BMT bir tomondan 5 million somalilikka ocharchilik xavf solayotganini eʼlon qilmoqda

1047
0

BMT bir tomondan 5 million somalilikka ocharchilik xavf solayotganini eʼlon qilmoqda

Ikkinchi tomondan qochqinlarni majburan koʻchirishga kirishmoqda

Keniya BMT bilan muvofiqlashgan holda, “Dadaeb” qochqinlar jamlogʻini Somaliga koʻchirish chora-tadbirlariga kirishdi. Dunyodagi eng katta qochqinlar jamlogʻi hisoblangan “Dadaeb” 350.000dan ziyod shaxsni oʻz ichiga olgan. Odamlar bu jamloqda ogʻir sharoitda yashashga oʻnlab yillardan beri rozi boʻlib keldilar… Holbuki, u yerda oʻlat kasalligi keng tarqalgan boʻlib, qochqinlarga nisbatan tinimsiz nomusga tajovuz qilish hollari boʻlib turadi, hayot resurslari juda kam, maktablar yetishmaydi, boshqaruv yomon ahvolda… Ammo ular hammasiga sabr qildilar, Somalida chorak asrdan beri duch kelinayotgan urush va ocharchilikdan jonlarini va bolalarini olib qochganlari bois sabr qilmoqdalar. “Dadaeb” jamlogʻida bir kun ham hayot yaxshi va xavfsiz boʻlmadi, biroq u yerdagi aksar qochqinlar uchun Somaliga qaytish ixtiyori ham yoʻq boʻldi.

BMT bu chora-tadbirni oʻzining qochqinlar boʻyicha kommisariyati qilgan ogohlantiruvga qaramay, amalga oshirishda qattiq turibdi. BMT qochqinlar boʻyicha kommisariyatining 2015 yil 14 aprelda chiqargan ogohlantiruvida “Dadaeb”ni toʻsatdan yopish va qochqinlarni Somaliga qayta majburan koʻchirish gʻoyat xatarli amaliyot ekani, insoniy talofatlar boʻlishi mumkinligini taʼkidlagan. Chunki Somali iqlim oʻzgarishi va yogʻingarchilikning juda kam boʻlishi natijasida kelib chiqqan oziq-ovqat krizisini boshdan kechirmoqda. Qishloq-xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish hajmi olti oy ichida teng barobardan ziyod ozayib ketdi, dehqonlar katta sonda chorva hayvonlarini yoʻqotdilar. Aytishlaricha, qutqaruv agentliklari oʻtgan yanvar oyida Somalidagi insoniy ahvolni yaxshilash uchun 880 million dollar jamlashga chaqiriq boshlagan. Ammo BMTning Somalidagi muvofiqlashtiruvchisi Piter de Klerk “Somalini qutqarish dasturini moliyalash, koʻzlangan marradan atigi 32 %iga erishgani” toʻgʻrisida bayonot berdi.

Axborot vositalari orqali qochqinlarni koʻchirish ularni maʼlum mablagʻ bilan ragʻbatlantirish muqobilida oʻz roziliklari asosida boʻlayotgani tinmay xabar qilinib turibdi. Shunday boʻlsa-da, “Dadaeb” jamlogʻini koʻchirish va qochqinlarni oʻz yurtlariga majburan qaytarish ishlari avji pallasi ketayotgan bir paytda, BMT Somalida 5 million atrofidagi shaxs oziq-ovqat yetishmovchiligidan aziyat chekayotgani toʻgʻrisida hisobot chiqardi. Oʻtgan oy nihoyasida chiqarilgan va oziq-ovqat yetishmovchiligiga yomgʻirgarchilikning kam boʻlishi sabab qilib keltirilgan ayni hisobotda 5 yoshgacha boʻlgan 300 ming nafar bola toʻyib ovqat yemaslikning oʻtkir holatini boshdan kechirayotgani, ular yordamga muhtojliklari aytilgan. Bu hisobot Somalidagi 2011-2012 yilda sodir boʻlgan va chorak million inson halok boʻlgan ocharchilikning besh yilligi munosabati bilan chiqarildi. Shuncha erta ogohlantiruvlarga qaramay, xalqaro hamjamiyat ularga javob qilgani yoʻq. Faqat qoralash, norozilik bildirish va hisobotlar chiqarish, keyin esa nobud boʻlganlarga yolgʻon koʻz yoshlar toʻkish bilan kifoyalandi.

Ha, mana shu BMT bir tomondan, Somalidagi vaziyatning xavfliligidan ogohlantirib, olamga jar solmoqda, ikkinchi tomondan, (Forin Polisining 2016 yil 26 sentyabrgi xabariga koʻra) kuniga ming nafar qochqinni yurtiga qaytarish borasida Keniya bilan kelishuv ishlarini olib bormoqda. Yaʼni, ularni ayrim mintaqalarda ocharchilik boʻlayotgan, ishsizlik koʻrsatkichi 67 %ga yetib, dunyodagi eng katta koʻrsatkichlardan biriga aylangan, mahalliy iqtisod xorijda yashovchi somaliliklarning pul oʻtkazmalariga tayanib qolgan… bir ayanchli vaziyatga qaytarmoqda. Mahalliy valyutasi inflyatsiyaga uchragan, inshootlari yetishmayotgan va muassasalari bankrotga uchragan bir yurtga qayta koʻchirmoqda. Zotan, bu narsalarning barchasi chorak asrlik urushlar, ichki tartibsizliklar, AQSh urushi va Efiopiya bilan Keniyaning aralashuvi… oqibatida kelib chiqqan.

Butun dunyo navbatdagi asta sekin oʻlish siyosatidan yana gʻaflatda. Bu siyosat qishloq-hoʻjaligi sektorini qasddan vayron qilishga qaratilgan boʻlib, mustaqil iqtisodiyoti bor Somalini, xorij qoʻllab-quvvatloviga qaram Somaliga aylantirdi, somaliliklarga va ularning goʻdaklariga nisbatan na ahdga va na burchga vafo qiladigan kimsalar yordamiga muhtoj qilib qoʻydi. Xorijiy aralashuv bu yurtni jahannamga aylantirdi, siyosiy boʻshliq paydo qildi, tonna-tonna kirib kelgan qurol-aslaha, shundoq ham xorlik ostida yashayotgan odamlarni noqonuniy hijrat qilishga majbur qildi…

Bizga Allohning Oʻzi yetarlidir va U eng yaxshi ishonchli vakildir.

وَقَالُوا حَسْبُنَا اللَّهُ سَيُؤْتِينَا اللَّهُ مِنْ فَضْلِهِ وَرَسُولُهُ إِنَّا إِلَى اللَّهِ رَاغِبُونَ

“Ular Alloh biz uchun kifoya qiladi, yaqinda Alloh va Rosuli bizga Oʻz fazlu karamidan (mol-dunyo ham, baxt saodat ham) beradi dedilar” [Tavba 59]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi ayollar qismi

telefon-faks: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.