Karimovning oʻrinbosarlari ham uning izidan boradi

843
0

Karimovning oʻrinbosarlari ham uning izidan boradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov oʻlimidan soʻng mamlakat ichkarisida ham, xalqaro jamoatchilik orasida ham uning oʻrnini kim egallashi dolzarb mavzuga aylandi. Oʻzbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev va bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Rustam Azimov prezidentlikka eng kuchli nomzodlar sifatida koʻrilmoqda.

Markaziy Osiyoda eng nufuzli oʻlka hisoblangan davlatni 27 yil davomida boshqarib kelgan Karimov miyaga qon quyilishi natijasida jon taslim qilishi ortidan Gʻarb davlatlari va Rossiya strategik ahamiyatga egaligi bois Oʻzbekistonda sodir boʻlishi kutilayotgan oʻzgarishlarni yaqindan kuzatib bormoqda.

Frantsiya poytaxti Parijda istiqomat qilib kelayotgan Markaziy Osiyo Inson huquqlarini himoya qilish jamiyatining rahbari Nadejda Atayyeva Karimovning vorislari ham uning siyosatini davom ettirishidan xavotirda ekanligini bildirdi.

“U (Karimov) oʻz davrida sodir etilgan jinoyatlar haqida berilgan savollarga javob bermadi. U oʻzidan juda yomon meros qoldirdi. Karimovning izdoshlari uning siyosatini davom ettirish uchun faol harakat qiladi. Bu esa men toqat qilishim qiyin boʻlgan eng alamli narsadir”, deydi Nadejda Atayyeva.

Manba: euronews

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.