Koalitsiya kuchlarining xatolarini tan olishi fazilatmi yoki jinoyat?!

398
0

Koalitsiya kuchlarining xatolarini tan olishi fazilatmi yoki jinoyat?!

2016 yil 19 iyul seshanba kuni koalitsiya kuchlari tarkibidagi Frantsiya harbiy uchogʻi Suriyaning Manbaj shahri shimolida joylashgan katta Tuxon qishlogʻida dahshatli qirgʻin sodir etdi. Buning oqibatida aksari ayollar, bolalar va keksalardan iborat 200dan ziyod oddiy fuqaro shahid boʻldi. Baʼzi oilalarning butun aʼzosi nobud boʻldi hamda tinch aholidan aksari ayollar va bolalar boʻlgan yuzlab kishilar yaralandi…

Frantsiyaning ushbu vahshiy hujumi Amerika uchoqlari amalga oshirgan xuddi shunday qonli qirgʻindan bir kun oʻtib sodir etildi. Yaʼni 2016 yil 18 iyul dushanba kuni AQShning Manbaj shahrida qaqshatqich bombalar yogʻdirishi natijasida 20 nafar fuqaro qurbon boʻlib, oʻnlabi turli darajada jarohat olgandi, unda ham qurbonlarning aksari ayollar va bolalar edi.

Bulardan tashqari, ommaviy axborot vositalarida 2016 yil 23 iyul shanba kuni Suriya rejimi bilan rus uchoqlarining havo hujumlari oqibatida 70 nafar fuqaro – orasida bolalar ham bor – halok boʻlgani xabar qilindi. Hujumlar Suriyaning turli mintaqalarida sodir etilgan, jumladan, Halab shahrida, Duma, Shayfuniya, Kufri Batno shahri va baladiyalari mahallalarida, Sharqiy Gʻutaning Sabqo shahrida. Bu hujumlar oqibatida koʻplab inson halok boʻldi va jarohatlandi, uy-joylar, mol-mulklar vayron boʻldi… vayronalar ostidan jarohatlanganlarni, jasadlarni chiqarib olish juda qiyin boʻldi.

Maʼlumki, xalqaro koalitsiya 2016 yil 8 iyunda bir xabar tarqatgan boʻlib, unda bir necha kundan soʻng Suriya rejimi kuchlarining AQSh qoʻllab-quvvatlovi ostida Suriyadagi Turkiya chegaralariga yaqin yerda joylashgan Manbaj shahrini egallashga muvaffaq boʻlishi aytilgan edi. Chunki Manbaj Suriya chegaralariga yaqin Raqqadagi “Islomiy Davlat” qarorgohining asosiy taʼminot liniyasi boʻlgani uchun strategik ahamiyatga molik shahardir.

Mana, ellik kundan ziyod vaqtdan beri, 200 ming aholi yashovchi Manbaj shahri, vahshiyona harbiy amaliyotlar guvohi boʻlmoqda. Bu amaliyotlarni Suriya demokratik kuchlari xalqaro koalitsiya uchoqlari qoʻllab-quvvatlovida sodir etmoqda. Ushbu hujum – yaʼni xalqaro koalitsiya kuchlarining havo hujumlari yoki Suriya demokratik kuchlarining portlash amaliyotlari yoki yerga koʻmilgan mina portlashlari boshlanganidan beri 80dan ziyod fuqaro shahid boʻldi. Bir vaqtning oʻzida, aholi bombardimon va toʻqnashuvlar sababli oʻzlarining halok boʻlgan yaqinlari jasadlarini xarobalar ostidan tortib olishga qiynalmoqdalar, chiqarib olganlarini esa bogʻlarga koʻmishga majbur boʻlyaptilar.

Darvoqe, bu xalqaro koalitsiya kuchlari oʻzining uch kun avval, yaʼni 22 iyul juma kuni Manbaj shahrida sodir etgan va 50dan ziyod suriyalik fuqaro nobud boʻlgan havo hujumlarini tan oldi. Biroq uning tan olishi yaqinlaridan judo boʻlganlar alamiga, yaradorlar yarasiga malham boʻladimi?! Xatoni tan olish fazilat, deb kim aytdi?! Aksincha, bu jinoyat hisoblanadi, jinoyat boʻlganda ham eng ogʻir jinoyatdir!! Bu ushbu kuchlarning shu yillar mobaynida Suriyadagi ahlimizga tottirgan son-sanoqsiz azob-uqubatlariga, jumladan, qashshoqlik, repressiya, qamal, quvgʻin… va boshqa jinoyatlariga qoʻshimcha jinoyatdir. U yerda kim tirik qolishga muvaffaq boʻlsa, ochlikdan oʻlmoqda, kim qochishga urinsa, uni dengiz toʻlqinlari yutib ketmoqda yoki oddiy insoniy resurslar ham yetishmaydigan, inson yashab boʻlmaydigan qochqinlar lagerining qurboniga aylanmoqda.

Dunyo davlatlari uchun musulmonlar qoni shu darajada qadrsiz boʻlib qoldimi?! Hatto qotil musulmonlarni ochiq-oshkora oʻldirib aybi tekshirilishi uchun oʻzini tergovga topshirmoqda, aybini tan olmoqda va aybi qoralanishini hamda rad etilishini talab qilmoqda!! Yosh goʻdaklarimiz, ayollarimiz va qariyalarimizga nisbatan amalga oshirilayotgan bunday jinoyatlarga qarshi musulmonlarning hukmdorlari nima qildi?! Qachongacha ular oʻz harbiy bazalarini koalitsiya kuchlariga lang ochib berishlari va bu kuchlar yurtlarimizda hech bir nazoratsiz bemalol izgʻib yurishlari davom etadi?! Yuz bergan qirgʻinlarga qarshi mehmonxonalarda yastanib yotgan muxolafatchilar nima qildi?! Nahotki, hali ham ular dunyodagi birinchi raqamli terrorist boʻlgan AQSh yetakchiligidagi muzokaralardan umid qilishayotgan boʻlsa?!!

Ey yirik davlatlardan Suriya boʻhronini tezroq hal etib berishni soʻragan kimsalar koʻz oʻngizda haqiqat fosh boʻlib, qurbonlar kimu, qassoblar kimligini bildingizmi?!! Faqat oʻz manfaatini qoʻlga kiritishdan boshqa maqsadi boʻlmagan, Islom va musulmonlarni yoʻq qilish birlamchi masalasi hisoblangan mustamlakachi davlatdan hali ham najot kutmoqdasizmi?!!

Oʻz Ummati masalasiga qaygʻuradigan ongli xolis kishi yaxshilik va xaloskorlikni faqatgina oʻz shariatidan hamda Alloh tanlab bergan Islomdan umid qiladi. Zero, Allohning nazdida butun dunyoning zavolga yuz tutishi bitta musulmon qonining nohaq toʻkilishidan yengildir.

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi

Manzil: al­Mazraa – “Kolumbia Tsentr” – blok b – ikkinchi qavat

Bayrut-Livan

Pochta qutisi 14­5010

telefon: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.