻgʻli

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.