Suriya krizisidagi xalqaro rol!

450
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Savolga javob

Suriya krizisidagi xalqaro rol!

Savol:

“Olland ruslarning Halabdagi hujumlarini “urush jinoyati” deb atadi”. (Bi-Bi-Si Arabiy, 2016 yil 20 oktyabr). U buni 2016 yil 19 oktyabrda Parijda rus ortodoks diniy madaniy markazining ochilish marosimi oʻtkazilganidan keyin aytdi. Marosimga Putin kelmadi. Chunki Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov 2016 yil 11 oktyabrda prezident Putin 19 oktyabrga belgilangan Parij rasmiy safarini bekor qilishga qaror qilganini bildirgan edi. Bu qaror frantsuz prezidenti oʻzining Putinni Parijda kutib olishga ikkilanayotganini bildirganidan keyin qabul qilindi. Rossiya frantsuzlarning Suriya xususidagi loyihasiga qarshi vetoni qoʻllagani aloqalarda keskinlikni yuzaga keltirganidan keyin shunday boʻldi… Xoʻsh, buning sababi nima? Rossiya-Evropa aloqalariga buning taʼsiri qanday boʻladi? Bu hodisalar Suriya krizisida faol rol oʻynayotgan xalqaro taraflarning oʻzgarishiga sabab boʻlishi mumkinmi? Boshqacha aytganda Yevropa Ittifoqi roli paydo boʻlib, ruslar roli bir chetga suriladimi? Alloh sizga yaxshilikni mukofot aylasin…

Javob:

Buning sababi va taʼsirini aniqlash hamda buning ortidan faol rol oʻynayotgan xalqaro taraflarda oʻzgarish kelib chiqishi yoki chiqmasligini bilish uchun quyidagi ishlarni koʻrib chiqishimiz kerak boʻladi:

Birinchi: Obama maʼmuriyati ishlab chiqqan xalqaro hamkorlik gʻoyasidan Rossiyani Suriyada xalqaro vazifani bajarishga taklif qilish fikri tugʻildi. Bu Vashington nazdida real voqelik boʻlib, u haqda baʼzi rus siyosatchilari Amerikaning ruslar bilan Suriya masalasini muhokama qilish chogʻidagi gerdayishi haqida soʻz yuritishgan paytda gapirishgan. Shunday qilib Rossiyani Suriyada qirgʻin va vayron qilish vazifasiga taklif qilish ortida Amerika turdi. Yevropa davlatlarini, xususan Britaniya va Frantsiyani Suriya krizisini hal qilishda aralashishdan yiroqlatish ortida ham Amerika turdi. Bu asnoda Rossiya bu xalqaro vazifa Rossiyani oʻz-oʻzidan xalqaro maydonda faol rol oʻynaydigan davlatga aylantiradi deb ishonadigan boʻldi. Lekin Rossiya oʻzini Amerika boshqa masalalarda sherik qilishdan bosh tortgan paytda hayron boʻladigan boʻldi. Hatto Rossiya uchun juda hassos-nozik masala boʻlgan Ukraina krizisi borasida ham shunday boʻldi. Chunki Amerika oʻzining Rossiya bilan Suriya borasida hamkorlik qilishi ruslarning Ukrainadagi manfaatlarini tan olishga olib bormaydi degan fikrdadir. Chunki Suriya va Ukraina boshqa-boshqa masalalardir.

Shu tarzda Rossiya Suriyada aralashishi sababli xalqaro maydonda koʻrindi va oʻz harbiy kuchini yana koʻrsatdi. Holbuki Vashingtondagi baʼzi siyosatchilar bu xalqaro hamkorlik siyosatini tanqid qilgan edi. Chunki Amerika tashqi ishlar vazirligidagi ellik diplomat hujjati maʼmuriyatdan Suriya krizisini bir oʻzi, Rossiyasiz hal qilishni talab qilgan edi. Lekin shunga qaramay Vashingtonda amal qilingan siyosat Rossiyani ishga solish boʻldi. Bu Amerika siyosati va uning natijasida Rossiyaning xalqaro maydonda koʻrinishi Gʻarbiy Yevropaning gʻazabini qoʻzgʻamoqda.

Ikkinchi: Rossiya oʻzining xalqaro mavqei Suriya sababli kuchaymoqda va buyuklik unga oʻzining harbiy kuchi hamda Kerri-Lavrovning Suriya xususidagi uchrashuvlari orqali qaytdi, degan fikrga keldi. Shu sababli Rossiya Yevropani Suriya masalasidan ajratib tashlashda Amerikaga tamoman boʻysundi. Chunki Rossiya bu krizis yechimini Amerika faqat ikkalasi oʻrtasida hal qilinadigan qilib qoʻyganiga juda xursand. Ayniqsa Rossiya Amerika nufuzi ostidagi mintaqaga begona boʻla turib Vashington uni bu yechimga taklif qilganidan xursand… Xalqaro maydonda esa Rossiya ham Yevropadagi yirik davlatlarga Amerika kabi parvo qilmasligini koʻrsatdi. Holbuki Yevropa davlatlari Rossiyadan Vashingtonga ergashmaslikni, aksincha Amerikaning xalqaro maydondagi hukmronligini sindirishda shu davlatlarga yordamchi boʻlishini kutgan boʻlishi mumkin… Shunday qilib demak Rossiyaning Amerikaga tamoman boʻysunishi Yevropaning gʻazabini qoʻzgʻamoqda.

Uchinchi: Yevropaning Suriya krizisidan ajratib qoʻyilishi hamda bu mavzuni faqat Amerika bilan Rossiya oʻrtasidagina hal qilinadigan qilib qoʻyilishidagi asosiy devor Amerika edi. Lekin Yevropa oxirgi vaqtlarda bu devorda oʻzi uchun bir darz ketish-yoriq borligini koʻrib u orqali Suriya krizisiga quyidagi tarzda suqilib kirib borishni umid qilib qoldi:

Oʻtgan oylar orasida Amerika Suriya krizisi yechimiga erishishga shoshila boshladi. Chunki yaqinda mansabidan ketadigan prezident Obama foydasiga yoziladigan bir muvaffaqiyatga erishish hamda demokrat Hillari Klintonning prezidentlik saylovlari kampaniyasini qoʻllab-quvvatlash zarur. Shu maqsadda Amerika va Rossiya kelishuvlari boʻlib, Rossiya Halab shahrini yanada vahshiyona bombardimon qila boshladi. Amerika va Rossiya oʻrtasidagi bunday kelishuvlarning oxirgisi 2016 yil 9 sentyabrda Suriyada hujum harakatlarini toʻxtatish haqidagi kelishuv boʻldi.
Suriya ahli bu kelishuvni, yaʼni Amerika rejasini rad etdi. Bunda ularga barcha xolis qoʻzgʻolonchilar, hatto bir ozgina hayo tuygʻusi qolgan kishilar ham ergashdi. Ular bu kelishuv xorligiga toqat qilolmay uni rad etdilar. Bu rad etish Erdogan “Furot qalqoni” amaliyoti doirasida Suriyaga kiritgan Amerika maxsus kuchlari bilan hamkorlik qilishni rad etish bilan choʻqqiga chiqdi. Natijada Amerika Halabni yanada vahshiyona bombardimon qilishni kuchaytirish kerak degan fikrga keldi. Shu orqali Amerika Suriya ahliga va qarshilik harakatidagilarga taʼsir oʻtkazib, ularni Amerika rejasini yoki undan bir muhim qismini qabul qilishga majbur qilishni va shu orqali Obama foydasiga – uning prezidentlik davri tugashidan oldin – bir muvaffaqiyatni yozishni umid qilmoqda… Amerika zohirda oʻzini oppozitsiya bilan birga qilib koʻrsatayotgani uchun Rossiya bilan oʻzi oʻrtasida soxta keskinlikni avj oldirdi. Bu bilan Amerika oʻzini goʻyo ruslarning vahshiyona bombardimoniga qarshidek qilib koʻrsatmoqchi boʻlyapti… Bu soxtakorlik Amerikaning Suriyada Rossiya bilan hamkorlikni toʻxtatishni eʼlon qilishi darajasigacha yetdi.
Shunday qilib Rossiya bilan Amerika oʻrtasidagi dahanaki jang 2016 yil 20-22 sentyabr kunlari Nьyu-Yorkda Bosh assambleya yigʻinlarida choʻqqisiga chiqdi… Amerikaning Suriyada yana bunday qiyin ahvolga tushib qolganligi va Amerikaning “sulh tuzuvchining dam olishi” yoʻliga oʻtishga majbur boʻlishi, yaʼni Kerri-Lavrov yechimlarining barbod boʻlganligi hamda Amerikaning boshqa variantlarni qidirayotganini eʼlon qilishi Yevropa Amerika devorida koʻrgan darz ketish-yoriq boʻldi. Shuning uchun Yevropa davlatlari bosh assambleya yigʻinlari chogʻida Nьyu-Yorkdan turib Suriya krizisi yechimiga oid Kerri-Lavrov ifodasini olqishladi va bundan zoʻr berib foydalanib qolishga kirishdi. Yevropa oʻzi uchun Suriya krizisida Amerika yonida bir rol boʻlishi uchun shunday qildi… Shundan keyin Rossiyani Suriyadan daf qilishga Amerikani koʻndirish ilinjida Yevropa bilan Rossiya oʻrtasidagi jarlik kengaya boshladi. Yevropa bilan Rossiya oʻrtasida yangi keskinlik paydo boʻlishiga sabab mana shudir.
Toʻrtinchi: bu yangi shart-sharoit va Yevropaning Amerika devoridagi darz ketishni koʻrib qolganligi munosabati bilan Yevropaning Suriya krizisiga kirib borishga urinib bayonotlar bera boshlashi va tashabbuslar bilan chiqishi tabiiy edi. Bu bayonotlar va tashabbuslar boshida Frantsiya boʻldi. Jumladan quyidagilar boʻldi:

Amerika Suriyada Rossiya bilan hamkorlik qilishini toʻxtatishni rasman eʼlon qilishi bilanoq Frantsiya oldinga otilib chiqdi va Xavfsizlik Kengashida Suriyada jang harakatlarini toʻxtatishni joriy qilishga oid frantsuz loyihasi eʼlon qilindi. Unda Rossiya nishonga olingan edi. Frantsiya oʻzining bu loyihasiga oʻz tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Eroning 2016 yil 5-6 sentyabr kunlari Moskvaga rus tomonni frantsuz loyihasiga koʻndirish uchun borishi bilan zamin tayyorladi… Frantsuz loyihasi Halab ustida samolyotlar uchishini taqiqlab qoʻyishni talab qilar edi. Bu esa qoʻzgʻolonchilarni boʻysundirish uchun yanada qattiq bombardimonlarni davom ettirish zarurligi toʻgʻrisidagi Amerika-Rossiya kelishuvlariga zid edi. Shuning uchun Rossiya frantsuz vazirining ana shu safari chogʻida noqulay ahvolda boʻlib qoldi. Chunki Rossiya bir tomondan frantsuz loyihasi ishlarni soddalashtirib yubormoqda desa, boshqa tomondan bu loyihani rad etishdan qoʻrqmoqda. Frantsiya oʻz loyihasining muvaffaqiyatini taʼminlash maqsadida harakatlarni davom ettirish uchun uning tashqi ishlar vaziri Moskvadan keyin Vashingtonga ham bordi. Maqsad Amerikaning bu loyihani Xavfsizlik Kengashida qoʻllab-quvvatlashini kafolatlash edi.
Rossiya 2016 yil 8 oktyabrda Xavfsizlik Kengashida frantsuzlarning barcha harakatlarini veto bilan boʻgʻib tashladi… Rossiya bilan Frantsiya hamda Yevropa davlatlari oʻrtasidagi keskinlik shu tarzda alanga oldi. Yevropa davlatlari Rossiya timsolida bu davlatlarni Suriya krizisiga kirib borishdan man qiladigan bir yangi devorni koʻrdi. Amerika oʻzining devorida darz ketishni ataylab paydo qilib Yevropa davlatlari “soʻlagi”ni oqizishni maqsad qilgan koʻrinadi. Chunki bundan oldin Amerika Rossiyaning Amerika tomonidan oʻziga topshirilgan rolda mahkam turishini kafolatlab olgan edi.
Rus prezidenti Putinning Parijga 2016 yil 19 oktyabrda belgilangan safari rus-frantsuz aloqalaridagi mana shu keskinlik bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Putinning bu safari rus madaniy markazi va ortodoks cherkovini ochilish marosimida qatnashish uchun qilingan bir xos safar boʻlsa-da lekin frantsuz prezidentining ana shu ochilish marosimi chogʻida Putinga hamrohlik qilishiga kelishib olingan edi. Ana shu keskinlik sababli frantsuz prezidenti 2016 yil 10 oktyabrda oʻzining ana shu xos safar chogʻida Putinni kutib olish toʻgʻrisida ikkilanayotganini eʼlon qilishga shoshildi. Holbuki bu vaqtda Kreml rus prezidentining safari odatdagi tartibotlar bilan davom etishini eʼlon qilayotgan edi. Shunday qilib Rossiya noqulay vaziyatga tushib qoldi. Chunki Frantsiya frantsuz prezidenti bu safar chogʻida Putin bilan faqat Suriya krizisinigina muhokama qilajagini va Putinga ana shu ochilish marosimida hamrohlik qilmasligini bildirdi. Frantsuz prezidetining Putinga ochilish marosimida hamrohlik qilishi etika (xushmuomalalik) yuzasidan belgilangan edi. “Frantsuz rahbari oʻz rus hamkasbining Parijga kelishi mumkinligiga bu safardan maqsad faqat Suriya ishini muhokama qilishdir, degan eʼtiborda qarashini : “Men rus madaniy markazi ochilishi marosimi chogʻida Putinga hamrohlik qilish niyatida emasman, balki men faqat Suriya muammolarini muhokama qilishni davom ettirishga tayyorman, men buni rus prezidentiga taʼkidladim” dedi”. (Rusiyal Yavm, 2016 yil 11 oktyabr). Bundan Rossiya gʻazablandi va Moskvada 2016 yil 11 oktyabrda rus prezidentining Parijga safari bekor qilinganligi eʼlon qilindi. Shunday qilib frantsuz-rus aloqalaridagi keskinlik yuqori darajaga yetdi.
Frantsuz bosimi kuchayishining davom etishi: “Parij: frantsuz mahalliy matbuotining bildirishicha, frantsuz prezidenti Fransua Olland Rossiya Suriya hukumatini uning oppozitsiyaga qarshi olib borayotgan jangida qoʻllab-quvvatlayotgani sababli Rossiyadan bosimni yengillatish niyatida emasligini aytdi. Lekin u rus prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib borayotgan urushni muhokama qilishga hamon tayyor ekanligini bildirdi”. (Reyter Arabiyya, 2016 yil 16 oktyabr).
“Frantsuz prezidenti Fransua Olland va nemis kantsleri Angela Merkel 2016 yil 20 oktyabr payshanba kuni Berlinda frantsuz-nemis-rus sammiti yakunida Merkel bilan birga oʻtkazilgan matbuot konferentsiyasida Rossiya va Suriya rejimining Halab shahriga qilgan havo hujumlarini qattiq tanqid qildi. Olland bu hujumlarni “urush jinoyati” deb atadi. Oʻz navbatida Merkel ham Halabga qilingan rus-suriya hujumlarini “gʻayri insoniy” deb atadi…”. (Bi-Bi-Si Arabiy, 2016 yil 20 oktyabr).
Frantsuz-rus aloqalaridagi keskinlikning tobora kuchayganligi sabablari mana shulardir. Shu darajadaki bu keskinlik mavzusi hodisalarning, xususan Suriya krizisining boshidan oʻrin oladigan boʻlib qoldi… Ayniqsa Frantsiya ham Rossiya kabi siyosiy manyovrlarni yaxshi uddalay olmagani sababli bu keskinlik tobora avj oldi. Yaʼni bu keskinlik yanada avj olib ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarning qisqarishi darajasiga yetishi mumkin…

Beshinchi: endi rus-frantsuz aloqalaridagi keskinlikning butun Yevropa davlatlari bilan boʻladigan aloqalarga taʼsiriga va ana shu aloqalarning oqibatlariga toʻxtaladigan boʻlsak u quyidagichadir:

Rus-frantsuz aloqalaridagi keskinlik ruslarning butun Yevropa bilan, ayniqsa Britaniya va qaysidir darajada Germaniya bilan boʻlgan aloqalaridagi keskinlikdir… Chunki Frantsiyaning pozitsiyasi va Xavfsizlik Kengashidagi qarori Yevropa Ittifoqining, jumladan bu ittifoqqa hamon aʼzo boʻlib qolayotgan Britaniyaning manfaatlarini aks ettiradi. Balki Britaniya oʻz siyosatini Frantsiya bilan katta koʻlamda moslashtirmoqda. Maʼlumki Frantsiya hammaga tanish joʻshib irgʻishlashi bilan va ongsizlarcha jurʼati bilan Yevropa Ittifoqining, xususan Britaniyaning xalqaro siyosatlardagi “nayza uchi” hisoblanadi. Bunga eng koʻp ishora qilib turgan narsa rus-frantsuz keskinligining tezlik bilan britan-rus keskinligiga aylanib ketganligidir “Xavfsizlik Kengashi ovoz berganidan keyinoq Britaniya vakili oʻz nutqida rus vetosi “sharmandalik” ekanligini shiddat bilan taʼkidlab, bizga bu sharmandalik Rossiya ishlaridan maʼlum, dedi”. (Arabiyya net, 2016 yil 8 oktyabr). Midl Ist Onlayn ham 2016 yil 11 oktyabrda quyidagilarni bildirdi: “Jonson parlamentga qarata “Agar Rossiya hozirgi yoʻlida davom etaveradigan boʻlsa ishonamanki bu buyuk mamlakat toʻgʻri yoʻldan toygan davlatga aylanish xatariga duchor boʻladi” dedi. U bu urushga qarshi guruhlarni rus elchixonasi oldida norozilik namoyishi oʻtkazishga chaqirib soʻzini bunday deb davom ettirdi: “Barcha dalillar Rossiyaning bu dahshatli ishdan javobgarligini koʻrsatib turibdi”. U bu bilan insonparvarlik yordamlari karvoniga qilingan hujumga ishora qildi”. Rus “sputnik”i 2016 yil 12 oktyabrda bildirishiga koʻra Rossiya ertasi kuni bunga raddiya berdi “Rus mudofaa vazirligi Jonsonning daʼvolarini boshqalarga nisbatan kek-adovat saqlaydigan kimsalar chalinadigan asabiy psixologik kasallik natijasi boʻlgan jazava deb atadi. Rus mudofaa vazirligi vakili Igor Konachenkov: Jonsonning daʼvolari Rossiyaga dushmanlik jazavasining “simptom”larini aks ettiradi, Britaniyaning baʼzi siyosiy yetakchilari bunday jazavaga doim chalinib yurishadi, dedi”… Qolaversa Ollandning biz hozirgina aytib oʻtgan gaplari ham bor “Olland bu hujumlarni “urush jinoyati” deb atadi. Oʻz navbatida Merkel ham Halabga qilingan rus-suriya hujumlarini “gʻayriinsoniy” deb atadi”. (Bi-Bi-Si Arabiy, 2016 yil 20 oktyabr).
Yaʼni Rossiya bilan boʻlgan keskinlik sekin-asta “dumalab” butun Yevropa Ittifoqini qamrab olmoqda. Yevropada Rossiyaga bosim oʻtkazish va Suriya sababli unga qarshi yangi jazo choralarini joriy qilish zarur degan ovozlar tobora baland yangramoqda… Shunday qilib demak Frantsiya, Britaniya va qolgan Yevropa davlatlari oʻzlarining Rossiya bilan aloqalarini yanada keskinlatish sari ketmoqda. Bu davlatlar Rossiyani va uning siyosatini rad etishini bildirmoqda. Bularning barchasidan maqsad mana shu davlatlarning hozirda xalqaro maydonda 1 raqamli masalaga aylangan Suriya krizisida biron oʻringa ega boʻlish ilinjida ekanligidir. Zero bu davlatlar niyatlarida musulmonlarga biron yaxshilik boʻlsa ham qilish yoʻq. Chunki Yevropa davlatlari nazdida masala Suriyadagi musulmonlarga qarshi Rossiya amalga oshirayotgan qirgʻinlar emas. Chunki bu davlatlar pozitsiyasida Suriyada olti yildan beri daryo boʻlib oqayotgan qonlarga beparvo qarash koʻp aks etadi. Aksincha masala bu davlatlarning Suriya masalasini hal qilishda buyuk davlatlar sifatida ishtirok etishidir.

Yevropa Ittifoqida hodisalar frantsuz-rus aloqalaridagi keskinlikka mos ravishda tobora tezlashdi. Chunki “Britaniya va Frantsiya Yevropa Ittifoqini ruslarning Suriyadagi havo hujumini qoralashga va Moskvaga qarshi qoʻshimcha jazo choralarini joriy qilishga chaqirdi… frantsuz tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Ero Rossiyaga bosim oʻtkazish kuchli boʻlishi zarurligini aytar ekan, Yevropa Ittifoqining bir butun pozitsiyani koʻrsatishi Halabdagi aholini qirgʻin qilishni toʻxtatishda oldinga siljish imkonini beradi, deb koʻrsatib oʻtdi. Britaniya va Frantsiya yana yigirma suriyalikning vizasini taqiqlab qoʻyish va ikki yuz shaxsga qarshi joriy qilingan jazo choralari roʻyxatiga yana 12 suriyalikni qoʻshish niyatidadir. Ularning orasida 3 eronlik ham bor. Bunga sabab bu shaxslarning Suriyada borayotgan kurashda rol oʻynashayotganidir…”. (Al-Jazira, 2016 yil 17 oktyabr)… Moliyaviy jazolar mavzusi ham jazo choralari haqida bir qaror chiqmasdan turib amalga oshiriladigan boʻldi. Masalan (Rusiyal Yavm axborot tarmogʻining bildirishicha bir Britaniya banki barcha bank jamgʻarmalarini muzlatib qoʻydi, bunda mana shu qarorni qabul qilish ortida turgan sababni aniq koʻrsatmadi… “Rusiyal Yavm” bosh muharrira Margarita Simonьyanning tvitter saytidagi oʻz hisobi orqali yoʻllagan bir tvitdagi ushbu soʻzlarini keltirdi: “Ular bizning Britaniyadagi barcha jamgʻarmalarimizni yopib qoʻyishdi! Bu qaror qayta koʻrib chiqilmas emish”). (Al-Jazira, 2016 yil 17 oktyabr)… “Evropa liderlari 2016 yil 20 oktyabr payshanba kuni Bryusselda oʻzlarining Rossiya bilan boʻlgan aloqalarini muhokama qilishadi. Taklif qilinayotgan variantlar orasida Moskvaga – uning Suriyadagi ishlari oqibati oʻlaroq – jazo choralarini joriy qilish ham bor…”. (Reyter Arabiy, 2016 yil 19 oktyabr).
Rossiya bilan boʻlgan frantsuz va Yevropa aloqalaridagi keskinlik kuchayadigan boʻlsa Rossiya bilan Yevropa oʻrtasidagi kurash yanada avj oladi. Bu kurash oqibatlari Ukrainada, yaʼni Yevropa sharqidagi yana bir mintaqada koʻzga tashlanishi mumkin. Yevropa davlatlari Rossiyaga qarshi yana bir jazo choralarini joriy qilishi mumkin… Ruslarning Yevropa bilan aloqalarida keskinlikning avj olishi sabablari koʻp. Sabab faqat Suriya krizisigina emas. Garchi Suriya krizisi xalqaro ahamiyatga ega boʻlsa ham. Shuning uchun agar Rossiya Yevropa bilan muomala yuritishda aql bilan ish tutishga shoshilmas ekan, u holda Rossiya oʻzining Yevropa bilan boʻlgan aloqalari yomonlashishidan eng katta yutqazuvchi boʻladi. Oʻzining Suriya krizisida koʻzga tashlanishi sharoitida Rossiya oʻzining xalqaro aloqalarida yetarli oqillik koʻrsatmadi. Chunki butun olam Suriyadagi urush jinoyatlari haqida soʻz yuritayotgan bir vaqtda Rossiya Halabni yanada qattiq bombardimon qila boshladi. Bu esa ruslardagi siyosiy kaltabinlik oqibatidir. Chunki ruslar bugun oʻzlarining Amerika bilan boʻlgan aloqalari sababli xotirjam boʻlib qolishdi va ular Suriya xususidagi Rossiya-Amerika aloqalaridagi keskinlik haqiqiy emas, yuzaki ekanini yaxshi bilishadi. Chunki mana shu keskinlik sharoitida Amerika tashqi ishlar vazirligi Kerri bilan Lavrov Lozannada uchrashishini eʼlon qildi va bu uchrashuv haqiqatdan ham 2016 yil 15 oktyabrda boʻlib oʻtdi. Bundan oldin Amerika obroʻni saqlash uchun baʼzi tobelarni va tarafdorlarini sherik qilib qoʻshgan edi. Chunki Amerika oldinroq Rossiya bilan muloqotlar toʻxtatilganini eʼlon qilgan edi. Hozir esa Rossiya bilan muloqot oʻtkazyapti! Ayni vaqtda Amerika Yevropani bu muloqotga hozir boʻlishdan yiroqlatyapti!
Rossiya oʻzining qanday qiyin ahvolga tushib qolganini tushungan koʻrinadi. Chunki Amerika vahshiyona bombardimon qilishda Rossiyani nayza uchiga aylantirgan boʻlsa, Yevropa Amerika bilan Rossiya oʻrtasidagi bu sunʼiy keskinlikdan foydalanib ruslarning vahshiyona hujumlariga qarshi keskin pozitsiyani egalladi… Rossiya Yevropaning bu bosimini yengillatmoqchi boʻlib sulh mavzusi haqida soʻz yurita boshladi. Chunki “Rossiya “insonparvarlik sulhi”ni eʼlon qilib, bu sulh chogʻida Halab shahrini bombardimon qilishini toʻxtatib turadigan boʻldi. Rossiya Halab shahrini bombardimon qilishini 2016 yil 20 oktyabr payshanba kuni sakkiz soatgacha toʻxtatib turishini bildirdi. Bu muddat mahalliy vaqt bilan ertalab soat sakkizdan, grinvich vaqti bilan esa soat beshdan boshlanib soat toʻrtgacha davom etadi… bu qadam Halabni havodan bombardimon qilish chogʻida bitta oiladan 14 kishi oʻldirilgani haqidagi xabarlar bilan bir vaqtga toʻgʻri kelmoqda…”. (Bi-Bi-Si Arabiy, 2016 yil 17 oktyabr)… Putin Suriya mavzusini yevropaliklar bilan muhokama qilishga ham rozi boʻldi. Bundan oldin u bu mavzuni Olland bilan muhokama qilishni rad etgan edi “frantsuz prezidenti kantselyariyasining kecha bildirishicha prezident Fransua Olland, rus prezidenti Vladimir Putin va nemis kantsleri Angela Merkel chorshanba kuni Berlinda “amaliy uchrashuv” oʻtkazishadi, unda Suriya krizisi muhokama qilinadi…”. (Agentliklar, Xalij gazetasi, 2016 yil 19 oktyabr)…
Shunday qilib demak frantsuz-rus aloqalarida yuzaga kelgan keskinlik Yevropa Ittifoqi davlatlarida aks etdi va buning oqibatida Rossiya Yevropa bilan aloqa yomonlashishidan iborat qiyin ahvolga tushib qoldi. Hozir Rossiya bu qiyin ahvoldan chiqish yoʻlini topishga urinyapti. Shu maqsadda Yevropa Ittifoqi bilan muloqot oʻtkazib Suriya krizisini muhokama qilyapti. Holbuki bundan oldin Rossiya bu mavzuni Olland bilan muhokama qilishni rad etgan, bu esa Putinning safari bekor qilinishiga va hodisalarning ilgarigidan ham koʻra yanada keskin tus olishiga sabab boʻlgan edi…

Oltinchi: endi bu hodisalar natijasida Suriya krizisiga aloqador regional yoki xalqaro taraflarda biron oʻzgarish boʻladimi? – degan savolga kelsak, biron bir oʻzgarish yuz berishi kutilmaydi. Chunki bu krizisda faol rol oʻynayotgan taraflar oʻsha-oʻsha oʻzgarishsiz qolaveradi. Yaʼni Amerika va uning yugurdak vakillari Rossiya, Eron, Turkiya va Saudiya qolaveradi. Yevropa Ittifoqining oʻljadan ulushi esa unchalik ahamiyatli emas. Bunga dalil shuki, Yevropa Rossiyaga qarshi qattiq ohangda gapira boshlaganiga qaramay va oʻziga Suriya krizisida biron rol boʻlishi uchun Amerikaga yaqinlashishga zoʻr berib uringaniga qaramay Amerika 2016 yil 15 oktyabrda Lozanna yigʻinini oʻtkazishga chaqirib, Yevropani bu yigʻinga hozir boʻlishdan chetlatdi. Rossiya bu sammitda Amerika yonida boʻldi. Vaholanki Amerika Rossiya bilan uzilganini va aloqalarda keskinlik yuzaga kelganini koʻrsatgan edi! Amerika Yevropaning bu ishdan bezovta boʻlganini sezgach 2016 yil 16 oktyabrda Yevropa bilan rozi qilish uchrashuvini oʻtkazishga chaqirdi. Unda boshqa taraflar hozir boʻlmadi. Amerika yevropaliklar bilan soʻzlashuvlar olib bordi va bu yigʻin qanday boshlangan boʻlsa shunday tarqab ketdi…

Shuning uchun kuchliroq ehtimol shuki, Suriya krizisidagi xalqaro rol faqat bir Amerikaning oʻzidagina va uning yugurdak vakili Rossiya va tobelarda qolaveradi.

Bu xalqaro va regional taraflar jihatidan shunday. Ular makru hiyla qilishmoqda. Lekin Shomda va boshqa oʻlkalarda xolis Alloh Subhanahu uchun amal qiladigan va Rosululloh Aga sodiq qolgan shunday er kishilar borki, ular Amerika, Rossiya va tobe yugurdaklarning Shomda oʻrnashib olishga oid oʻz makrlari va yovuz rejalarini amalga oshirishiga aslo imkon bermaydilar. Aksincha bu mustamlakachilar va ularning yugurdaklari ahvoli Alloh izni ila ularning oʻtmishdagi toʻdalari kabi boʻladi.

“Ulardan avvalgi (kofir) kimsalar ham (oʻz paygʻambarlariga mana shunga oʻxshash) makr-hiylalar qilgan edilar. Shunda Alloh ular (qurgan makr-hiyla) binolarini tag-tugi bilan yemirib tashladi, bas, ular (toʻqib olgan yolgʻon bino-tuzumlari)ning tomi oʻzlarining ustiga quladi va ularga oʻzlari sezmagan-kutmagan tarafdan azob-halokat keldi” [Nahl 26]

19 muharram 1438h

20 oktyabr 2016m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.