Hukumat Islomga qarshi kurashda AQSh chizib bergan yo‘ldan og‘ishmay bormoqda

388
0

 Putin olib borgan mustabid siyosat va Qrimni bosib olinganishi ortidan AQSh boshchiligidagi Yevropa davlatlari qo‘llagan jazo choralari Rossiyani siyosiy va iqtisodiy inqiroz yoqasiga olib kelib qo‘ydi. Buning natijasida Rossiyaning Markaziy Osiyo respublikalari ustidan bo‘lgan ta‘siri zaiflashib ketdi. Vaqtdan unumli foydalangan Amerika esa bu mintaqa ustidan nisbatan boy bergan mavqeyini qayta tiklash harakatiga tushib qoldi.

 O‘z tabiatiga munosib “ayiqcha siyosat” yuritadigan Rossiyadan farqli ravishda AQSh Qirg‘izistonda siyosiy va saqofiy ta‘sir ko‘lamini kengaytirishga asosiy e‘tiborini qaratib kelmoqda. Bu maqsadda AQSh turli konferentsiya va tadbirlar uyushtirish orqali jamiyat ichida Islom va musulmonlarga nisbatan salbiy fikrlarni paydo qilish, musulmonlarni “mo‘‘tadil”, “an‘anaviy”va “radikal”larga bo‘lib tashlash rejasini amalga oshirib kelmoqda. So‘ngi vaqtlarda AQSh homiligidagi turli xil konferentsiya, seminar va tadbirlar o‘tkazib kelayotgani haqida xabarlar tez-tez paydo bo‘lmoqda.

 Shunday seminarlardan navbatdagisi Qirg‘iziston respublikasi Mudofaa vazirligida 11 may kuni Bosh shtab va mudofaa vazirligi bosh boshqarmalari uchun “Islom dalillari bilan radikalizmga qarshi kurash” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

 Seminarda Mudofaa vazirligi va Bosh shtab rahbar va zobitlari, “Iymon” fondi raisi Nurjigit Qodirbekov, Muftiyot attestatsiya komissiyasi raisi Zamir Rakiyev, MXDQ maxsus vakili va mustaqil ekspertlar ishtirok etishdi.

 Seminarda so‘zga chiqqan “Iymon” fondi raisi Qodirbekov harbiylar xizmatchilarni savodxonligi va dindan xabardor bo‘lishi juda muhimligini alohida belgilab o‘tdi.

 “Bugungi kunda biz dunyo qanday o‘zgarib borayotganini ko‘rib turibmiz, terrorizm va ekstremizm borgan sari murakkab ko‘rinish kasb etmoqda. Bunda esa mafkura uchun kurash birinchi planga chiqib qoladi. Biz turli xil diniy oqimlarni taqiq qo‘yishdan voz kechib to‘g‘ri qaror qabul qildik. Dunyo tajribasi taqiq qo‘yilishi o‘z ortidan ularni yashirin faoliyat yuritishga va jamiyatni radikallashuviga olib keladi. Shu sababli aholining barcha qatlami – davlat xizmatchilar, kuch tuzilmalari va hukumatning boshqa vakillarini savodxonligini oshirishga katta ehtiyoj paydo bo‘lmoqda. Ustivor mafkurani aniqlash va uni mahkam ushlash umuhim ahamiyatga ega. Bizda dinni rivojlantirish to‘g‘risida kontsepsiya mavjud. Unda bizning mentalitet va tariximizga yaqin bo‘lgani uchun Hanafiy mazhabining roli aniq belgilab qo‘yilgan”,- dedi Qodirbekov.

 O‘z navbatida attestatsiya komissiyasi raisi Zamir Rakiyev, jamiyatdagi zamonaviy odamlar Islom nomi ostida tahdidli radikal va ekstremistik fiklarni ko‘rishmoqda.

 “Bularning barchasi Islom nomini qora qilib ko‘rsatish uchun jiddiy harakat bilan bog‘liq. Bu kuchlar hech narsadan tab tortishmayapti va Islomni terror va zo‘ravonlik shakli sifatida ko‘rsatish uchun barcha mexanizmlardan foydalanishmoqda. Shu munasabat bilan bugungi voqelikni ko‘rsatib berish uchun o‘quv seminarlari o‘tkazish zarur. Terrorizm, ekstermizm va zo‘rovonlik Islom diniga begona ekanligini barchamiz bilamiz. Islom har doim terror va zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlarini rad qilib kelgan”, dedi Rakiyev.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.