“Terrorizm” tahdidiga qarshi kurash bahonasida masjid imom-xatiblari hukmdorlar siyosatini targ‘ib qilishga majburlanmoqda

450
0

“Terrorizm” tahdidiga qarshi kurash bahonasida masjid imom-xatiblari hukmdorlar siyosatini targ‘ib qilishga majburlanmoqda

Jazoir hukmdorlari masjidlardagi juma xutbalari mavzularini belgilab berishga kirishdi

O‘tgan juma kuni Jazoir hukumati masjid imomlarini juma namozida “milliy birlik va yurt tinchligini saqlash”, “terror tahdidlari” kabi mavzular asosida xutba qilishga majburladi.

Diniy ishlar va vaqflar vazirligi imom-xatiblar kengashiga shoshilinch telegramma yubordi. Unda yurtdagi barcha imom-xatiblarga juma namozlarida terrorizm tahdidiga aloqador mavzular asosida xutba qilish, xalq va vatanga qarshi uyushtirilayotgan xavf-xatarlardan ogohlikka chaqirish, fuqarolarni yurtning roshid rahbarlari atrofida jipslashishga da‘vat qilish, yurt boshchisi bilan vatan haqqiga duo qilish, xalq orasida milliy birlikni kuchaytirish orqali hamjihatlik munosabatlarini mustahkamlash buyurildi.

Ushbu telegrammada imom-xatiblarni o‘z xutbalarida yurt armiyasi va xavfsizlik xizmatini maqtashga, yot va buzg‘unchi toifachilik fikrlariga qarshi kurashishga chaqirildi.

Hukumatning bu “qo‘llanma”si siyosiy doiralarda, ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Hukumat masjidlardan o‘zining siyosiy maqsadlari yo‘lida foydalanishga urinyapti, bu esa masjidlarni siyosiy vazifalardan uzoqlashtirish kerakligiga oid rasmiy siyosiy da‘volarga ziddir, degan gap-so‘zlar paydo bo‘ldi.

Yurtdagi bir necha masjid imomlari bunday “qo‘llanma”ga isyon qildilar va uning mazmun-mohiyatidan o‘zlarini bexabarga solib, diniy va boshqa mavzularda xutba qildilar. (Arabiy Jadid sayti).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.