Stoltenberg AQSh va YeI oʻrtasida hamkorlikni davom ettirishga chaqirdi

765
0

Stoltenberg AQSh va YeI oʻrtasida hamkorlikni davom ettirishga chaqirdi

NATO Bosh kotibi Yyens Stoltenberg bugungi kunda tobora ortib borayotgan xavfsizlik tahdidlari qarshisida AQSh va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi hamkorlikning davom ettirish lozimligini bildirdi. Stoltenbergga koʻra, hozir Yevropa va AQSh oʻrtasidagi hamkorlikning qiymati savol ostiga olinadigan davr emas.

“Zamonamizning eng katta xavfsizlik muammolariga duch kelib turibmiz. Hozir Yevropa va AQSh oʻrtasidagi hamkorlikning qiymatini savol ostiga oladigan davr emas”, deydi Stoltenberg Britaniyaning mashhur Guardian gazetasi uchun yozgan maqolasida.

Eslatib oʻtish joizki, AQShning yangi prezidenti Donald Tramp Oʻz saylovoldi kampaniyasi davomida NATO ittifoqini “vaqti oʻtgan befoyda tashkilot” deya sifatlagan edi. Bunga javoban Stoltenberg AQSh va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi ixtiloflarni bir chetga surib, oʻzaro hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligini olgʻa surdi.

“Bunday notayin zamonda biz qudratli Amerika rahbariyatiga muhtojmiz. Yevropaliklar ham maʼlum masʼuliyatni oʻz gardanlariga olishlari kerak. Eng muhimi shuki, Yevropa va Amerika oʻrtasidagi sheriklik qiymatini anglab yetishimiz kerak. Chunki bu hozirgi kunda oʻta zarurdir. Oʻzaro ixtiloflarni chuqurlashtirish oʻrniga bizni birlashtiradigan narsalarni koʻpaytirishimiz lozim. Bu yoʻlda yolgʻiz davom etish Qoʻshma Shtatlar uchun ham, Yevropa uchun ham yaxshi tanlov emas”, – deya yozdi Stoltenberg.

NATO Bosh kotibi hozir Yevropaning NATOdan ajralishning vaqti emasligiga urgʻu berar ekan, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi hamkorlik oʻtgan 67 yil davomida tinchlik, erkinlik va farovonlikning manbai boʻlganligini qayd etadi.

“Bu sheriklik orqali Sovet Ittifoqi va Sovuq urushga barham berdik. Bu Yevropada integratsiyani taʼminlab, biz bugungi kunda ega boʻlib turgan misli koʻrilmagan tinchlik va totuvlik muhitini yaratdi”, deya qoʻshimcha qiladi Stoltenberg.

Guardianga bergan intervyusida Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyat soʻnggi yillarda keskin tarzda yomonlashib ketganligini bildirgan Stoltenberg xalqaro xavfsizlik ham oʻz tarixidagi eng ogʻir tahdidlarga duch kelganligini, shuning uchun Yevropa va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasidagi hamkorlikka doir shubha uygʻotishi kerak emasligini taʼkidladi.

Turkiston:

NATO ittifoqi AQShning Yevropa mintaqasidagi manfaatlarini va mintaqa chegaralarini himoya qilish uchun, shuningdek kapitalistik mabda asosidagi gʻarbiy lagerni Sovet ittifoqining harbiy va kommunistik mabdaiy yurishlaridan himoya qilish uchun tuzilgan harbiy blogdir.

AQSh bu blogni saqlab turish uchun, Eronga qalbaki islomiy tus berib, uni agressiv mamlakatga aylantirdi. Soʻng Rossiyadan Ukrainani tortib olish orqali, uni ham Yevropaga qarshi qoʻyib, bu bilan yana Yevropani NATOga boʻlgan ehtiyojini paydo qilishga muvaffaq boʻldi.

Lekin AQSh hozirda Rossiya va Eron bilan Suriya muammosida yashirin hamkorlik qilib kelyapti. Tramp bu yashirin hamkorlikni endi oshkora qiladi. U prizidentlikka shuning uchun olib kelindi. Lekin unda YeI uchun NATOga boʻlgan ehtiyoj zaiflashadi. Bu esa, AQShning YeI uchun olib borayotgan strotegiyasi oʻzgarishini anglatadi. Yaʼni Rossiya AQShning hamkori degan qalbaki shior bilan uning mustamlakasiga aylanadi. Rossiyadan deyarli Gʻarb va AQShning manfaatlariga xavf xatar yoʻqligidan xotirjam boʻlingan paytda NATOga deyarli ehtiyoj qolmaydi. Demak YeI ham AQShning ochiq mustamlakasi ekanini oshkor qiladi. Soʻng AQSh dunyo kufr sistemasining yagona lider ekanini eʼlon qilib, Islom olamiga va Islomiy mabdaiy sistemaga qarshi butun kufr olamini yoʻnaltiruvchi markaz ekanini eʼlon qiladi. NATO blogi esa, AQShning harbiy bazasi qilib oʻzgartiriladi. Albatta vaziyatlarning ketuvi bu maqsadlarga zid kelib qolishi va shunga koʻra reja va uslublar oʻzgarib ketishi ham mumkin.

Shu kunlarda NATOning sobiq bosh kotibi Rasmussen, “AQSh dunyoga jandarm boʻlishi kerak” degan maʼnoda gapirib oʻtgan edi. Bu fikr, AQSh yetakchi guruhining maqsadi edi. Demak, Tramp AQShni olamiy jandarm ekanini ochiq eʼlon qiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.