Ramazon barcha fasodning sababchisi bo‘lmish demokratiyani yo‘q qilishni va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo qilishni talab qiladi

413
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Ramazon barcha fasodning sababchisi bo‘lmish demokratiyani yo‘q qilishni va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo qilishni talab qiladi

Qur‘oni Karim nozil bo‘lgan Ramazoni sharif Alloh Subhanahu va Taolodan savoblar talab qilish fursatidir. Zero, bu oyda ajrlar ikki barobar qilib ko‘paytirib beriladi. Ummat bu oyda Alloh Subhanahu va Taolodan qo‘rqqan siyosiy va harbiy rahbariyat davrida buyuk g‘alabalarni qo‘lga kiritgan. Chunki ushbu siyosiy va harbiy rahbariyat yo‘lda to‘siq va mashaqqatlar uchrashiga qaramasdan, Alloh Azza va Jallaga xolis bo‘lgan rahbariyat edi. Alloh Subhanahu va Taolo aytadi:

إِنَّا أَنْزَلْنَا إِلَيْكَ الْكِتَابَ بِالْحَقِّ لِتَحْكُمَ بَيْنَ النَّاسِ بِمَا أَرَاكَ اللَّهُ

“Albatta, Biz sizga ushbu Haq Kitobni (Qur‘onni) odamlar orasida Alloh qo‘rsatgan yo‘l bilan hukm etishingiz uchun nozil qildik”    [Niso 105]

Shunday bo‘lsa-da, bugun Ramazon Alloh Subhanahu va Taoloni rozi qiladigan ishlardan ancha uzoqda. Ummat tepasidagi zolim siyosiy va harbiy rahbariyat uni ezib yubordi. Bu rahbariyat Alloh Subhanahu va Taolodan qo‘rqmaydi, Alloh nozil qilgan ahkomlarni tatbiq qilmaydi, faqat o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini o‘ylaydi. Uning moliyaviy korruptsiyalari shu darajada ko‘payib ketganki, o‘nlab yillardan beri yashirin-ofshor kanallar mavjud bo‘lishiga qaramay, butun dunyo ko‘z o‘ngidan bularni yashirishni uddalolmay qoldi. Haqiqatdan ham, bugungi tuzum tatbiq etilaverar ekan, xoh hukmdorlar, xoh muxolafat, xoh siyosiy va harbiy rahbariyat tomonidan tatbiq etilsin, moliyaviy korruptsiya muqarrar davom etaveradi, bunday tuzum ostida undan qochib qutulib bo‘lmaydi. Chunki demokratiya nafs-havo va istaklar tuzumidir. Shu tuzum yordamida hokimiyatdagilar qonunlarni o‘zlarining va g‘arblik xo‘jayinlarining manfaatiga muvofiq ravishda ishlab chiqishadi, Alloh Subhanahu va Taoloning farmonlarini esa ortlariga uloqtirib tashlashadi. Alloh Subhanahu va Taolo aytadi:

﴿وَأَنِ احْكُمْ بَيْنَهُمْ بِمَا أَنْزَلَ اللَّهُ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَاءَهُمْ وَاحْذَرْهُمْ أَنْ يَفْتِنُوكَ عَنْ بَعْضِ مَا أَنْزَلَ اللَّهُ إِلَيْكَ﴾

“Ular o‘rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling. Ularning havoyi nafslariga ergashmang va Alloh Sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan Sizni (burib) fitnaga solib qo‘yishlaridan ehtiyot bo‘ling”            [ Moida 49]

Ma‘lumki, bugungi armiya qo‘mondonlari va siyosiy rahbarlarning Ummat boyliklarini o‘zlashtirib olishayotganiga hamda Ummatni juda yomon ahvolda yordamsiz tashlab qo‘yib, qashshoqlashtirishganiga birdan-bir sabab mana shu demokratiyadir. Islomiy yurtlar – Suriya, Falastin, Kashmir kabi – ulkan boylik resurslariga mo‘l bo‘lishiga qaramay, yo agressiya qilingan yurtlar sirasiga kirib qoldi yoki qirg‘inbarot urush sahnasiga aylandi. Vaholanki, bu yurtlar jamlansa dunyodagi eng qudratli qurolli kuchga aylanadilar. Bundan tashqari, demokratiya buyuk dinimizni hayotdan ajratuvchi ilmoniylik aqidasiga asoslanadi. Iqtisodiy krizisdan tortib, xorijiy davlatlarga qaram qilib qo‘yish kabi barcha turdagi fasodni keltirib chiqargan ham mana shu ilmoniy aqidadir. Shuning uchun biror kishi hali ham demokratiyaga umid ko‘zi bilan qarayotgan bo‘lsa, bu umidi bilan ma‘qullanmaydigan kimsa hisoblanadi.

Ey Pokistondagi musulmonlar!

Moliyaviy va boshqa turdagi barcha korruptsiyani yo‘q qilish demokratiyani yo‘q qilishni talab qiladi va o‘rniga Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo qilishni taqozo etadi. Buning uchun esa hayotimizni o‘zgartirish, hayot yo‘li va davlat dasturi sifatida Islomni qayta tiklash uchun barchamiz Hizb ut-Tahrir bilan birga harakat qilishimiz lozim. Hizb ut-Tahrir Xalifalik davlati uchun mukammal rejani hamda 91 moddadan iborat dasturni allaqachon tayyorlab qo‘ygan. Qur‘on va sunnatga tayanilgan ushbu reja va dastur iqtisod nizomidan tortib, ta‘lim siyosati… kabi barcha sohani o‘z ichiga oladi. Shuningdek, Hizb ut-Tahrir erkak va ayollardan iborat kuchli siyosatchilar qo‘shinini ham hozirlab qo‘ygan. Ular zolimlarga qarshi fikriy va siyosiy jihod olib borib, bu yo‘lda Alloh Subhanahu va Taolodan o‘zga hech kimdan qo‘rqmaydilar, karami keng, qudrati ulug‘ Allohning va‘dasiga chuqur ishonadilar, Rosululloh ning ushbu xushxabarlaridan xursand bo‘ladilar:

“ثُمَّ تَكُونُ مُلْكًا جَبْرِيَّةً فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ تَكُونَ ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ ثُمَّ سَكَتَ”

“… So‘ng zolim-zo‘ravon podshohlik bo‘ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So‘ng Alloh O‘zi xohlaganda uni ko‘taradi. So‘ng payg‘ambarlik minhoji asosida Xalifalik bo‘ladi Keyin Payg‘ambar  sukutga cho‘mdilar”.

Ey Pokiston qurolli kuchlari safidagi musulmon zobitlar!

Bugun butun dunyo bo‘ylab Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni talab qilayotgan, shunga da‘vat qilayotgan kuchli harakatni o‘z ko‘zingiz ko‘rib turibsiz. Ummat o‘ziga qarshi g‘arblik mustamlakachilar til biriktiruvlariga parvo qilmay, Islom uchun o‘zini qurbon qilmoqda. Shuningdek, Rahil-Navoz rejimining ushbu roshid Xalifalikni barpo qilishga harakat qilayotgan shijoatli Hizb ut-Tahrir a‘zolarini repressiya qilayotganini ham guvohi bo‘lib turibsiz. Chunki bu rejim ulardan qo‘rqadi, ularni o‘z g‘oyalariga yetishish arafasida turganlari uchun ham qo‘rqadi. Shunday ekan, siz ushbu surunkali kurashning salbiy tomoshabini bo‘lib qolaverishni bas qiling. Chunki bu yurtda, boshqa islomiy yurtlarimizda bo‘lgani kabi, haqiqiy o‘zgarish paydo qila oladigan yagona qudrat siz qurolli kuchlar ekaningiz oydek ravshan. Aynan sizning sukutingiz, qo‘l qovushtirib turishingiz sababli o‘nlab yillardan beri zolim rejimlardagi o‘zgarish faqat ularning basharalari bo‘lmoqda, xolos. Demokratiya esa o‘sha-o‘sha saqlanib qolmoqda. Mana shu demokratiya rahbarlaringiz korruptsiyasini hanuz himoya qilmoqda. Chunki bu xoin rahbarlaringiz inson tomonidan o‘ylab topilgan demokratik va diktator hukumatlarni sizning buyuk qudratingizdan foydalanib himoya qilishmoqda. Qudrat va saltanatingizdan shu tarzda foydalanishlariga qanday chidab turibsiz. Axir, siz yurtni va uning fuqarolarini himoya qilish uchun Alloh Subhanahu va Taolo nomi bilan qasamyod qilgansizku?!

Alloh Subhanahu va Taolo zimmangizga yuklagan farzni qanday qilib e‘tiborsiz tashlab qo‘yyapsiz. Axir, Rosululloh  o‘zlari qattiq azob-uqubatlarga duch kelishlariga qaramay, Islom davlatini barpo qilish tariqatini belgilab berdilar va bu harbiy er kishilardan nusrat-yordam olish tariqati bo‘lib qoldi?! O‘shanda Rosululloh  ajdodlaringiz bilan shaxsan o‘zlari uchrashdilar va ulardan Islomni mukammal suratda darhol tatbiq etish uchun nusrat talab qildilar. Bu nusratga erishgunlariga qadar, Alloh Subhanahu va Taolodan o‘zga hech kimdan qo‘rqmay sabr bilan yo‘lda davom etdilar. Nihoyat, Alloh Azza va Jalla ularga ansoriy lar bilan nusrat berdilar va ular Rosulullohga ikkinchi Aqaba bay‘atini berdilar. Ansoriylar juda ozchilik edilar, ammo shunga qaramay, ular mard va xolis harbiy er kishilari edi.

Shuning uchun Hizb ut-Tahrir qarshingizda turib, davlat arbobi darajasidagi ulug‘ olim shayx Ato ibn Xalil amirligi ostida, yuqorida bayon qilingan tarzda Rosulullohning minhojlari asosida darhol Xalifalikni barpo qilish uchun sizdan nusrat talab qilmoqda. Siz shu yo‘l bilangina bu dunyo ulug‘ligiga va oxirat ne‘matiga noil bo‘lasiz. Binobarin, biz mana shunday ulug‘ oyda Hizbga nusrat berishni har biringizdan talab qilamiz va o‘tmishda Madinai Munavvarada Rosululloh ga nusrat berish bilan Islom davlatini barpo etgan quroldosh ajdodlaringizning ajri azimiga musharraf bo‘lishga chaqiramiz. O‘sha ajri azimga musharraf bo‘lgan ansorlardan biri Sa‘d ibn Muoz  edi. U vafot etganda Rosululloh  uning yig‘layotgan onaizoriga qarab bunday marhamat qildilar:

“لِيَرْقَأْ – لِيَنْقَطِعْ – دَمْعُكِ، وَيَذْهَبْ حُزْنُكِ، فَإنَّ ابْنَكِ أوَّلُ مَنْ ضَحِكَ اللهُ لَهُ وَاهْتَزَّ لَهُ الْعَرْشُ”

“Ko‘z-yoshingizni arting, hech hafa bo‘lmang. Chunki o‘g‘lingiz Alloh unga kulgan va unga Arsh A‘lo ham titragan birinchi insondir”. (Tabaroniy rivoyati).

Hizb ut-Tahrir  Pokiston viloyati

20 sha‘bon 1437h

 27 may 2016m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.