Arab Davlatlari Ligasi: Yagona umidimiz Trampdan

1432
0

Arab Davlatlari Ligasi: Yagona umidimiz Trampdan

Arab Davlatlari Ligasi Donald Trampga AQSh prezidentligi saylovida gʻalabani qoʻlga kiritganligi munosabati bilan tabriknoma yoʻlladi. Arab Davlatlari Ligasining Bosh kotibi Ahmad Abu Gʻayt tabrik maktubida Donald Trampga muvaffaqiyatlar tilab, Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan koʻplagan arab davlatlari oʻrtasidagi tarixiy doʻstona munosabatlarni tilga olib oʻtdi.

Tabrik maktubida Isroil va Falastin oʻrtasidagi muammolarga bir qancha yillardan buyon hech qanday adolatli yechim topilmayotganligiga eʼtiborni jalb qilgan Abu Gʻayt Tramp raisligi ostida yangi AQSh boshqaruvi Yaqin Sharq mintaqasi bilan yanada yaqinroq va ijobiy munosabatlarni boshlashga umid bildirdi.

Turkiston:

Arab davlatlari ligasining vazifasi oʻzini vujudga keltirgan kimsalar tomonidan rejalashtirilgan loyihani qoyilmaqom qilib bajarishdir. Bu liga arablarning emas, inglizlarning fikri bilan vujudga kelgan. Bunga birinchi tashviqot qilgan shaxs Britaniya tashqi ishlar vaziri Entoni Idendir. Bu gʻoya arab yurtlarini doim parchalab, boʻlib tashlashni oʻzida mujassam etadi. Chunki Arab ligasi ustaviga koʻra, unga aʼzo har qanday Islomiy oʻlkalarning mustaqilligi tan olinishi shart. Ular orasida birlik boʻlishi amaliy jihatdan taqiqlanadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Arab davlatlari ligasi musulmonlarning birligiga zarba berish, ularni parchalab tashlash va ularning davlatlarini mustamlakachi kofirlarga qaram qilishni maqsad qiladi. Mustamlakachi kofir esa xohlagan paytda oʻzi xohalagandek bu vositalarni ishga soladi.

Shubhasiz, butun Islom Ummati boshidan kechirayotgan azob uqubotlarning sababchisi boʻlgan tarqoqlikning yagona muolajasi Islomdir. Arab davlatlari ligasi ham, undan boshqa Tashkilotlar ham ummatni tarqoqlikdan xalos qila olmaydi. Holbuki, bu liga aslida faqat Islom Davlati mafkurasiga zarba berib, musulmonlarning Islom asosida birlashishga boʻlgan talablarini yoʻqqa chiqarish maqsadida vujudga kelganligini barcha harakatlari bilan isbotlab kelmoqda.

Islomiy shariat jihatidan qaralsa, u butunlay shariatga ziddir. Chunki u:

Islomiy shariatga zid boʻlgan ustavga hamda gʻayri islomiy maqsadlarga asoslangan;
Islom tomonidan qaytarilgan sassiq arab milliyligi asosiga barpo boʻlgan;
Islom olamini boʻlib tashlash va oʻz aʼzolarining mustaqilligini saqlashga harakat qiladi;
Yahudiy va nasroniylar bilan doʻstona munosabatda boʻlib, ularning Islom olami toʻgʻrisidagi rejalarini qoʻllab-quvvatlaydi;
Gʻarb davlatlari manfaatlariga xizmat qiladi;
Kofirlarning musulmonlar yerlariga hukmronlik qilishiga imkoniyat yaratadi.
Shunga koʻra Arab davlatlari ligasi voqe jihatdan olib qaralganda fosid, yaroqsiz, Islomiy shariat jihatdan olib qaralganda esa botil, maʼnosizdir. Uni yoʻq qilish farz boʻlib, munkarni yoʻq qilish demakdir. Talab qilingan ish shuki, Arab davlatlari ligasi vayronalarining ustiga islomiy Xalifalikni tiklashdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.