Karter: Osiyo davlatlari Xitoyga qarshi turishda AQSh bilan yaqin munosabat o‘rnatmoqda

515
0

Amerika Xitoyga bosim o‘tkazish va uni qamal qilish maqsadida Osiyo davlatlariga yetakchilik qilmoqda

Karter: Osiyo davlatlari Xitoyga qarshi turishda AQSh bilan yaqin munosabat o‘rnatmoqda

Amerika mudofaa vaziri Eshton Karterning ma‘lum qilishicha, Osiyo davlatlari Pekinning Janubiy Xitoy dengizida o‘z nufuzini yoyish istaklariga qarshi turish uchun AQSh bilan harbiy munosabatlarni mustahkamlashga harakat qilmoqda. U bu so‘zlarni o‘zining Osiyo davlatlariga – Xitoyni o‘z ichiga olmagan – safari oldidan juma kuni aytdi.

Karter Hindiston va Filippinga safar qilishidan bir hafta oldin Nьyu-Yorkdagi “Tashqi aloqalar kengashi” markazida qilgan ma‘ruzasida bunday dedi: “Deyarli barcha Osiyo davlatlari ko‘plab sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirishimizni bizdan talab qilmoqdalar”.

Keyin Karter “Haqiqatdan ham, Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi ishlari regional taranglikni keltirib chiqarmoqda”, deya qo‘shimcha qildi. Ma‘lumki, Karter Pekinga tashrif buyurishga taklif etilgan va bu taklifni qabul qilgan edi. Biroq bir necha hafta oldin tashrif qoldirildi va buning sababini amerikalik bir mas‘ul Karterning kun tartibida muammo yuzaga kelgani bilan izohladi.

U “Osiyo-Tinch Okeani mintaqasining turli tomonlaridagi davlatlar qurollanish masalasidan, xususan, Xitoyning hajm va ko‘lam jihatidan namoyon bo‘lib kelayotgan amaliyotlaridan xavotir bildirmoqdalar”, deya so‘zini davom ettirdi.

Amerikalik vazir “Shu boisdan ushbu davlatlarning ko‘pchiligi butun mintaqa ravnaqiga o‘z xissasini qo‘shuvchi qoida va tamoillarga amal qilish yo‘lida AQSh bilan qayta aloqa o‘rnatmoqdalar”, deya ta‘kidladi.

Xitoy – xalqaro yuk tashish uchun muhim hisoblangan Janubiy Xitoy dengizi mintaqasining deyarli barcha tarafiga talabgor bo‘lyapti. Zero, bu mintaqa ma‘danlar va energiya resurslarining ulkan zaxirasiga ega, deya ko‘riladi.

Aksar Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari Janubiy Xitoy dengizida Pekin bilan chegara muammolariga duch kelgan. Bu mintaqa muhim strategik hisoblangan xalqaro savdo yo‘llariga hamda baliq va neft kabi boyliklarga ega. (Hayot gazetasi).

Roya gazetasining 2016 yil 13 aprel chorshanba kungi 73-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.