Halabni yordamsiz qoldirganlarga ora ochiqlik e‘loni

418
0

2016 yil 3 may seshanda kuni Hizb ut-Tahrir-Iordaniya viloyati “Halabni yordamsiz qoldirganlarga ora ochiqlik e‘loni” sarlavhali, butun dunyo ko‘z o‘ngida Halabdagi musulmonlar yirtqichlarcha qirg‘in etilayotgani bayon qilingan siyosiy varaqani chop etdi. Hizb bu varaqada bunday vahshiy amaliyotlar oldida jinoyatchilar jinoyatidan, til biriktiruvchilar til biriktiruvidan, muzokarachilar muzokarasidan, sukut qiluvchilar sukutidan, qo‘rqoqlar qo‘rqoqligidan o‘zining pok ekanini e‘lon qildi. Hizb Halabda insoniyat qirg‘in qilinayotganiga va xarobalar ostida qolib ketayotganiga ishora qilib o‘tdi. Demak, o‘sha qirg‘in, vayron qilish, yoqish jinoyatlarini sodir etayotganlar uchun, ularga sherik bo‘layotganlar uchun, ularni qo‘llab-quvvatlayotganlar uchun, bu jinoyatlarga hissa qo‘shayotganlar uchun va bu borada muzokara qilayotganlar hamda bu jinoyatlarga sukut qilib Halab ahlini yordamsiz qoldirganlar uchun hech qanday uzr-bahona qolmadi. Shuningdek Hizb Jeneva til biriktiruvchilarini, ularning gumashtalarini, firibgarlarini yo‘q qilishga chaqirdi, muzokarachilarning bu masala bilan o‘ynashayotganlarini va ularning hujjatlarini qoraladi, xalqaro vahshiylashgan tashkilotu, hay‘atlarni yo‘q qilishga da‘vat qildi.

Hizb “Shom va Halabdagi ahlimizga yordam berish – shaxs yoki jamoa bo‘lsin – barcha musulmonlarga va qo‘lida kuch-qudrati bor, nusrat bera oladigan kishilarga farz ekanini, ulardan ham ko‘proq, islomiy olamdagi musulmon armiyalarga farzligini, hammasidan ham ko‘proq Iordaniya armiyasiga farz ekanini” qat‘iy ta‘kidladi. Hizb bularning hammasiga bunday deya murojaat qildi: “Ey Iordaniya armiyasi, ey islomiy olamdagi armiyalarimiz, Alloh haqqi, ko‘rib turganingizdek, zamon siz va Ummatingiz tomonga burilib, ishlar tizginini o‘z qo‘lingizga olish payti keldi. Ahlingizdan zulmni daf qilib, hatto butun yurt ahli qirilib ketsa ham, o‘z taxtlaridan boshqa narsa tashvishlantirmaydigan anavi xoin, tentak, qo‘rqoq va til biriktiruvchi hukmdorlaringizni tanobini tortib qo‘yadigan vaqt keldi. Ha, zamon sizga boqib, qahramonlik, mardlik, kuch-qudratli pozitsiyani egallamog‘ingiz vaqti keldi. Zamon zarvaraqlari ochilib, unga xuddi ajdodlaringiz kabi, mardlar va er kishilari ro‘yxatiga qayd etilish imkoniyatingiz turibdi. Biz sizdan nusrat talab qilmoqdamiz, chunki siz bizdansiz, Ummatingizdansiz, biz ham sizdanmiz, sizni eng baland darajada qadrlaymiz, bilamizki, orangizda haqiqiy er kishilari bor, qahramonlik yaratuvchi qahramonlar bor. Bas, Alloh xayringizni bersin, bu dunyo kuch-qudratiyu oxirat ne‘matiga keling! Qo‘rqmang, faqat Allohdan qo‘rqing va Uning uchun xolis amal qiling! Qani Sa‘d, Amr, Xolidlar, qani Abu Ubayda, Shurahbil, Muoz, Usomalar, Mo‘‘ta mardlari, botirlari qayerda?! Siz Shom yurtidagi birodarlaringizni ko‘rib turibsizku, ular qanday mustahkam turibdilar… Dunyoning butun tog‘utlari va ularning til biriktiruvlari qarshisida qurol-yaroqsiz shunday sabot bilan turdilarki, buni ko‘rib butun dunyoni joni uzildi, esidan og‘ib qoldi… Shuning uchun butun dunyo jon talvasasida ularning chor atrofidan o‘t qo‘ymoqda… Biroq “Alloh uchun”, “Alloh uchun”, deb chiqqan zotlarni yo‘q qilish qayoqdan ham qo‘llaridan kelsin! Bas, siz armiyalarimiz, yerga yopishib olmang, chunki Allohning huzuridagi narsalar undanda yaxshiroq va abadiydir:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا مَا لَكُمْ إِذَا قِيلَ لَكُمُ انفِرُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ اثَّاقَلْتُمْ إِلَى الْأَرْضِ أَرَضِيتُم بِالْحَيَاةِ الدُّنْيَا مِنَ الْآخِرَةِ فَمَا مَتَاعُ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا فِي الْآخِرَةِ إِلَّا قَلِيلٌ

“Ey mo‘minlar, sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida (jihodga) chiqinglar, deyilsa, o‘z yeringizga yopishib oldingiz?! Oxiratdan yuz o‘girib, dunyo hayotiga rozi bo‘lurmisiz?! Oxirat oldida bu dunyo matosi juda oz narsa-ku?!”            [Tavba 38]

Ey Allohning chavandozlari, otlaning, ey Allohning qo‘shinlari, ikki dunyo azizligiga shoshiling, o‘zingizni va ahlingizni yordamsiz qoldirmang, aks holda, qo‘rqib, qaltirovchilardan bo‘lib qolasiz. Chunki Ummatingiz ayollari va bolalari sizga nido qilmoqda, bechoralar ko‘zlari sizga mo‘ltiramoqda.

Ey birodarlar! Siz bizning kuch-quvvatimizsiz, bu armiyangiz Ummatniki, uning ahlinikidir. Biz uchun oldimizda Allohdan keyin, sizdan boshqa hech qanday tanlovimiz yo‘q, siz uchun ham Ummatingizga yordam berishdan boshqa hech qanday tanlov yo‘q. Shu paytgacha Ummatingizni hukmdorlar yordamsiz qoldirishdi. Yordamsiz qoldiribgina qolmay, hatto ochiq unga dushmanlik qilishdi, qo‘llarini biz mo‘minlar qonimizga bulg‘ashdi, manfaatlarini yahudiylar manfaati bilan birlashtirishdi.

Allohim, sening oldingda yurtlarimiz va fuqarolarimizga zo‘ravonlik qilayotgan bu zararkunanda hukmdorlardan pokmiz hamda yurtlarimizga qilinayotgan jinoyatlarga sukut qilayotgan kimsalar bilan oramiz ochiqdir.0hizb-340x264-300x233

Hizb ut-Tahrirning

Iordaniyadagi matbuot bo‘limi

Elektron pochta: jordan_mo@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.