Hizb ut-Tahrirdan muborak qurbon hayiti munosabati bilan tabrik

425
0

Hizb ut-Tahrirdan muborak qurbon hayiti munosabati bilan tabrik

Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illalloh,

Allohu akbar, Allohu akbar, va lillahil hamd…

Allohga hamd boʻlsin, Allohning Rosuliga, ul zotning oilalari, sahobalari va ul zot bilan doʻst boʻlganlarga hamda ul zotga ergashib, yoʻlidan yurgan, Islom aqidasini oʻzining fikratiga asos qilib olgan, sharʼiy ahkomlarni esa amallariga oʻlchov va hukmlariga manba qilgan zotlarga salotu salomlar boʻlsin, ammo baʼd…

Ey barcha joydagi musulmonlar…

Biz Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi aʼzolari Hizb ut-Tahrir amiri olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning – u kishini Alloh Taolo Oʻz hifz-himoyasida asrasin – muborak qurbon hayiti munosabati bilan butun Islomiy Ummatga yoʻllagan tabrigini yetkazayotganimizdan mamnunmiz. Shuningdek, u kishining tabrigini erkagu ayollardan iborat barcha Hizb ut-Tahrir aʼzolariga yetkazayotganimizdan ham mamnunmiz. Zero, Hizb aʼzolari zoʻravonlik davri rejimlari bilan boʻlgan olishuvlarini hamda Allohning kalimasini Muhammad A bashorat bergan Xalifalik davlatini tiklash orqali oliy qilish uchun olib borayotgan kurashlarini tunu kun davom ettirmoqdalar.

Ushbu hayit Ummat jarohatlari koʻpaygan bir paytda kirib kelmoqda. Biroq biz boshdan kechirayotgan bunday qiyinchiliklar oʻz oʻrnida mustamlakachilik hukmronligidan ozod boʻlishdagi Ummatning uygʻonishidan bir nishonadir. Darhaqiqat, 1924 yil kofir Gʻarb Xalifalik davlatini qulatganidan boshlab mustamlakachilar Ummatning ustidan oʻz hukmronliklarini oʻrnatishgan edi. Bugun Ummat ularning hukmronligidan ozod boʻlishga harakat qila boshladi. Ummat boshdan kechirayotgan bu qiyinchiliklar zolim-zoʻravon mustamlakachilikning davri tugashiga boʻlgan umidni oshirmoqda. Ummatga shunday ogʻir kunlar kelgan boʻlsada biz barchamiz Allohning vaʼdasiga ishonamiz. Alloh Taolo barcha dinlar ustidan oʻz dinini gʻolib qilishni hamda paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik tiklanishi orqali oʻz elchisi Rosululloh Aning bashoratlarini roʻyobga chiqarishni vaʼda qilgan. Shoyad, bu kunga oz qolgan boʻlsa. Alloh Taolo bu toʻgʻrida shunday deydi:

وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آَمَنُوا مِنْكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَى لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُمْ مِنْ بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْناً يَعْبُدُونَنِي لَا يُشْرِكُونَ بِي شَيْئاً وَمَنْ كَفَرَ بَعْدَ ذَلِكَ فَأُولَئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ

“Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari oʻtgan (imon-eʼtiqodli) zotlarni (er yuziga) xalifa qilganidek, ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun Oʻzi rozi boʻlgan (Islom) dinini gʻolib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan soʻng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qoʻyishni vaʼda qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (vaʼda)dan keyin kufroni (neʼmat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir” [Nur 55]

Bu Allohning vaʼdasidir. Garchi, mish-mish tarqatuvchilar har qancha vahima qilsa ham, aldamchi shiorlar ostida Ummatning kofir Gʻarbga qul boʻlishini oqlayotgan munofiqlar har qancha munofiqlik qilishsa ham Alloh hargiz vaʼdasiga xilof qilmaydi. Paygʻambarimiz A siyratlaridan bizga maʼlumki, Madina munofiqlarining baʼzilari “Muhammad bizga Kisro va Qaysar xazinalarini vaʼda qilgan edi, biz bugun hojatga ham tinch bora olmaydigan boʻlib qoldik”, deb aytishgan edi.

وَإِذْ يَقُولُ المُنَافِقُونَ وَالَّذِينَ فِي قُلُوبِهِمْ مَرَضٌ مَا وَعَدَنَا اللهُ وَرَسُولُهُ إِلاَّ غُرُورًا

“Oʻshanda munofiqlar va dillarida maraz boʻlgan kimsalar: “Alloh va Uning paygʻambari bizlarga faqat yolgʻon vaʼda qilgan ekanlar”, deya boshladilar”                          [Ahzob 12]

Rosululloh A Suroqaga “Kisroning bilaguzugini taqsang qanday boʻladi” deb unga Kisroning bilaguzugini vaʼda qilgan edilar. Umar G Kisroning bilaguzugini, kamarini va tojini olib kelib unga kiydirib “Allohu Akbar, Men odamlar parvardigoriman deb aytgan Kisro ibn Hurmuzdan yechib uni Banu Mudlajdan boʻlgan bir aʼrobiy Suroqa ibn Molik ibn Jashʼamga kiydirgan Allohga hamd boʻlsin”, deb aytdi.

Bugun, Allohning gʻalabasi kelguniga qadar sodiq moʻminlar faqat Allohning arqonini mahkam ushlashlari, faqat ungagina sidqidildan qullik qilishlari, Rosululloh A oʻrgatganidek Allohning diniga yordam berishga azm-qaror qilishlari hamda Allohning farmoni (nusrati kelguncha) ozorlarga sabr qilib sabot bilan turishlari lozim.

Shuningdek, men Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi raisi va matbuot boʻlimi xodimlari tomonidan yoʻllangan tabrikni sizlarga va butun Islomiy Ummatga yetkazar ekanman, Mavlo Azza va Jallaga tazarru qilib, shuni soʻraymanki, kelgusi hayitni Islomiy Ummat Uqob bayrogʻi soyasi ostidagi hayotda birlashgan, gʻolib boʻlgan, kuch-qudratga toʻlgan va Alloh izni ila yana yetakchi maqomni egallagan holatda kutib olaylik. Albatta Alloh bu ishni egasi va bunga qodir Zotdir.

Ey Hayy, Qoyyum, Hannan, Mannan Allohim, ey samolarni biz koʻrib turgandek ustunsiz koʻtarib qoʻygan Robbim, bizni kutdirib qoʻymasdan tezroq Xalifalik davlati bilan mukarram ayla. Ey Allohim, roshid xalifaga bayʼat berishni bizlarga nasib ayla. Toki, ushbu xalifa xalqlarni bashariyatga qullik qilishdek ifloslikdan ozod qilsin, bandalarni bandalarga ibodat qilishdan chiqarib, olamlar Robbi Allohga ibodat qilishga olib chiqsin. Shuningdek, bu xalifa insonlarni bu dunyo torligidan dunyo va oxirat kengligiga, iflos kapitalizm hazorati zulmatidan Islomning adolati va rahmati nuriga chiqarsin.

Alloh toat-ibodatlaringizni qabul qilsin

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Allohim, Seni barcha aybu nuqsondan pok deb, Oʻzinga hamd aytamiz. Sendan oʻzga hech iloh yoʻq, deb guvohlik beramiz, Oʻzingdan magʻfirat soʻraymiz va Senga tavba qilamiz

Hijriy 1437 yil muborak Qurbon hayiti kechasi

Usmon Baxxosh

Hizb ut-Tahrirning

markaziy matbuot boʻlimi raisi

Manzil: al­Mazraa — “Kolumbia Tsentr” – blok b – ikkinchi qavat

Pochta qutisi 14­5010

telefon: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.