Rus samolyotini kim urib tushirganligi yana dolzarb mavzuga aylandi

354
0

Rus samolyotini kim urib tushirganligi yana dolzarb mavzuga aylandi

Turkiyada muvaffaqiyatsizlikka uchragan harbiy davlat toʻntarishi ortidan oʻtgan 24- noyabda urib tushirilgan Rossiya samolyotini kim urib tushirganligi haqidagi savollar oʻtkir siyosatchilar oʻrtasida yana muhokama qilina boshlandi. Rossiyalik siyosiy tahlilchilar ijtimoiy tarmoq sahifasida Turkiyadagi davlat toʻntarishiga boʻlgan urinishni izohlar ekan, “24 noyabrda Rossiya harbiy samolyotining urib tushirilishidan Erdugʻon bexabar boʻlishi mumkin”, degan daʼvoni oʻrtaga qoʻyishdi.

 “Bu kuchlar Erdogʻandan bexabar Rossiya harbiy samolyotini urib tushirgan boʻlishi mumkin. Men 6 iyunda tashkil qilingan teledasturda ham bu haqida aytgan edim” deydi mazkur hodisani baholagan Rossiyaning Yaqin Sharq boʻyicha mutaxassislaridan biri Nadana Fridrixson.

Rossiyaning Janubiy Kavkaz boʻyicha eksperti Andrey Yepifantsev ham shunga oʻxshash fikrni olgʻa surdi.

“Ankara shahar hokimi Melih Goʻkchek 2015yil 24 Noyabrda rus samolyotini urib tushirgan F16ning uchuvchisi xuntachilardan biri ekanligini aytdi. Bu daʼvo toʻgʻri boʻlishi mumkin. Rossiya bilan munosabatlar yaxshilangach, qoʻrquvga tushib, jazodan qutulish uchun davlat toʻntarishga harakat qilgan boʻlishi mumkin”, dedi Yepifantsev.

Rossiyalik jurnalist va Yaqin Sharq boʻyicha mutaxassis Maksim Shevchenko ham davlat toʻntarishga urinish Qoʻshma Shtatlarda sahnalashtirilganligini daʼvo qilib, “Rossiyaning harbiy samolyoti Erdogʻandan xabarsiz urib tushirildi, degan daʼvo haqiqat boʻlishi mumkin” deya qoʻshimcha qildi.

Masalaning eʼtiborli joyi shundaki, Hizb ut-Tahrir amiri ulugʻ olim Shayx Ato bin Abu Rashta bundan qariyib 8 oy muqaddam, yaʼni samolyot urib tushirilishi bilanoq mazkur hodisaga aniq-tiniq baho bergan edi. Rossiyalik siyosiy mutaxassislar esa “Hechdan koʻra kech” deganlaridek, bugunga kelib tushuna boshlashdi. Oʻshanda shayx Abu Rashta hodisa yuzasidan berilgan savolga “Rossiya samolyoti Turkiya hukumatining buyrugʻi bilan urib tushirilmadi, balki Turkiya armiyasi safidagi ayrim qoʻmondonlarning buyrugʻi bilan urib tushirildi”, deb javob bergan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.