Oʻzbekiston va Qirgʻiziston din vakillari Oʻsh shahrida majlis oʻtkazishdi

801
0

Oʻsh shaxrining “Sulaymon togʻ” markaziy masjidida Oʻzbekiston vakillari va 100 ga yaqin Oʻsh viloyatining masjid imomlari va diniy xodimlari ishtirokida katta yigʻin boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishga Qirgʻiziston tarafdan muftiy hazrati Maksatbek hoji Toktomushev, hukumatning Oʻsh viloyatidagi solahiyatli vakilining diniy maslaxatchisi Toktosun hoji Japarov, din ishlari boʻyicha davlat komissiyasining janubiy boʻlimining boshligʻi Isakbay Murzabekov va janubiy mintaqa qozilari ishtirok etgan boʻlsa, Oʻzbekiston tarafdan esa, Respublika Vazirlar maxkamasi qoshidagi din ishlari boʻyicha koʻmitaning boʻlim boshchisi Yuldashev Maxammadbobir Abdurohmanovich yetakchiligida Namangan, Fargʻona, Andijon viloyatlarining qozilari va bosh imom-xatiblari ishtirok etishdi. Yigʻinda “diniy muhitdagi davlat siyosati, davlatlararo, millatlararo dustlik, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi birgalikda kurash olib borish” mavzusida bahs yuritildi. Avval muftiy hazratlari Maksatbek hoji Toktomushev nutq soʻzlab, ikki davlat halqlari oʻrtasidagi aloqalarning jonlanishi yangilanishning manbai boʻlishini taʼkidlar ekan, davlat arboblariga rozilik bildirib oʻtdi. Bundan tashqari, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda bu ikki mamlakatning diniy arboblari birgalikda konferentsiya va seminarlar oʻtkazib turishlik tashabbusini koʻtardi. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar maxkamasi qoshidagi din ishlari boʻyicha koʻmitaning boʻlim boshchisi Yuldashev Maxammadbobir Abdurohmanovich ikki davlat din borasida bir-birlari bilan tajriba almashadigan tadbirlar koʻp ekanligini taʼkidladi.
Yigʻindan keyin mehmonlar Sulaymon-Togʻ masjidi va muzey kompleksi bilan tanishib chiqishdi.
Kunning ikkinchi yarmida mehmonlar Oʻzgan rayoniga joʻnab ketishdi.

Turkiston:

Yaqin tariximizga nazar tashlaydigan boʻlsak, 2006 yil Bakiyevlar hukm surgan zamonda ham Qirgʻiziston Oʻzbek hukumati bilan yaqindan hamkorlik qila boshlashgan edi. Oʻshanda ham Qirgʻiz hokimiyati Oʻzbekiston yaxshi qoʻshnichilikni oʻrnatib, Qirgʻiziston bilan oʻzaro teng va manfaatli munosabatlar oʻrnatadi, deb umid qilgan.

Lekin ular faqat Qirgʻiziston bilan Oʻzbekiston xavfsizlik xizmatlarini hamkorlikka chaqirish orqali ichki ishlarimizga aralashishdan nariga oʻtishmadi. Oʻzbek xavfsizlik xizmatining maxsus xodimlari terrorchilarni fosh qilib bera olamiz deb, barcha maxfiy tarmoqlarimizga kirib kelishgan edi. Ular Qirgʻiz xavfsizlik xodimlarining savodsizliklaridan foydalanib, barcha internet tarmoqlarimizni oʻz qoʻllariga olishgan. Butun xavfsizlik sistemasiga maxsus eshitish moslamalari oʻrnatib qoʻyishgan edi. Oxir oqibat Rofiq qori Kamolovni otib oʻldirib, qotillikni Qirgʻiz xavfsizlik xodimlari va hukumati zimmasiga yuklab, ularni oʻta muammoli vaziyatga tushirib, soʻng tashlab chiqib ketishgan edi.

Shu kunlardagi Atambayev olib borayotgan siyosat ham ilgarigisini eslata boshladi. 26 oktyabr kuni yuzlagan Oʻzbek delegatsiyasi Qirgʻizistonning janubiy poytaxti hisoblangan Oʻsh shahriga mehmon boʻlib kelishdi. Kelib ulgurmaslaridanoq, oʻzbek diniy delegatsiyasi nomidan kelgan vakillar masjid imomlari va din vakillari bilan birgalikda majlis uyushtirishga ham ulgurishdi. Majlisda terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilish va maslahatlashib ish olib borish haqida soʻz yuritildi.

Oʻzbek diniy mulozimlarining kiyib olgan choponlarini ichida pagonlari bor ekanini hisobga olsak, yana Oʻzbekiston xavfsizlik tizimi diniy vahimalar va unga qarshi kurash olib borishda hamkorlikka chaqirish oʻyinini qaytadan boshlayotganligini bilib olish qiyin emas. Karimovning oʻlimidan keyin xavfsizlik xodimlari Oʻzbekistonni oʻz qoʻllariga oldi. Ular Qirgʻizistonni oʻz mamlakati uchun xavfli hudud deb belgilashdi. Shuning uchun ular Qirgʻizistonning ichki ishlariga aralashishga va xavfsizlik tizimlariga yanada chuqurroq kirib kelishga qattik intilishayapti. Bu safar Oʻzbek xavfsizlik xodimlari diniy muhitimiz orqali harakat boshlashdi. Chunki hozir Qirgʻizistonning eng kuchli tomoni organ xodimlarining quvvati yoki taʼsiri ostida emas. Balki islomiy raʼylardan kelib chiqqan diniy muhitning taʼsir quvvati ostidadir.

Oʻzbek xavfsizlik tizimining 90 yillarning ikkinchi yarmidagi ish olib borish uslubini eslang. Ular huddi hozirgidek, yaʼni oʻzlarining diniy ulamolarini diniy jamoa vakillariga qarshi qoʻyish ishlaridan boshlagan edi. Endi shu iflos uslublari bilan Qirgʻiz diniy muhitiga kirib kelishyapti. Albatta bu yoʻnalishdagi barcha harakatlar faqat ikki mamlakat xavfsizlik tizimlarining hamkorligi va toʻla nazorati ostida boryapti. Dindorlarimiz qoʻgʻirchoq figuralar xolos.

Qirgʻiz-Oʻzbek fuqorolarining bir birlari bilan yaqinlashishlari yaxshi ish, albatta. Kufr olami bizlarni bir birlarimizdan ajratib, qarindoshlik rishtalarimizni uzib yubormoqchi boʻlishdi. Endi Allohning irodasi bilan yana bir birlarimizga yoʻl ochilsa, albatta Allohga hamdu sanolar aytamiz.

Lekin shu yaqinlashishga boʻlgan tuygʻularimizdan foydalanib, Inoyatov boshchilik qilayotgan Mirziyayev rejimi, xuddi qoʻy terisini yopinib olgan boʻrilardek, diniy libos kiygan MXX xodimlarini olib kirib kelishga urinishyapti. Ularning maqsadlari Toshkentdagi 16 fevral voqeasi singari muxitni yaratish uchun musulmonlarni bir birlariga qarshi ish olib borishga undash, Islomiy ulamo va masjid imomlarini organ bilan yanada kengroq hajmda ish olib borishga daʼvat qilish va Shu maqsadlari voqeʼda natija berib, musulmonlar ularni olqishlay boshlaganida, Qirgʻizistonda ham 16 fevral hodisasini uyushtirishdan iboratdir.

Qirgʻiziston hukumatiga va fuqorolariga shuni aytamizki;

Biz islomiy yurtlar oʻrtalaridagi chegaralar yoki umuman biror toʻsiq boʻlishiga qarshimiz. Qirgʻiz-Oʻzbek yaqinlashish tadbirlarining birortasiga qarshi emasmiz. Faqat, musulmonlarning mana shu bir birlariga yaqinlashishga boʻlgan talpinishlaridan gʻalamis kuchlar foydalanib qolmoqchi ekanidan ogohlantirib oʻtmoqchimiz. Ular ilgari ham xuddi shu kabi yaxshi niyat bilan tadbirlar boshlab, diniy ulamolar va bir nechta jurnalist muxbir birodarlarimizni ottirib yuborganini eslatib oʻtmoqchimiz. Paygʻambarimiz (sav) “moʻʼmin bir teshikdan ikki marotaba chaqilmaydi” degan edilar. Biz ularga, “sizlar iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish ishlari bilan cheklanib, bizlarga diniy yoki siyosiy maslahat berishdan tiyilinglar, chunki bu sohalarda sizlar bizlarga muallim emassizlar, deb aytishimiz kerak. Aks holda ular sizlarni yana aldab qochadi. Chunki bu yaqinliklarni uyushtiruvchisi Rossiya boʻlib, u ham oʻta nochor va ishonchsiz hamkordir!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.