Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegaradagi 56 pozitsiya boʻyicha kelishuvga erishdi

803
0

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegaradagi 56 pozitsiya boʻyicha kelishuvga erishdi

Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmatining xabar qilishicha, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston hukumatlari delegatsiyalarining davlatlararo chegaraning delimitatsiyasi va demarkatsiyasi masalalari boʻyicha ishchi guruhlari ikki mamlakat oʻrtasidagi davlat chegarasining yana 7 ta bahsli uchastkasi boʻyicha kelishuvga erishdilar. Fargʻona shahrida 8-13 noyabrnь kunlari ikki tomonlama uchrashuv yakuni ortidan shunday natijalarga erishilgan.

Oktyabr oxirida tomonlar davlat chegarasi chizigʻining 49 ta uchastkasi boʻyicha kelishgandilar. Shunday qilib, 13 noyabrga qadar ikki tomon pozitsiyalari 56 ta uchastka boʻyicha mos kelmoqda.

Oʻzbekistonning Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari bilan Qirgʻizistonning Botken, Jalolobod va Oʻsh viloyatlari tutashgan hududlarda davlat chegaralarining avval muvofiqlashtirilmagan 14 uchastkasida qoʻshma dala tekshiruvlari va instrumental topografik rasmga olish tadbirlari oʻtkazildi.

Uchrashuvlar yakunlariga koʻra tegishli bayonnoma imzolandi va boshqa muvofiqlashtirilmagan uchastkalardagi dala topografik-er tuzish ishlarini oʻtkazishning reja-jadvali kelishib olindi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.