Aktobe hujumlarida “Suriya izi” topildi

401
0

 Qozog‘iston ichki ishlar vaziri Kalmuxanbet Qosimovning ma‘lum qilishicha, Aktobedagi hujumlarni uyushtirgan terrorchilar Suriyadan buyruq olgan.

 “Aktobe hujumlari ishtirokchilari va tashkil etganlarning barchasi qo‘lga olindi yoki yo‘q qilindi. Men bir narsani aniq ayta olaman, ular bir uyga yig‘ilishganda o‘z imomlarining murojaatini eshitishgan, ya‘ni muqaddas jihod o‘tkazish borasida va o‘sha kunning o‘zida buni tashkil etish taklif etilgan”, – dedi Qosimov Ostonada jurnalistlar bilan uchrashuvda.

 Vazirdan imom qayerdan ekanligi haqida so‘ralganda, uning Suriyadan bo‘lishi mumkinligi haqida aytib, tergov oxirida ma‘lum bo‘lishini ta‘kidlagan.

 5 iyunda bir guruh Aktobedagi ikki qurol do‘koni va harbiy qismga hujum qilishgan edi. Natijada uch harbiy va besh fuqaro halok bo‘lgan. 12 iyunda yakunlangan aksilterror operatsiyasi davomida 18 jinoyatchi yo‘q qilingan va 12 nafari qo‘lga olingan. Jinoyatchilar tomonidan qo‘lga kiritilgan barcha qurollar musodara etilgan.

 Turkiston: 

Eng oson, xavotirsiz va hozir dunyoda urfga aylanib borayotgan yo‘l shu. Ya‘ni ochilishi mumkin bo‘lmagan jinoyatlarning hammasi islomiy jamoalar va musulmonlarga to‘nkab ko‘yiladi.

Xuddi shu kabi Andijon voqe‘si, ikki marotaba O‘sh voqe‘asi, O‘zbeklar bilan etnik Turk millati o‘rtalaridagi urushlar…. va Qozog‘istondagi Aktube voqe‘si… Bu hodisalarning hammasi mahalliy hukumatlarning ishtiroki, iflos manfaatlari va tashqi kuchlar bilan hamkorliklari asosida amalga oshirilgan.

E‘tibor berib qaralsa, barcha hodisalar pishib yetilmagan qandaydir yasama isyonchilar tomonidan tushunarsiz, mubham maqsadlar ostida uyushtiriladi. Isyonchilarning haqiqiylari ko‘rsatilmaydi. O‘rniga ba‘zi boshqa odamlar o‘ldirilgan holda tashlab qo‘yiladi. Yoki aldov bilan tuyg‘ulanib ko‘chaga olib chiqilgan oddiy fuqorolar o‘ldirilib yuboriladi (Andijon voqe‘asi singari). Andijon voqe‘asi guvohlarining takidlashiga ko‘ra, mamlakat xavfsizlik xizmati xodimlarining o‘zlari uyma uy yurishib, odamlarni ko‘chaga norozilikka chiqishga qattiq tashviqot ishlarini olib borishgan.

Qozog‘istonda ham, norozilik kayfiyati kuchayib borayotgan bir paytda, birdan qayerdandir islomiy kuchlar kelishib, qurol yaroq do‘konidan qurollar olishib, Nazarboyevga yordam berib yuborishdi. Ha, yordam berib yuborishdi! O‘ndan ortiq bir necha mujohid, butun bir mamlakatga qarshi qurolli urush ochgan emish. Yo‘q, ular Nazarboyevning rejimi uchun, noqulay kuchlarni tozalab olishlariga yaxshigina sharoit yaratib berishdi. Barcha yuqorida keltirilgan, shu kabi uyushtirilgan fitnakashlik qo‘zg‘alonlarning barchasi biror bir noqulay quvvatlarni tozalab olish maqsadida uyushtiriladi.

O‘zbekistondagi Turklar yasalma qo‘zg‘aloni ortidan Turk millati chiqarib yuborildi.

Andijon qo‘zg‘aloni ortidan, Karimov G‘arb dunyoqarashi tarafdorlari olib kirib kelayotgan va uning rejimiga tahdid solayotgan barcha kuchlarni mamlakatdan chiqarib yubordi. Shuningdek barcha tashqi kuchlarga xizmat qiluvchi nodavlat tashkilot va matbuot xizmatlarini ham chiqarib yubordi. Karimov bu kuchlarni musulmonlarga nisbatan olib borilayotgan zulmlarda o‘ziga to‘g‘anoq bo‘adi deb bildi.

2010 yildagi O‘sh voqe‘asi: Qirg‘iz elitasi, Bakiyevni quvib chiqarishda o‘ziga hamkor qilib olgan Qirg‘izistondagi O‘zbek elitasini yo‘q qilib yuborish maqsadida uyushtirildi. Chunki ular O‘zbekiston bilan hamkorlik qila boshlagan edilar.

Aktubedagi voqe‘lik ham, yuqoridagilardan unchalik farq qilmaydi. Bu yerda ham, fikriy norozilik kayfiyati atayin qurolli to‘qnashuvga aylantirib yuborildi. Endi bu qurolli shaxslarga islomiy jangarilik tusi berilib, Nazarboyevning rejimiga fikran qarshi bo‘lgan barcha shaxslar, ya‘ni namoishlarda ko‘zga ko‘ringanlari va boshqalar qamoqqa olinadi. Nazarboyev, avtoritar rejimini kuchaytirib olmasa, uning boshqaruvi ag‘darilish arafasida turipti. U ham, Karimovning rejimi singari qattiqroq bir tuzum yaratib olishga harakat qilyapti. Shuning bilan o‘zini, oila a‘zolarini va rejimini uzoqroq saqlab turmoqchi bo‘lyapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.