MXDQ Twitter orqali Atambayevga tahdid qilgan kishini izlamoqda

390
0

MXDQ Twitter orqali Atambayevga tahdid qilgan kishini izlamoqda

Qirgʻiziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (MXDQ)ning rasmiy vakili Raxat Sulaymanovning maʼlum qilishicha, MXDQ Almazbek Atambayevga nisbatan bir qancha tahdidli gaplarni eʼlon qilgan Twitter foydalanuvchisining shaxsini aniqlamoqda.

“Bu xabar toʻgʻrisida bizda maʼlumotlar bor. Bu masala boʻyicha MXDQ operativ-xodimlari ish olib borishmoqda. Ayni damda uning shaxsi va yashash manzilini aniqlash borasida operativ ishlar olib borilmoqda”,- dedi Sulaymanov.

Maʼlum qilinishicha, 15 noyabr kuni twitter ijtimoiy tarmogʻida oʻzini Muslim deb taqdim qilgan foydalanuvchisi tez kunlarda Qirgʻizistonga kelib Atambayev hayotiga suyiqasd qilishi haqida beshta xabar eʼlon qilgan.

Foydalanuvchining turar joy sifatida ijtimoiy tarmoqda Suriya koʻrsatilgan.

Turkiston:

Qirgʻiz xavfsizlik xizmatchilari oʻta bachkanalashib borishyapti. Ijtimoiy tarmoqdan kimlarga nimalar yozilmaydi. Pashshadan fil yasash harakatlari bilan nimaga erishishmoqchi bular? Oʻzlaricha bu tvitterdagi yozuv sohibini Islom va musulmonlarga bogʻlab, voqeʼlikni goʻyo Suriyadan biz tomonga tahdid kelayotgandek qilib koʻrsatishmoqchi boʻlishyapti.

Lekin ularning bergan maʼlumotlariga koʻra, Suriyada Qirgʻiz fuqorolari boʻlgan 500 atrofida mujohid bor. Ularning har biri prizidentni oʻldirishga tayyor. Biroq Qirgʻiziston ichida ham, hatto prizident atrofida kancha-qancha odam uning oʻlimini kutib turibdi. Yoki ularning kanchasi prizidentni oʻldirish payida vaqt poylab yuribdi. Yuzlagan muxolif kuchlar faqat prizident kreslosi uchun uning oʻlimini kutishyapti. Qamoqda yotgan muslima ayollarning yaqinlarichi, qasos olishni xohlamaydi deb oʻylayabsilarmi?! Ertaga yuzlagan odam prizidentni oʻldirishi mumkin ekani haqida yozib, ijtimoiy tarmoqni toʻldirib yuborishi mumkin. Raxat Sulaymonov buni toʻxtatib qola olmaydi. Yaxshisi prizident, bu kabi soʻzlarni eshitadigan, oʻz xalqidan ajrab, unga zulm qiladigan, faqat fuqorolaridan xavfsirab yashaydigan holatga tushmasligi kerak. Xavfsizlik xizmati prizidentlarini eplab qoʻriqlay olishmasa, ularni tarqatib yuborish kerak.

Lekin bular koʻtarishayotgan muammoning ildizi boshqa yoqda. Yaʼni ijtimoiy tarmoqlarni toʻsib qoʻyish yoki cheklash va shuning bilan bir qatorda, Suriyada deb gumon qilingan musulmonlarni qaytib kelishlariga imkon bermaslik. Buning uchun ular yana musulmonlar ustida olib borishayotgan repressiv harakatlarini kuchaytirishadi. “Suriyaga odamlarni chiqaryapti” deb yolgʻon tuhmatlar bilan yana musulmonlarni jinoiy javobgarlikka torta boshlashadi. Korruptsiyachi kuch tizim xodimlariga yanada kengroq yoʻl ochib, musulmonlarning uylariga bostirib kirishlari uchun orderlar olishiga yanada keng imkoniyatlar yaratib berishadi. Bu prizident ham Islom va musulmonlarga nisbatan tutgan pozitsiyasida avvalgilaridan deyarli farq qilmadi!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.