Aql – aqidaning asosi va shar‘iy hukmlarni tushunish vositasidir

541
0

بســـــم الله الرحمن الرحيم

Aql – aqidaning asosi va shar‘iy hukmlarni tushunish vositasidir

Ammo allohning hukmlarini o‘zgartiruvchi emas (2)

Aslida ulamolar ilm fazilati sababli Allohdan eng qattiq qo‘rquvchi insonlardir. Shuning uchun Shore‘ ilm izlashga qat‘iy suratda targ‘ib qildi. Payg‘ambarimiz alayhis solatu vassalam shunday dedilar: “Beshikdan to lahadgacha ilm izlanglar”.

Aqlning ishlashida ma‘lumot ham asosiy shartlaridan biri va bu ma‘lumotlarning to‘g‘riligi aqlni to‘g‘ri xulosa chiqarishiga olib keladi. Zero ma‘lumotlar to‘g‘ri bo‘lgan sayin va ko‘proq aniq bo‘lgan sayin ra‘y ham to‘g‘rilikka shunchalik yaqin bo‘lib boradi. Shuning uchun mufakkir yoki da‘vatni ko‘tarib chiquvchi xuddi binoning tinch-salomat turishi uchun binodan oldin uning poydevoriga ahamiyat bergan muhandis(injener arxitektor)ga o‘xshab ra‘yga e‘tibor qilishdan oldin, eng avvalo dalilga ahamiyat beradi. Agar bu ra‘yning dalili bo‘lsa, to‘g‘riligiga xotirjam bo‘ladi va uni qanoat hosil qilish bilan va iymondan kelib chiqib odamlarga, qalbdan qalbga ta‘sirli qilib yetkazadi. Agar ra‘y boshqalarning ra‘yi bo‘lsa, uning dalili to‘g‘riligidan va uni dalil qilib keltirish yo‘lining to‘g‘riligidan kelib chiqib, bu ra‘yning to‘g‘riligi ustidan hukm chiqaradi, natijada uni qabul qilishda yoki rad qilishda xotirjamlik his qiladi. Bu bilan u, o‘zini g‘arazli ra‘ylardan yoki zalolatga boshlovchi havoi nafslardan mustahkam himoya qilgan bo‘ladi.

Da‘vatni ko‘tarib chiquvchi odamlarga fikrlarni yetkazishdan ko‘zlagan maqsadini, ya‘ni ularni ham shu fikrlarni ko‘tarib yuradigan qilib qo‘yish maqsadini ro‘yobga chiqarishi uchun unga o‘z ra‘yini, ra‘yining to‘g‘riligini isbotlovchi dalil bilan mustahkamlashi vojib. Chunki dalilsiz quruqdan quruq ra‘yning o‘zini berish kifoya qilmaydi, balki bu ra‘yni eshituvchi uni to‘g‘ri dalil bilan tushunib yetishi ham albatta zarur bo‘ladi. Shuning uchun da‘vatni ko‘tarib chiquvchi dalil yordamida hujjati yanada ziyoda bo‘lishi maqsadida va eshituvchisiga ta‘sir qilishi uchun dalillarni izlashi, ularni yaxshilab tekshirib chiqishi va ularni yod olib doim ko‘z o‘ngida tutishi lozim. Chunki ra‘yni o‘z daliliga suyantirmasdan turib tinglovchi o‘zi eshitayotgan barcha narsani osonlik bilan qabul qilavermaydi, balki bunday ra‘y unda, to uning o‘zi eshitgan narsasining to‘g‘riligiga bo‘lgan biron dalilga yo‘l topgunigacha yoki uning to‘g‘riligiga biron dalilni topishidan oldin bunday ra‘yni unutib yuborgungacha yoki o‘zini unutgan qilib ko‘rsatgungacha shak-shubhalanish va hayron bo‘lish o‘rni bo‘lib qolaveradi.

Fikrlarni tinglovchiga yetkazishdagi dalilning nechog‘li ahamiyatga ega ekanligi esa, dalilning inson his tuyg‘ularidan, rag‘batlaridan, istak-mayllaridan olisda turib faqat aqlning o‘zigagina yo‘llangan xitob ekanligidan kelib chiqadi. Demak u so‘zlovchi bilan tinglovchi o‘rtasida xolis ajrim qiluvchi va betaraf hakamdir. Zero inson ustidan aql hukmronligidan ko‘ra kuchliroq biron hukmronlik yo‘q, aql ustidan esa fikr hukmronligidan kuchliroq bo‘lgan biron hukmronlik yo‘q, fikr esa faqat dalil bilangina hukmroklikka ega bo‘ladi. Shunday qilib odamlarga fikrni dalilsiz yetkazuvchi kishi xuddi jang maydonidagi qurolsiz askarga o‘xshab qoladi.

To‘g‘ri dalil keltirilgan paytda tinglovchi odam pokiza, oliy janob inson bo‘lsa, bunday dalilga yaxshi munosabat bildirmasdan iloji yo‘q. Tinglovchi kibru havo qilgan kimsa bo‘lsa bunday dalilga bildirmay, ichida yashirin yaxshi munosabat bildirishdan o‘zga chorasi bo‘lmaydi. Chunki inson garchi tashqi ko‘rinishda to‘g‘ri dalilga rad javobi bera olsa ham, lekin u to‘g‘ri fikr yoki to‘g‘ri ra‘y bilan ta‘sirlanmasdan qololmaydi.

Shuning uchun agar tinglovchi pokiza inson bo‘lsa, dalilni eshitgan paytida uning yuzida yaxshi munosabat bildirganligining va chuqur qoniqish hosil qilganligining alomatlarini ko‘rasiz va sezasiz, ayniqsa dalil juda to‘g‘ri, tushunish oson bo‘lsa shunday bo‘ladi. Demak da‘vatni ko‘tarib chiquvchi tomonidan dalilning keltirilishi unga quloq solayotgan kishilarga yoki uning da‘vatini o‘qiyotgan kishilarga ta‘sir qilishning jiddiy boshlanishi, deb hisoblanadi.

Ra‘yning voqelikka mos kelishligi deyishdan maqsad har qanday voqelik emas. Chunki voqelik fasod voqelik bo‘lishi ham mumkin. Bu holda u unga mos kelmaydigan yangi fikrlar bilan o‘zgartirishga muhtoj bo‘ladi. Masalan: “dinni hayotdan ajratish” degan asosiy fikrni o‘z voqe‘ligiga solib ko‘rilsa, xozirgi hayot shunday asosda bo‘lgani bilan u ahmaqona fikrligi ma‘lum. Yoki shaxsiy mulkchilikni bekor qilish insondagi mulkka ega bo‘lishni hohlashlikni inkor qilishni ko‘zlaydigan ra‘yga suyanadigan qonunchilik. U botil ra‘yga suyangan botil qonunchilikdir. Chunki bu botil ra‘y inson voqeligi tayanadigan mulkka ega bo‘lish istak-hohishga, ya‘ni baqo (yashash uchun kurash) g‘arizasi ko‘rinishlaridan bir ko‘rinish hisoblanmish mulkka ega bo‘lish istak-hohishiga zid keladi. Demak maqsad qilingan voqelik hissiyotlar tushadigan, natijada aql idrok qiladigan voqelikdir. Bu xuddi sarobni ko‘rib suv, deb o‘ylaydigan yoki mamaqaldiroq ovozini eshitib samolyot ovozi deb o‘ylaydigan, lekin bu narsalarning voqelikka qanchalik mos kelish-kelmasligi haqiqatini aniqlagan paytda esa ana shu gumonning butunlay teskarisini topadigan, natijada bunday ra‘yning ustidan botil, degan hukmni chiqaradigan kishiga o‘xshaydi.

Shundan kelib chiqib inson, sigir, but, sanam, quyosh, oy kabi maxluqotlarga ibodat qilishni aytadigan ra‘yning qanchalik botil va zalolat ekanligini yaqqol ko‘ra olamiz. Chunki bunday ra‘y ana shu maxluqlarning ojizligida, noqisligida va muhtojligida aniq ko‘zga tashlanib turgan voqelikka hecham to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun Sayyidimiz Ibrohim alayhissalom but-sanamlarga ibodat qiluvchilarga, bunday sanamlarga ibodat qilish ularning (ya‘ni but-sanamlarning) voqeligiga mutlaqo mos kelmasligi to‘g‘risida hujjatni barpo qilib, aniq isbotlab bergan edi. Alloh Taolo dedi:

–„(Uni keltirishgach): “xudolarimizni sen shu (holga) soldingmi, ey Ibrohim?” – deb (so‘rashdi). Ibrohim aytdi: “Yo‘q, bu ishni ularning kattasi mana bu (haykal) qildi. Bas (butlaringizdan) so‘ranglar, agar gapira oladigan bo‘lsalar (aytib bersinlar)”. Bas (mushriklar) o‘zlariga kelib, (bir-birlariga): “Sizlar o‘zingiz zolimlarsiz”, dedilar. So‘ngra esa yana boshlari aylanib: “Sen ularning gapirmasliklarini yaxshi bilarding-ku?!” – deyishdi. (Ibrohim) aytdi: “Axir Allohni qo‘yib, sizlarga biron foyda ham, ziyon ham yetkaza olmaydigan narsalarga sig‘inasizlarmi?! Sizlarga ham, Allohni qo‘yib sig‘inayotgan butlaringizga ham suf-e! Axir aql yurgizmaysizlarmi?!” Ibrohimning haq ta‘na va dashnomlariga biron javob topa olmay qolgan Namrud boshchiligidagi mushriklar dedilar: “Uni yoqib yuboringlar! Agar uddalay olsanglar (mana shu ish bilan) o‘z xudolaringizga yordam qilinglar”“.         [21:62-68]

Imom Al-Qurtubiy bu oyatni ushbu so‘zi bilan tafsir qilgan edi: Mushriklar Ibrohim alayhissalomning so‘zini eshitganlaridan keyin xuddi hujjatidan ayrilgan kimsalardek hamda raqiblarining biron so‘z so‘zlay olmaydigan, biron lahza o‘ziga ega bo‘lolmaydigan budga ibodat qilish haqida va o‘z boshidan boltani olib, qaytarib irg‘itib yubora olmaydigan sanam qanday qilib ibodat qiluvchi kimsalarga foyda yetkaza olishi va ulardan zarar-ziyonni daf‘ qilishi mumkinligi haqida keltirgan hujjati naqadar to‘g‘ri ekanligini sezib qolgan kimsalardek bir-birlariga angrayib qoladilar.

Demokratiyaning asosini ham uni ko‘tarib yuruvchilarni lol qoldiradigan dalil bilan ahmaqona fikr ekanini isbotlash kerak. Voqelikka mos kelishni hosil qilish uchun va ra‘yni ra‘ydek istinbot qilish uchun muayyan masalaga taalluqli bo‘lgan ma‘lumotlarni hosil qilish zarur bo‘ladi. Bu esa o‘qib-o‘rganish, bahs-izlanish orqali bo‘ladi. Bu narsani voqelik fiqhi (ya‘ni voqelikni yaxshi bilish) deb ataladi. Chunki ma‘lumotlar fikr yuritish jarayonining asosiy sababchi omillaridandir. Shuning uchun ularsiz ya‘ni mu‘lumotlarsiz fikr yuritish jarayoni hosil bo‘lmaydi. Shunday ekan, talab qilinayotgan narsa to‘g‘ri ra‘y bo‘lsa bunday ma‘lumotlar qanchalik zarur ekanligini o‘zingiz bir fikr-mulohaza qilib ko‘ravering…!! Ma‘lumotlarning juda muhim ekanligini va zarur ekanligini e‘tiborga olib Alloh bu ma‘lumotlarni sayyidimiz Odam alayhissalomga vahiy qilib yubordi. Alloh Taolo dedi:

– „Va U Zot Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi“.      [2:31]

Alloh bu ma‘lumotlarni aql vujudga kelishi uchun va ra‘y-fikr hosil bo‘lishi uchun zarur va lozim bo‘lganligi sababli vahiy qilib yubordi.

Shuningdek Alloh taqvoni ilm natijasida kelib chiqadigan narsa qilib qo‘ydi. Alloh Taolo dedi:

– „Allohdan qo‘rqingiz! Vaholanki Alloh sizlarga (haq-hidoyat yo‘lini) bildirgan-ku“.        [2:282]

Alloh Taolo yana dedi:

– „Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlarigina qo‘rqur“.                [35:28]

Alloh Taolo yana dedi:

وَأَطِيعُوا اللَّهَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ وَاحْذَرُوا فَإِنْ تَوَلَّيْتُمْ فَاعْلَمُوا أَنَّمَا عَلَى رَسُولِنَا الْبَلَاغُ الْمُبِينُ

“Allohga itoat qilingiz, payg‘ambarga buyinsuningiz va ehtiyot bo‘lingiz! Agar (itoatdan) bosh tortsangiz, bilingizki, payg‘ambarimiz zimmasida faqat (bizning hukmlarimizni) ochiq-ravshan qilib yetkazish bor, xolos”. [5:92]

G‘arib.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.