Mustamlakachilar daf bo‘lsin, terrorga chek qo‘yilsin

100
0

Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati “Mustamlakachilar daf bo‘lsin, terrorga chek qo‘yilsin” nomli kampaniya boshlaganligini e‘lon qildi. Rasmiy saytlar orqali xabar qilinishicha, mazkur kampaniya 18-24 aprel kunlar oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. Kampaniya doirasida rasmiy ziyoratlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqotlar olib borilishi ko‘zda tutilgan. Avval xabar qilganimiz 22 aprel kuni Anqarada o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Terrorizm masalasi, haqiqiy aybdorlar va asosiy yechim” nomli konferentsiya ham mazkur kampaniya jumlasiga kiradi. Ayni paytda, terrorizm mustamlakachi g‘arb davlatlari tarafidan ijod qilingan iflos uslub ekanligi va ular o‘zlarining siyosiy manfaatlari uchun terrordan qanday foydalaniyotganliklari yoritilmoqda.

Hizb ut-Tahrir yigitlari kampaniyani jadal suratda olib borar ekan, rasmiy ziyoratlar bilan cheklanibgina qolmay, barcha musulmonlar nomidan AQSh va Angliyaning Anqaradagi elchixonalariga ochiq maktub topshirishdi. Turkiya va boshqa Islom o‘lkalarida uyushtirilayotgan terror hodisalarining haqiqiy uyushtiruvchisi bo‘lgan AQSh va Angliyaning elchilari Jon Baas va Richard Murdan darhol mamlakatni tark etish talab qilindi.

“Ey mustamlakachi davlatlarning elchilari! Mamlakatingizga qayting va yo‘ldan ozgan boshliqlaringizga so‘zlarimizni yetkazing! Ushbu maktub Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati tarafidan siz va rahbarlaringiz uchun ogohlantirish va eslatmadir. Qonli hujumlar, tartibsizliklar va qatliomlardan iborat terror bilan qonga belayotganingiz tuproqlarimizni darhol tark eting.  Terror uyasiga aylangan elchixonangizni yoping, zulmlaringizni to‘xtating. Zero Islom o‘lkalari sizning terrorchilik harakatlaringiz sababli tartibsizlik va parokandalikni yetarlicha boshidan kechirdi. Endi bu tuproqdarda sizga o‘rin yo‘q”, deyiladi jumladan elchixonalarga topshirilgan maktubda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.