Turkiya va uning qoʻshnilar bilan aloqasi

914
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Savolga javob

Turkiya va uning qoʻshnilar bilan aloqasi

Savol: Turkiya bosh vaziri 2016 yil 13 iyulda Turkiya Suriya bilan normal aloqalarini qayta tiklaydi, dedi. “Zamon-arabiy” 2016 yil 13 iyulda quyidagilarni nashr qildi: “Turkiya bosh vaziri Benali Yildirim Turkiya Suriya bilan normal aloqalarini qayta tiklaydi, deb bildirdi”… Turkiyaning Suriyaga nisbatan siyosatida tasodifan ziddiyatdan ziddiyatga oʻzgarishning yuz berishi ortidagi sabab nima? U Turkiya bilan Suriya oʻrtasidagi sulhmi? Yoki Turkiya siyosatiga taʼsir qiladigan Amerika siyosatimi? Alloh sizga yaxshilikni mukofot qilsin.

Javob: Savoldagi mazkur masalalarga javob tiniq boʻlishi uchun quyidagi ishlarni koʻrib chiqamiz:

Birinchi: Dovudoʻgʻli isteʼfoga chiqib Benali Yildirim bosh vazirlik mansabini egallaganidan keyin Turkiya-Rossiya yarashuvi haqida gapirila boshlandi. Bu haqda “Turkiya post”da 2016 yil 4 iyunda keldi. Yaʼni prezident Erdogan 2016 yil 22 mayda Benali Yildirimga bosh vazir mansabini taklif qilganidan oʻn kuncha keyin Yildirim “Yangi hukumat Rossiya bilan aloqalarni normallashtirishga harakatni davom ettiradi va Eron bilan hamkorlikni kuchaytiradi” deb bildirdi. Programma matnida quyidagilar keldi: “Turkiya Rossiya bilan aloqalarni dialog orqali normallashtirish sari harakatni davom ettiradi”. Ana shundan keyin 2016 yil iyun oyi oʻrtasida bogʻlanishlar tezlashdi. Shundan soʻng ishlar eʼtiborni tortadigan tarzda tezlashib va chalkash bayonotlar berilib shubhali, gʻalati ravishda ochila boshladi! Bu quyidagicha boʻldi:

Eʼtiborni tortadigan tarzda tezlashganiga kelsak, Turkiya pozitsiyasi – savolda kelganidek – ziddiyatdan ziddiyatga oʻzgardi. Bu ochiqdan-ochiq boʻldi:
a) Rus samolyoti havo boʻshligʻini buzib oʻtgani uchun uzr soʻrashga arzimasligini aytib kelayotgan Turkiya 2016 yil 27 iyunda uzr soʻradi: “Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov “Turk prezidenti halok boʻlgan rus uchuvchisi oilasiga oʻzining qizgʻin hamdardligini va taʼziyasini bildirdi hamda uzr soʻradi” dedi. U qoʻshimcha qilib Erdoganning “Turkiya bilan Rossiya oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstona aloqalarni oʻnglash uchun bor kuchini sarflashini” aytganini koʻrsatib oʻtdi”. (Arabiyya 2016 yil 27 iyun).

b) Suriya ahlini, xususan Turkman togʻini bombardimon qilayotgan Putin dushman boʻlgan edi, hozir esa u bilan soʻzlashuv doʻstona muhitdagi soʻzlashuvga aylanib qoldi! Chunki Erdogan 2016 yil 29 iyunda Putin bilan telefon orqali bogʻlandi: “Turkiya prezidenti apparatidagi manbalarga koʻra telefon orqali soʻzlashuv gʻoyatda doʻstona vaziyatda boʻlib oʻtdi”. (Arabiy Jadid 2016 yil 29 iyun)…

v) Turkiya Rossiya bilan Suriyadagi qurolli harakatlarni sinflarga kiritish toʻgʻrisida kelisholmay kelayotgan edi. Hozir esa bu ikki davlat kelishib, oʻzaro uygʻun harakat qiladigan boʻldi “… Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrovning Turkiya tashqi ishlar vaziri bilan Sochida 2016 yil 1 iyulda boʻlgan uchrashuvi chogʻida Suriya mavzusi ikkala mamlakat oʻzaro kelishib olgan eng muhim mavzu boʻldi. Ikkala mamlakat terrorizmga qarshi kurashga oʻzaro kelishib oldi. Rus tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Moskva bilan Anqara oʻrtasida Suriyadagi terrorchilarni sinflarga ajratish toʻgʻrisida kelishmovchiliklar boʻlishini rad etib, terrorizmga qarshi urush sohasida ikki tomon oʻrtasidagi hamkorlik qayta boshlanishini taʼkidladi”. (Rusiyal Yavm 2016 yil 1 iyul).

Turkiyaning Suriyadagi “terrorchi jamoatlar”ni sinflarga ajratish toʻgʻrisida Rossiya bilan kelishganligi eʼtiborni tortadigan yana bir masaladir. Chunki Turkiyaning bir necha yillardan beri eʼlon qilib kelayotgan pozitsiyasi Suriya oppozitsiyasini qoʻllab-quvvatlash edi. Mana bu kelishuv esa ilgargidan butunlay boshqa boʻlgan bir yangi mavzudir.

g) Rus prezidenti Putin bilan Erdogan oʻrtasidagi uchrashuv oʻtkazilishi tezlashgani. Bu uchrashuvni 2016 yil sentyabrda Xitoyda oʻtkazishga qaror qilingan edi. Turk tashqi ishlar vaziri ikki prezident oʻrtasidagi bu uchrashuvning ertaroq, avgust oyida Rossiyada oʻtkazilishini eʼlon qildi. “Interfaks agentligi turk tashqi ishlar vazirining rus prezidenti Putin bilan turk prezidenti Rajab Toyyib Erdogan avgust oyida Sochida uchrashadi, degan gapini keltirdi. Oʻz navbatida rus tashqi ishlar vaziri: rus va turk armiyalari oʻrtasida Suriya borasida bogʻlanishlar olib borilishini umid qilamiz – dedi”. (Arabiyya net 2016 yil 2 iyul)…

d) “Rus prezidenti Putin oʻzining turk hamkasbi bilan telefon orqali bogʻlanganidan keyin Turkiyadan turizm sohasidagi jazo choralarini olib tashlash toʻgʻrisida koʻrsatma berdi va ikki mamlakat oʻrtasidagi normal savdo aloqalarini tiklashni buyurdi. Putin bosh vazir Dmitriy Medvedevdan aloqalarni normallashtirishga asos boʻladigan zarur qonuniy tuzatishlar toʻgʻrisida takliflarni tayyorlashni talab qildi”. (Rusiyal Yavm 2016 yil 11 iyul).

Bayonotdagi chalkashlik-noaniqlikka kelsak, u quyidagicha boʻldi:
a) Turk tashqi ishlar vaziri 2016 yil 4 iyulda oʻzining mamlakati Rossiyaning “Suriyadagi terrorchilarni” bombardimon qilish uchun Adanadagi “Injirlik” harbiy havo bazasidan foydalanishiga monelik qilmasligini bildirdi. Ana shundan keyin Turkiyaning buni inkor qilishi noaniq boʻldi: “Rus samolyotlari injirlik havo bazasidan foydalanishi mumkinmi? – degan savolga javob berar ekan turk tashqi ishlar vaziri “Rus samolyotlarining bu bazaga kelishiga ishora qiladigan hech qanday sharhni aytolmayman” dedi”. (Al-Jazira net 2016 yil 4 iyul).

b) “Turk bosh vaziri Benali Yildirim oʻzining mamlakati Rossiyaga “Su-24 “rus harbiy samolyotini urib tushirish oqibatida yetkazilgan zararni toʻlashga tayyor ekanini bildirdi. Maʼlumki turk prezidenti Rajab Toyyib Erdogan bu hodisa borasida oʻzining rus hamkasbi Putindan uzr soʻragan va Rossiya bilan Turkiya oʻrtasidagi ilgarigi aloqalarni qayta tiklashga chaqirgan edi”. (Gʻod 2016 yil 28 iyun). Shundan keyin bu inkor qilindi, “Ayni vaqtda turk bosh vaziri Benali Yildirim ana shu hodisa uchun Rossiyaga kompensatsiya toʻlash haqidagi bayonotlaridan qaytdi. Axborot vositalari Yildirimning “Rossiyaga kompensatsiya toʻlash muhokamaga qoʻyilgani yoʻq” degan gapini tarqatdi. Bu haqda xabar Yildirim oʻzining bir telemuloqotida “Anqara ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarga putur yetkazgan ana shu hodisa uchun kompensatsiyani taklif qilishga tayyor” deb aytganidan keyin keldi. (Bi-Bi-Si 2016 yil 28 iyun). Shundan keyin kompensatsiya toʻlashga oʻxshagan narsa boʻldi, “Turkiyaning “Kemer” kurorti meri halok boʻlgan uchuvchi oilasiga bir kvartira berishni taklif qildi, u buni Antaliya shahrida juma kuni rus bosh konsuli bilan boʻlgan uchrashuv chogʻida taklif qildi”. (Rusiyal Yavm 2016 yil 1 iyul)…

Ikkinchidan: Bularning barchasi haqida atroflicha fikr yuritish bilan bu ishlarning barchasi ortidagi sababni tushunib olish mumkin… Bu shoshma-shosharlik va chalkashlik-noaniqlik buning mahalliy ish yuritish emasligini koʻrsatib turibdi. Aks holda bunday gʻalati tezlik bilan ziddiyatdan ziddiyatga oʻtish boʻlmagan boʻlardi. Aksincha bu shoshma-shosharlik va noaniqlik bu yerda xorijdan bir buyruq borligini koʻrsatib turibdi. Ana shu buyruq bergan amalga oshirmoqchi boʻlayotgan bir manfaat uchun bu buyruq bajarilishi shart… Ammo buyruq berayotgan kim va ana shu manfaat nimadan iborat? U Amerikadir, manfaat esa Suriya rejimi bilan ilmoniy siyosiy yechimga kelishishdir. Buni koʻrsatib turgan dalillardan baʼzisi quyidagilar:

Amerika Suriya rejimini qoʻllashda va qoʻzgʻolonchilarni bu rejim bilan muzokara olib borishga majbur qilishda bor kuchini sarfladi. Amerikaning maqsadi amal qilinadigan ilmoniy asosda bu rejim bilan sherikchilik qiladigan boshqaruvni tuzishdir. Amerika bunga Eron, uning hizbi va qurolli toʻdalari orqali urindi. Lekin bu urinishi barbod boʻldi. Shundan keyin Amerika bunga Rossiya, uning raketalari, bombardimonchi samolyotlari, harbiy kemalari orqali urindi. Lekin bu urinishi ham barbod boʻldi. Amerika bunga Saudiya orqali ham urinib baʼzi qurolli guruhlarni oʻz tarkibiga olgan bir muzokarachi delegatsiyani tuzdi. Shunga qaramay bu urinishlari muvaffaqiyat qozonmadi… Hozir esa Amerika oʻzining yuqorida aytilgan yugurdak qurollari muvaffaqiyatsizlikka uchragan narsada Turkiya muvaffaqiyatli rol oʻynashi mumkin, deb xayol qilmoqda.
Turkiya bilan Rossiyaning oʻzaro yarashuvidagi eng koʻzga koʻringan shior Suriyadir. Chunki ikkala tomon oʻzlarining yangi uchrashuvlari va bogʻlanishlarida Suriya krizisi uchun yechim topish zarurligini qattiq taʼkidlamoqda va “terrorchi jamoatlar” sinfiga kiritishda oʻrtada hech qanday ixtilof yoʻqligini eʼlon qilmoqda. (… Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrovning Turkiya tashqi ishlar vaziri bilan 2016 yil 1 iyulda Sochida uchrashuvi chogʻida Suriya mavzusi ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro yarashuv mavzularining eng muhimi boʻldi. Ikkala vazir terrorizmga qarshi urush qilish zarurligi toʻgʻrisida yakdil fikr bildirishdi, chunki “rus tashqi ishlar vaziri Lavrov Moskva bilan Anqara oʻrtasida Suriyadagi terrorchilarni sinfga ajratish borasida kelishmovchiliklar boʻlishini inkor qilib, ikki mamlakat oʻrtasida terrorizmga qarshi kurash boʻyicha hamkorlik qayta boshlanishini taʼkidladi”), (Rusiyal Yavm 2016 yil 1 iyul). (Rus tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriya krizisini hal qilish boʻyicha Anqara bilan boʻladigan dialog yanada ochiqroq boʻlish bilan ajralib turishi haqida umid bildirdi. Bu dialog rus-turk aloqalari normallashganidan keyin boshlanadi. “Rusiyal Yavm” kanali Lavrovning quyidagi soʻzlarini keltirdi: “Men bu Suriya krizisini yengib oʻtishga oid kuchliroq mushtarak nuqtai nazarlarni qidirib topishda bizga yordam beradi deb umid qilaman…”. Lavrov oʻtgan oyning oxirlarida turk hamkasbi Mavlud Chovushoʻgʻli bilan boʻlgan oxirgi uchrashuviga izoh berar ekan uchrashuv chogʻidagi dialog ochiq tusda boʻlganini koʻrsatib oʻtdi. U “Biz xalqaro xavfsizlik kengashining va Suriyaga yordam koʻrsatuvchi xalqaro guruhning qarorlarini tatbiq etish toʻgʻrisidagi kelishuvlarga erishish uchun yanada ochiqroq tusdagi maslahatlashuvlarni oʻtkazamiz” deb qoʻshimcha qildi). (Nabaʼ Arabiy 2016 yil 12 iyul).
Turkiya doʻstlar tarmogʻini kengaytirajagini, bu tarmoqqa Suriya rejimi ham kirajagini eʼlon qildi. Bu eʼtiborni kuchli tortadigan va Turkiyaning tubanlikka qanchalik chuqur ketganini ochiq koʻrsatib turgan bayonotdir. (Turkiya bosh vaziri Benali Yildirim Suriya krizisini hal qilish mumkin, lekin hamma bu xususda krizis uchun qurbonlar berishi lozim, dedi. Yildirim “Strategik sheriklarimiz va xalqaro koalitsiyadagi sheriklarimiz Suriya jarohatiga malham qoʻyishga harakat qilishlari lozim” deb qoʻshimcha qildi. U Turkiyaning oʻz tevaragidagi xavfsizlik doirasini mustahkamlab kuchaytirishga va doʻstlar tarmogʻini kengaytirishga harakat qilajagini maʼlum qilar ekan, bu toʻgʻrida Turkiyaning hamma bilan, jumladan Rossiya, Iroq, Suriya, Misr, “Isroil”, Qoʻshma Shtatlar va Yevropa ittifoqi davlatlari bilan aloqalarini rivojlantirish harakatlari boʻlayotganini koʻrsatib oʻtdi), (Al-Jazira net 2016 yil 5 iyul)… Mujmal-noaniq boʻlgan bayonotdan keyin 2016 yil 13 iyunda Suriya rejimi bilan normal aloqa oʻrnatishga nisbatan aniq, tiniq bayonot berildi. Chunki zamon-arabiy 2016 yil 13 iyunda quyidagilarni yozdi: (Turk bosh vaziri Benali Yildirim Turkiya Suriya bilan normal aloqalarni qayta tiklaydi, deb bildirdi). Bu xabarni boshqa axborot vositalari, jumladan Reyter va Arabiyya ham tarqatdi…
Uchinchidan: Amerika Turkiyaning hozirgi rolidan foydalanib Suriya oppozitsiyasiga kuchli bosim oʻtkazib uni Jeneva yoʻnalishiga va tinch yechimga qaytishga majbur qilmoqchi. Bu reja ichida oppozitsiyani Suriyada “dushmanlik amaliyotlari”ni toʻxtatish toʻgʻrisida 2016 yil 27 fevraldagi rus-Amerika eʼloniga amal qilishga majburlash ham bor… Suriya oppozitsiyasi agar muzokara yoʻnalishiga qoʻshilishni rad etadigan boʻlsa, bu oppozitsiyadan voz kechish toʻgʻrisida tahdid qilish ham bor. Amerika bu tahdidni turk-rus hamkorligini koʻrsatish orqali qilmoqchi. (Rus tashqi ishlar vaziri: biz rus va turk armiyalari oʻrtasida Suriya borasida bogʻlanishlar borishini umid qilamiz), (Arabiyya net 2016 yil 2 iyul)… Turkiya endilikda ruslarning Suriyaga aralashuviga qarshilik qilmaydigan boʻldi. Chunki Turkiya terrorchilik hujumlariga uchramoqda. Shuning uchun Suriya oppozitsiyasi “terrorchi jamoatlar”ga qarshi Amerika, Rossiya, Turkiya istayotgandek kurashishga shoʻngʻimogʻi lozim. Turkiyaning bu tahdidi oppozitsiyaning ana shu qismiga taʼsir qiladi. Chunki oppozitsiyaning bu qismi Turkiyadan hamon yordamni umid qilmoqda, Erdogan ikkinchi Hamaga aslo yoʻl qoʻymaydi, deb ishonmoqda va Turkiya bilan bogʻlanish aloqalarini davom ettirmoqda. Shuning uchun Amerika mana shu jamoatlarning rejim bilan muzokaralarga tortilishini umid qilmoqda… Turkiyaning Davlat tashkiloti terroriga qarshi urush qilayotganini bahona qilib siyosiy vositalar bilan bosim oʻtkazishdan harbiy vositalarga oʻtishi ham ehtimoldan uzoq emas. Chunki Davlat tashkiloti boshqa qurolli oppozitsiyadan ajratilmayapti. Yaʼni Turkiya ham Rossiya oppozitsiyani bombardimon qilishda foydalanayotgan bahonaning oʻzidan foydalanadi! Rus tashqi ishlar vazirining rus va turk aramiyalari oʻrtasida bogʻlanishlar boʻlishi haqida aytgan soʻzlari mana shu ehtimolga dalolat qilib turibdi…

Toʻrtinchidan: Obama oʻzining demokrat oʻtmishdoshi Klinton harakat qilgandek harakat qilmoqchi. Chunki Klinton oʻz prezidentligining oxirgi yilida Falastin Ozodlik tashkilotini va yahudiylarni Falastin masalasini uzil-kesil hal qilish boʻyicha muzokara yechimiga toʻplash uchun bor kuchini sarflagan edi. Klintonning bu urinishi muvaffaqiyatsiz chiqqan boʻlsa-da lekin u Abu Ammorni va Yohud Barakni bir yerga toʻplashga muvaffaq boʻlgan edi… Hozir esa Obama Suriya oppozitsiyasini va rejimni shu rejim bilan muzokara yechimiga toʻplash uchun bor kuchini sarflayapti. Bu bilan Obama oʻzining prezidentligining oxirgi yilida tilga olishga arziydigan ishni qilganini aytmoqchi. Faqat Klintonning urinishi bilan Obamaning urinishi oʻrtasidagi farq shuki, Klintonning harakat kuchi uning malaylari oldida koʻringan boʻlsa, Obama oʻzining malaylari va yugurdaklari yordamida harakat qilyapti va uning harakatlari shu malaylar ortida yashirindir! Shuning uchun Amerika Obama davrida koʻproq tobelarga suyanishni koʻrsatmoqda. Chunki Amerika Eron va uning toʻdalariga suyandi, Erondan keyin Rossiyaga suyandi. Suriyada yana bosh berk koʻchaga kirib qolgan paytda esa Amerika Erdoganga Rossiya bilan yarashishni buyurdi. Bundan maqsadi Rossiyani ruhlantirish va uning Suriyadagi qoʻzgʻolonchilarni bombardimon qilishini osonlashtirishdir. Amerika shu orqali qoʻzgʻolonchilarga bosim oʻtkazib ularni rejim bilan muzokara olib borishga majbur qilmoqchi.

Beshinchidan: Shunday qilib demak Turkiyaning Rossiya bilan yarashish sari otilishi, uning Suriya borasida tobora keskin burilishi va Asad rejimi bilan muzokaralar yoʻlini ochishi Amerikaning Suriyadagi vaziyatga oid siyosatini shoshilinch bajarishdir, xolos. Bundan boshqa narsa emas. Chunki Eron va ruslarning Suriyaga boʻlgan aralashuvi bosh berk koʻchaga kirib qolganidan keyin Amerika Turkiyani Eron va Rossiya tomon otishga shoshildi. Amerika shu orqali oʻzining Suriyadagi nufuzini saqlab qolmoqchi va Suriya qoʻzgʻolonining Islomiy holatiga barham bermoqchi… Turk rejimi haqiqiy basharasining bu suratda ochilib qolganligi va Halabni, uning atrofini, Suriyadagi bir qancha joylarni toʻxtovsiz bombardimon qilayotgan Rossiya bilan hamkorlik qila boshlagani Erdogan va uning rejimiga aldanib adashgan anavi kimsalarning koʻzini ochishi lozim. Ular Erdogan rejimidan aloqani uzib, amerikalik kofirlarning va ularning Turkiya hokimlaridan iborat yugurdak yordamchilari fitnalaridan yiroq turishlari lozim. Chunki bu yugurdaklarning qoʻzgʻolonni qoʻllab-quvvatlash, Hama va Halabga yordam berish haqidagi, Rossiya va boshqa bosqinchilar haqidagi aldamchi bayonotlarining soxtaligi tobora koʻproq ochilib bormoqda… Keyinchalik bu bayonotlarni “shamol”lar qurigan xas-xashakdek uchirib ketdi va bu bayonotlar sohibi ularga qarshi turadigan boʻldi! Bugina emas balki bu bayonotlar sohibi Aqso sharifni va muborak Yerning boshqa joylarini bosib olgan bosqinchi yahud vujudi bilan doʻstona aloqada boʻladigan boʻldi: (Anqara, Quds Reyter – Turkiya va Isroil seshanba kuni olti yil davomida uzilib qolgan oʻzaro aloqalarni qayta tiklash kelishuvini imzoladi. Turkiya bilan Isroil oʻrtasidagi aloqalar Isroil dengiz kuchlari askarlari Gʻazo sektoriga qarshi joriy qilingan qamalni 2010 yil mayda sindirishga uringan turk faollari tushgan kemaga hujum qilganidan keyin uzilib qolgan edi. Ana shu hujum oqibatida oʻsha faollardan oʻn kishi oʻldirilgan edi… Imzolangan kelishuv boʻyicha Gʻazo sektoriga qarshi joriy qilingan dengiz qamali – Turkiya uni olib tashlashni talab qilganiga qaramay – davom etaveradi, shu bilan birga sektorga insonparvarlik yordamlarini yetkazib berish Isroil portlari orqali davom etishi taʼminlanadi. 2010 yilda Moviy Marmara kemasiga qilingan hujumdan uzr soʻragan Isroil oʻldirilganlarning va jarohatlanganlarning oilalariga 20 million dollar toʻlashga rozilik berdi. Kelishuvda turk parlamentining ana shu hujumda ishtirok etgan isroillik askarlarning jazodan ozod etadigan qonunni tasdiqlashi ham talab etiladi”. (Reyter 2016 yil 28 iyun). Demak bu yarashish yahud qoʻygan shartlar asosida boʻldi. Oqibatda Gʻazoni qamal qilishga barham berilmadi. Turkiya falastinliklarni aldash uchun Gʻazoga yordamlar yukini yuborishga rozi boʻldi. Bu yuklar yahudiyning toʻliq nazorati ostidagi Usdud porti orqali yuboriladigan boʻldi. Keyinchalik bu yuklarni Gʻazoga Kerem Abu Solim oʻtish yoʻli orqali avtomashinalarda yuboriladigan boʻldi!

Shunday qilib Falastinni va undagi Aqso masjidini bosib olgan yahud vujudi Erdogan va uning rejimiga doʻstligini yana boshladi. Gʻazo sektorini qamal qilish esa bekor qilinmadi. Aksincha Erdogan rejimi yahud vujudi bilan imzolagan ana shu kelishuvda hatto turk parlamentining oʻsha kema yoʻlovchilarini oʻldirgan yahud askarlarini jazodan – arzimas dolllarlar evaziga – ozod qilish toʻgʻrisida bir qonunni tasdiqlashi ham talab qilindi!!

Shunday qilib Suriyani kechayu kunduz bombardimon qilayotgan Rossiya Turkiya bilan “Suriyada terrorizmga qarshi urush” qilish uchun hamkorlik qiladigan boʻldi!! Ularning oʻrtasidagi dialog “gʻoyatda doʻstona vaziyat”da oʻtadigan boʻlib qoldi!! Bugina emas, balki rus tashqi ishlar vaziri Suriya borasida rus va turk armiyalari oʻrtasida bogʻlanishlar boʻlishini ham talab qiladigan boʻldi!!

Oxirida shuni aytmoqchimizki, biz bu soʻzlarni mana shu malay es-hushi joyiga kelib, pushaymon boʻlib oʻnglanar yoki Sharq yoki Gʻarbga yugurdaklik qilayotgan anavi malaylar, toʻdalar va tobelar Falastinni yoki Suriyani ozod qilishar deb oʻylab aytamayapmiz. Aksincha biz bu soʻzlarni

مَعْذِرَةً إِلَى رَبِّكُمْ وَلَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ

“Parvardigoringizga (qiyomat kunida) uzrimizni aytish uchun va shoyad (ular) Allohdan qoʻrqsalar”

[Aʼrof 164]

degan maqsadda aytyapmiz… Biz bu soʻzlarni

لِمَنْ كَانَ لَهُ قَلْبٌ أَوْ أَلْقَى السَّمْعَ وَهُوَ شَهِيدٌ

“Albatta bunda (ogoh) qalb egasi boʻlgan yoki oʻzi hozir boʻlgan holda (yaʼni sidqidildan) quloq tutgan kishi uchun” [Qof 37]

ularni koʻzini ochish va eslatma boʻlishi uchun aytyapmiz.

Falastinni yoki Suriyani esa

رِجَالٌ لَا تُلْهِيهِمْ تِجَارَةٌ وَلَا بَيْعٌ عَنْ ذِكْرِ اللَّهِ

“Na tijorat va na oldi-sotdi Allohni zikr qilishdan, mashgʻul qila olmaydigan kishilar” [Nur 37]

ozod qiladi. U Alloh izni bilan albatta ozod boʻladi.

وَلَتَعْلَمُنَّ نَبَأَهُ بَعْدَ حِينٍ

“Albatta sizlar uning xabarni (ozgina) vaqtdan soʻng bilib olursizlar” [Sod 88]

9 shavvol 1437h

14 iyul 2016m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.