Frantsiya xotin-qizlar huquqi vazirasi liberal demokratiyaning asl basharasini fosh qildi

704
0

Frantsiya xotin-qizlar huquqi vazirasi liberal demokratiyaning asl basharasini fosh qildi; Islomga dushmanlik, irqchilik va munofiqlik

Al-Jazira axborot tarmog‘ining 2016 yil 30 martda bergan xabariga ko‘ra, Frantsiya xotin-qizlar huquqi bo‘yicha vazira Lorans Rossinьol hijob kiygan muslima ayollarni qullikni qabul qilgan amerikalik negrlarga o‘xshatgan. Uning bu bayonotini “RMC” radiosi bilan BFM TV keltirdi. U o‘zining ushbu bayonotini “islomiy moda” deya atalayotgan narsaning tarqalishiga hamda muslima ayollarga “odmi” liboslar ishlab chiqarilishi loyihasini amalga oshirishdagi yirik moda dizaynining roliga qarshi raddiya sifatida bildirdi.

Frantsiya vazirasining bu bayonoti tuturiqsiz, albatta. Chunki u xotin-qizlar huquqi bo‘yicha vazira sifatida ilmoniy qadriyatlarni (ayollarni repressiya qiluvchi ekstremistik qadriyatlarni) o‘zida gavdalantiradi. Ushbu qadriyatlar diniy ozchilikka nisbatan kamsitishni hamda diniy turfaxillikka nisbatan toqatsizlikni keltirib chiqarmoqda! Haqiqatdan ham bu ayol demokratiya va liberal ilmoniy qadriyatlarga xizmat qiladigan va o‘z vazifasiga xiyonat qilmaydigan bir mulozim sifatida, G‘arb ilmoniy saqofatining naqadar soxta va munofiq ekanini ochib qo‘ydi. U ekstremistik siyosiy nuqtai-nazarlari odamlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga urinar ekan, ko‘targan fikrlari muslima ayolni yomon ko‘rish, islomofobiya va irqchilik zaharlari tomib turuvchi fikrlar ekanini ko‘rsatib qo‘ydi… Bu frantsuz vazirasi hijob va niqobga qarshi vahshiyona kurash qonunlari yordamida muslimalarning mustahkam e‘tiqodlarini va Islomga bo‘lgan ixloslarini yomonotliq qilishga urinyapti. Qarang, bu bilan uning o‘zi ham, davlati ham qullar xo‘jayini rolini o‘ynamoqda. Axir, ularning muslima ayollardan nafratlanadigan, qadriyatlarini kamsitadigan, shuningdek chirik ijtimoiy qonunlarga itoat qilishlarga majburlab, ilmoniylik e‘tiqodlarini zo‘rlab tiqishtirayotgan muhitni yaratishga urinayotgani, qullar xo‘jayini rolini o‘ynash emasmi?!  Chunki demokratik davlatlardagi minglab muslimalar bugun o‘z diniy e‘tiqodlariga rioya qilishgani sababli o‘quv yurtlarida, ishxonalarda, barcha jamoatchilik sektorlarida har kuni dahshat ostida yashamoqdalar!

Qarang, ayollar huquqlarini himoya qiluvchi vazira ayol – ayollarga hujum qilyapti… islomiy libosga burkangan muslimalarni haqorat qilyapti… Buning o‘rniga, hozirda Markaziy Afrika Respublikasida go‘dak qizaloqlarni tahqirlayotgan frantsuz askarlaridan hisob talab qilsa bo‘lmasmidi?!! Bugun islomiy libosdan eslari og‘ib qolayotgan ekstremist ilmoniylarni ham, o‘zlarini musulmon ayollari ozodligi kuychisi qilib ko‘rsatayotganlarni ham, hammasini g‘azablantirayotgan narsa, muslima ayolning Alloh Subhanahu va Taologa qul-cho‘ri bo‘lishni tanlayotganidir! Shuningdek, mustabid ilmoniy davlatning emas, qiyomat kunining podshohi bo‘lmish Robbul olaminga cho‘ri bo‘lishni istayotganlaridir! Qiziq, bu xotin islomiy libosga burkangan muslimalarni cho‘ri negrlar, deya mazah qilyapti-yu, biroq Frantsiya va boshqa G‘arb davlatlaridagi ayollarning fahsh bozorida cho‘rilik qilayotganidan ko‘z yummoqda… Kosmetika va modaga qul bo‘lishayotganidan, ayollar uchun eng tuban turmush tarzi zo‘rlab tiqishtirilganini bilmaslikka olyapti… Bu shunday turmush tarziki, unda ayollar “go‘zal” va omadli, deya e‘tibor qilinishi uchun muayyan libosni kiyishga va ma‘lum ko‘rinishda bo‘lishga mahkum bo‘lmoqdalar, bu yo‘lda minglab dollarlar sarflashga, ba‘zan hayotlarini tahdid ostiga qo‘yib, plastik operatsiyalar qildirishga majbur bo‘lmoqdalar… Shuningdek, bu vazira ayol yana bir haqiqatni ham ko‘rmaslikka olyapti: ayollarning jinsiy bozorda qul qilinishi oqibatida butun Frantsiya va Yevropa bo‘ylab ayollar yuqumli kasalliklari paydo bo‘ldi… Bu esa “ozodlik”, degan bahona bilan majburan tiqishtirishgan “shaxs-jins erkinligi”ning samarasi, albatta.

Shubhasiz, Alloh buyurgan libosga rioya qiluvchi muslima o‘zida ayol o‘zligini gavdalantiradi va hargiz erkak yoki ayollardan iborat “ovchi”lar tuzog‘iga ilinmaydi. O‘zida ayol o‘zligini gavdalantiruvchi bu muslima ilmoniylar ko‘rsatmasiga binoan fikrlashdan ham, o‘shalarning iflos go‘zallik qolipiga tushishdan ham bosh tortadi. Alloh Subhanahu va Taolo bunday deydi:

يُرِيدُونَ لِيُطْفِؤُوا نُورَ اللَّهِ بِأَفْوَاهِهِمْ وَاللَّهُ مُتِمُّ نُورِهِ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ

“Ular Allohning nurini og‘izlari bilan o‘chirmoqchi bo‘lishadi, Alloh esa, garchi kofirlar istamasalar-da, O‘z nurini to‘la yoyguvchidir”    [Sof 8]

0hizb

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi ayollar qismi

Manzil: al­Mazraa – “Kolumbia Tsentr” – Blok B – ikkinchi qavat

Pochta qutisi 14­5010

Telefon: 00961 1 30 75 94

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.