HAQIQAT KERAKMI, JIDDIYMISAN? (3)

435
0

بسم الله الرحمن الرحيم

HAQIQAT KERAKMI, JIDDIYMISAN? (3)

Biz avvalgi bahslarimizda Yaratuvchimiz boʻlmish Alloh Taoloning borligini va Uning Zotini, hamda Koinotni va insonni nima maqsadda yaratganligini hech bir inson bilolmasligini aniqladik. Chunki aqlning shartlaridan biri, yaʼni aql ishlashligi uchun seziladigan narsa boʻlish kerak, masalan; ranglarga oʻhshagan yoki hidlarga oʻhshagan. Inson sezgi aʼzolari: koʻrish, eshitish, hid bilish, taʼmlarni ajratish yoki badanning issiq sovuqni, qattiq yumshoqni sezishi kabi seziladigan narsa boʻlsagina insonni aqli ishlaydi. Sezgiga tushmaydigan narsada aql ishlatishning iloji yoʻq, mumkinmas. Masalan; koʻzi koʻr insonni ranglarni ajrata olishi umuman mumkin emas, yaʼni “koʻr”ning aqli ranglar borasida ishlashi mumkin emas. Shunga oʻhshab, Alloh Taoloning borligini yaratgan maxluqotlarining borligidan idrok qilinadi. Ammo Allohning Zotini idrok qilish esa mumkin boʻlmagan ishdir. Chunki Allohning zoti xisga tushmaydi. Aql esa xisdan tashqaridagi narsalarni idrok qila olmagani uchun, ularning mohiyati va haqiqatini ham idrok qila olmaydi. Shuning uchun aql hech qanday yoʻl bilan Allohning Zotini yoki Koinotni, insonni nima uchun yaratganini bilolmaydi. Bular haqida oʻzi xabar bermaguncha ular haqida gapirish faqat hayoliy farazlar boʻladi xolos. Bunday faraz asosiga hayotni tartiblashtirish ahmoqlikdan boshqa narsa emas, shundaymi?!

Endi uchunchi haqiqat bizning aqlimiz yetmaydigan mavzuʼlarda Alloh Taolo Oʻz Kitobida xabar bergan va u Qurʼon Karimdir. Uni Alloh Taolo huzuridan yuborilganiga kelsak, Qurʼon arabcha kitob, Uni Muhammad(s.a.v) olib kelgan: Qurʼon yo arablar tarafidan, yo Muhammad(s.a.v) tarafidan ijod qilingan. Yoki Alloh Taolo tarafidan nozil qilingan. Bu uch tahmin aqliy tahmin boʻlib, aqlni asos qilish shartiga koʻra toʻrtinchi tahmin boʻlishi, yaʼni Qurʼon bu uchalasidan boshqa tarafdan boʻlishi mumkin emas. Chunki u arab tilida va arabcha uslubda nozil qilingan.

Qurʼonni arablar tomonidan ijod qilingan deyish notoʻgʻri. Chunki Qurʼon arablarni bahsga chorlab, Qurʼon jumlalariga yoki undagi iboralarga oʻxshash biror sura ijod qilishda kuch sinashishga chaqirdi:

قُلْ فَأْتُوا بِعَشْرِ سُوَرٍ مِثْلِهِ

– „(Ey Muhammad!) “U holda, shunga (yaʼni Qurʼonga) oʻxshash oʻntagina sura keltiringiz”, deb ayting“. [11:13]

فَأْتُوا بِسُورَةٍ مِثْلِهِ

– „(Ey Muhammad!) “Qani, uning suralaridek birgina su-rani yaratib koʻringlarchi?!” – deb, ularga xitob qil“. [10:38]

Arablar bu sohada urinib koʻrdilar. Biroq, bu taklifni amalga oshirishni uddalay olmadilar. Shu oʻrinda ular xohlashmagandir degan hayollar kelishi mumkin, lekin buni ozgina aql ishlatishimiz bilan unga eʼtibor bemagandir yoki xohlashmagandir degan gaplar nooʻrin ekani aniq boʻladi, chunki Qurʼon oyatlarida ota bobolarini ahmaoqqa chiqargan yoki oʻzlarini najasga chiqargan gaplarni uydarma deb, hamma koʻrsatib qoʻyishlarini juda juda xohlashgan, lekin faqat ojizligidangina unga oʻhshagan biror sura keltirisha olmagan. Masalan; “Baqara” surasining 170-chi oyatida: “Qachon (mushriklarga): “Alloh nozil qilgan hukmlarga boʻysuningiz”, deyilsa, ular: “Yoʻq, biz otalarimizni qanday yoʻlda topgan boʻlsak, oʻshanga ergashamiz”, deyishadi. Agar otalari hech narsaga aqllari yetmaydigan, toʻgʻri yoʻlni topolmaydigan boʻlsalar, ham-a?” yoki “Moida” surasining 5-chi oyatida: “Qachon ularga: “Alloh nozil qilgan narsaga va paygʻambarga kelinglar”, deyilsa, ular:“Biz uchun ota-bobolarimizni nimani ustida topgan boʻlsak, oʻsha yetarli”,deyishadi. Agar ota-bobolari hech narsani bilmaydigan va haq yoʻlni topa olmaydigan boʻlsalar ham-a?!”. Ushbu oyati karimalardagi “…otalari hech narsaga aqllari yetmaydigan, toʻgʻri yoʻlni topolmaydigan boʻlsalar, ham-a?” yoki “…ota-bobolari hech narsani bilmaydigan va haq yoʻlni topa olmaydigan boʻlsalar ham-a?!” deb ularni aqlsiz ekani haqida xabar bermoqda. Yoki tavba surasida:

يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّمَا الْمُشْرِكُونَ نَجَسٌ

“Ey moʻminlar, hech shak-shubhasiz, mushriklar najas kimsalardir”. [9:28]

Bunday “baho”ga beeʼtibor qolishlari mumkin emas, aksincha bu xabarlarni tasdiqlashgan boʻlib qoladi. Demak, bundan shu narsa hulosa boʻlyaptiki, Qurʼon ularning ijod qilgan soʻzlari emas. Chunki Qurʼon ularni bahsga chorlagani va ular bu bahsda bellashib koʻrishga harakat qilganlariga qaramay, unga oʻxshaydigan biror sura yarata olmadilar.

Endi ikkinchi tahmin, Qurʼon Muhammad tarafidan ijod qilinganligi ham notoʻgʻri. Chunki Muhammad arab xalqining bir vakili. Bir dahoning isteʼdodi qanchalik yuksak boʻlmasin, u bari bir insonligicha va oʻz jamiyati, oʻz xalqining farzandligicha qoladi. Modomiki, arab xalqi Qurʼonga oʻxshash bir mukammal asar yarata olmabdimi, demak, arab farzandi boʻlgan Muhammadga ham bu soʻz tom maʼnoda taalluqlidir. Demak, Qurʼon Muhammad tarafidan ham ijod qilingan emas. Bundan tashqari, Muhammad(s.a.v)ning juda koʻp sahih hadislari mavjud. Shuningdek, mutlaqo rost boʻlgan mutavotir hadislari ham rivoyat qilingan. Hadis bilan oyat oʻrtasida uslub jihatidan hech qanday oʻxshashlik boʻlmagani hamda Qurʼon bilan Muhammadning soʻzining oʻrtasida ochiq-oydin farq boʻlgani uchun ham oʻsha davrlarda arab tili asoschilari sanalmish arablar ikkisi(yaʼni Qurʼon va hadis) oʻrtasida oʻhshashlik koʻrishmagan, agar ozgina oʻhshashlikni bilishganda uni jar solishar edi. Uni yolgʻonchiga chiqarish uchun arablarning bor-yoʻq daʼvolari: “Muhammad Qurʼonni Jabr ismli nasroniy bir boladan oʻrganib keladi”, – deyish edi. Shuning uchun ularning daʼvolarini rad etib, goʻyoki “eh, arablar, eh, arab tili ustasimiz deb daʼvo qiluvchilar; oʻzinglar qilolmagan narsani arab boʻlmagan boladan boʻlishini qaysi aqllaring bilan aytmoqdasizlar” degandek, Alloh Taolo shunday deydi:

وَلَقَدْ نَعْلَمُ أَنَّهُمْ يَقُولُونَ إِنَّمَا يُعَلِّمُهُ بَشَرٌ لِسَانُ الَّذِي يُلْحِدُونَ إِلَيْهِ أَعْجَمِيٌّ وَهَذَا لِسَانٌ عَرَبِيٌّ مُبِينٌ

– „Biz aniq bilamizki, ular (arablar) “Muhammadga Qurʼonni bir inson farzandi oʻrgatadi” – deb, tuhmat qiladilar. Ular ishora qilayotgan kishining tili ajamiy, vaholanki, Qurʼon tili sof arab tilidir“. [16:103]

Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqadiki, Qurʼon arablarning ham, Muhammadning ham soʻzlari emas ekan. Bularni aqli raso inson tushunadigan qilib isbotladik. Shuning uchun aniq xulosa chiqarish mumkinki, Qurʼon Allohning kalomi hamda uni olib kelgan shaxs uchun moʻʼjizadir.

Qurʼonni Muhammad olib kelganligi haqida hech qanday qarshi fikr yoʻq. Qurʼon arablarning ham, Muhammadning ham soʻzlari emas ekan, demak, Qurʼon Allohning soʻzlari va shariatidir. Allohning shariatini faqat Uning nabiylari va rosullarigina olib keladilar. Bu aqliy dalilga koʻra qatʼiy xulosa chiqarish mumkinki, Muhammad nabiy va rosuldir. Yuqoridagi suhbatlarimizda Allohning borligi, Muhammad(s.a.v) rosul ekanligi va Qurʼon Alloh Taoloning kalomi ekanligiga aqliy dalillar keltirdik.

Kimda-kim hayotini hayollar asosida emas, haqiqat asosiga qurmoqchi boʻlsa, unga endi uzr qolmadi. Manashu uch haqiqat hayotimiz uchun asos bulishi shart, chunki bularni aql asosida, hech shak-shubha qolmaydigan qilib aniqlab oldik. Kimki, agar bunga shabha qilsa, ularga Alloh Taoloning quyidagi oyatini keltiramiz:

وَإِنْ كُنتُمْ فِي رَيْبٍ مِمَّا نَزَّلْنَا عَلَى عَبْدِنَا فَأْتُوا بِسُورَةٍ مِنْ مِثْلِهِ وَادْعُوا شُهَدَاءَكُمْ مِنْ دُونِ اللَّهِ إِنْ كُنتُمْ صَادِقِينَ

فَإِنْ لَمْ تَفْعَلُوا وَلَنْ تَفْعَلُوا فَاتَّقُوا النَّارَ الَّتِي وَقُودُهَا النَّاسُ وَالْحِجَارَةُ أُعِدَّتْ لِلْكَافِرِينَ 

Agar biz bandamizga tushirgan narsadan (Qurʼondan) shak-shubhada boʻlsangiz, u holda shunga oʻxshagan birgina sura keltiring va Allohdan oʻzga guvohlaringizni chaqiring – agar rostgoʻy boʻlsangiz. Endi agar bunday qilolmasangiz — hargiz qilolmaysiz ham — u holda odamlar va toshlar oʻtin boʻladigan, kofirlar uchun tayyorlab qoʻyilgan doʻzaxdan qoʻrqing. [2:23-24]

Abu Zar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.