Nazarboyev: Qozog‘istonda ayollar ham prezident bo‘lishi mumkin

422
0

Qozog‘iston bosh vazirining yordamchisi sifatida qizini tayinlagan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatda davlat boshqaruviga loyiq iste‘dodli ayollar ham borligini bildirdi.

Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi bosh Assambleyasida jurnalistlarning savollariga javob bergan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonda mamlakatni boshqarishga iqtidorli ayollar ham mavjudligini ta‘kidladi. Farid Zakaria ismli jurnalistning “Siz davlat bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga ayol kishini tayinladingiz. Sizningcha, vaqti kelganda bir siyosatchi ayol Qozog‘istonda davlat rahbari bo‘lishi ham mumkinmi?”, degan savoliga Nazarboyev “Nima uchun mumkin bo‘lmasin? Albatta bo‘lishi mumkin. Qozog‘iston aholisining 51 foizini ayollar tashkil qiladi. Deputatlarning 30 foizi ayollardan iborat. Bir necha ayol vazirlarimiz bor. Shunga ko‘ra bu mumkindir. Chunki yetarli darajada tayyor ayol kadrlarimiz bor”, deb javob berdi.

Shuningdek, Qozog‘iston rahbari “Mening uch qizim bor, shuning uchun men ayollarga o‘zgacha muayyan nuqtai nazar bilan boqaman”, deya qo‘shimcha qildi.

Ayni paytda Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari sifatida xizmat yuritayotgan prezident Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Darig‘a Nazarboyeva otasining merosxo‘ri sifatida ko‘riladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.