Cherkovga mansub besh ming kishi Islomni qabul qildi

87
0

 Ruanda Oliy islom kengashi tomonidan Ruanda muftiyligiga tayinlangan Shayx Solim Hitimana mamlakatda Islom tezlik bilan yoyilib borayotganini bildirdi.

Biroz avvalroq Ruanda muftiysi sifatida vazifasini boshlagan Hitimana Ruandada 1994 yilda musulmonlarga qarshi sodir etilgan genotsiddan to hozirga qadar musulmonlar holati haqida ommaviy axborot vositalari muxbirlariga intervьyu berdi. Muftiy Hitimananing bildirishicha, Islomni qabul qilayotgan insonlarning soni juda ko‘pligi sababli ularga din ta‘limini beradigan Islomiy markazlar va ta‘lim muassasalari yetarli imkoniyat topa olmayapti.

“Yangi musulmon bo‘layotgan aka-ukalarimiz va opa-singillarimizga afsuski, faqat bir oydan ortiq diniy ta‘lim berishga imkoniyat topa olmayapmiz. Shunchalik ko‘p odamlar musulmon bo‘lyapdiki, biz ulgura olmayapmiz. So‘nggi oylarda mamlakatning sharqida joylashgan bir cherkovga mansub besh ming kishi Islomni qabul qildi. Ammo yetarli imkoniyatlarimiz va joylarimiz bo‘lmaganligi uchun biz ularga o‘rmonlarda va daraxtlar ostida dinimizni o‘rgatyapmiz”, deydi Shayx Solim Hitimana.

Hitimananing ta‘kidlashicha, Ruandadagi rasmiy statistik ma‘lumotlar bo‘yicha Musulmonlarning soni 320 ming atrofida bo‘lishiga qaramay, aslida haqiqiy ko‘rsatkich bundan ancha ko‘pdir. 1994 yilda sodir etilgan genotsiddan keyin nasroniylarning tez sur‘atda Islomni qabul qilayotganligini bildirgan Hitimana musulmonlarning haqiqiy soni rasmiy raqamlardan ancha ko‘pligini qayd etdi. Chunki musulmon bo‘lgandan keyin ularning nomlari o‘zgartirilsa ham rasmiy hujjatlarda sobiq nomi bilan qolaveradi.

“Masalan avval Jozef bo‘lgan kishi Islomni qabul qilgandan so‘ng ismini Yusuf deb o‘zgartirsa ham, biroq rasmiy hujjatlarda birinchi ismi yozilaveradi. Shularni hisobga oladigan bo‘lsak, Ruandada 320 ming emas, 1,5 million musulmonlar yashamoqda”, deydi u.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.