2016 yilning birinchi choragida O‘zbekistonda YaIM 7,5 foizga o‘sdi

461
0

 Hukumat matbuot xizmatining xabar qilishicha, 2016 yilning birinchi choragida O‘zbekistonda Yalpi ichki mahsulot (YaIM) o‘tgan yilning shu vaqtiga solishtirganda 7,5 foizga o‘sdi.

 Xabarga ko‘ra, 2016 yil uchun qabul qilingan iqtisodiy dasturning eng muhim vazifalari va ustuvor yo‘nalishlarini tizimli va izchil amalga oshirish tufayli global iqtisodiyotda davom etayotgan inqirozli hodisalarga va uning rivojlanishi sur‘atlari sekinlashganligiga qaramay, O‘zbekistonda iqtisodiyot o‘sishining barqaror sur‘atlari va makroiqtisodiy mutanosiblik ta‘minlanmoqda. Joriy yilning birinchi choragida mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 7,5 foizga o‘sdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 7 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi – 6,7 foizga, chakana tovar aylanmasi hajmi 12,8 foizga ko‘paydi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdoridagi profitsit bilan ijro etildi. Inflyatsiya darajasi prognoz parametrlardan oshmadi.

 Xizmatlarning zamonaviy turlarini, eng avvalo, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan turlarini jadal rivojlantirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar xizmatlar hajmlarining 12,1 foizga o‘sishini va ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2015 yilning birinchi choragidagi 59,3 foizdan 59,5 foizgacha ko‘payishini ta‘minladi.

 Kichik biznesni rag‘batlantirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritish shart-sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirishni davom ettirish joriy yilning birinchi choragida kichik biznesning 8,4 mingta yoki 2015 yilning shu davridagiga qaraganda 5,5 foiz ko‘p yangi sub‘ekti tashkil etilishiga ko‘maklashdi. Yil boshidan boshlab kichik biznes sub‘ektlariga 3,6 trillion so‘m bank kreditlari berildi, o‘sish 2015 yilning 1-choragidagiga qaraganda 1,3 baravarni tashkil etdi.

 2016 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini oshirish dasturi doirasida 167,4 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi, ulardan 57,7 foizi qishloq joylarda tashkil etildi.

Turkiston: 

O‘zbekistonda iqtisodiy farovonlik uchun sharoitlar juda keng. Mamlakat esa nuqul o‘zini qiynab, yaqin qo‘shnisi gaz va neftga muxtoj bo‘lib turganiga qaramay, bu energetik xom ashyolarni Rossiya, Xitoy singari uzoq yurtlarga sotib keladi. O‘zbek gazini uning qo‘shnilaridan biri bo‘lgan Qirg‘izistonga Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi sotadi. To‘g‘rirog‘i, ruslar O‘zbek gazining 12% ni egallab olishgan. O‘zbekiston ilgari Qirg‘izistonga gazni bevosita o‘zi sotar edi. Biroq bu ikki davlat bir biri bilan murosa qila olmay, Rossiyani o‘rtalariga hakam qilishdi. Natijasi ko‘rib turganimizdek, ruslarning o‘zi bizga o‘zbek gazini sota boshladi.

O‘zbek fuqorolarining juda ko‘p qismi, ayniqsa qish faslida elektr energiyasi va gazdan mahrum bulishayotganlarining sababi nimada? O‘zbekiston shuncha imkoniyatlarga ega bo‘la turib, nega hukumat o‘z fuqorolarini bu darajada xor holatda istiqomat qilishga majbur qiladi?

Yuqoridagi (YaIM)ning ko‘rsatkichlari bir kvartalda shu darajada yuksak ko‘rsatkichlarga erishganligi sabablarining asosiy omillaridan biri, oxirgi yillarda O‘zbekiston qo‘shni davlatlariga o‘zidagi ipak va paxta to‘qimachilik matolari, meva sabzavod va neftdan qayta ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish uchun imkoniyatlarni bir oz kengaytirdi. Natijada, yuqorida ko‘rib turgan natijalarga erishildi.

Lekin bu juda katta va keng imkoniyatlardan kichik bir qismi xolos. Agar bizlarning yurtboshilarimiz kibr otlaridan tushib, xalq manfaati uchun xolis harakat qilishganida edi…! Ular bir birlariga nisbatan o‘zlarini mag‘rur tutsa-da, ammo kufr yetakchilari oldida poyi-patak bo‘lishdan or qilmay qo‘yishdi. Yetakchilarimiz bir birlari bilan hamfikr va ittifoqda bo‘lganlarida edi, bizlarning xom ashyolarimiz bilan boyliklarini sig‘dirolmay o‘zidan ketib borayotgan G‘arb mustamlakachilari bu darajada qutirib ketishmas edi. Ular bizga nistatan, xom ashyo bazalari deb, bizlarni bu qadar past sanab oyog‘ uchida ko‘rsatishga jurat qila olishmas edi.

Dekmak muammo bizlarning o‘rtalarimizdagi sun‘iy chegara va har xil soliq to‘lamlar tizimi singari yasama to‘siqlarning mavjud ekanligida. Bu holat biz uchun muammo. Lekin kufr olami bu holatimizni o‘zlari uchun tirikchilik manbai va o‘zlari uchun hayotiy masala deb bilishadi. Ular bizlarni o‘rtalarimizdagi yaqinliklardan qattiq xavotirga tushishadi. Chunki bu yaqinliklar ularning ustimizdagi barcha imkoniyatlarini yo‘qqa chiqarishi mumkin.

Faraz qilaylik, o‘rtalarimizda hech qanday to‘siq va chegara yo‘q. Ishlab chiqarish anjomlarini o‘zimizning og‘ir sano‘atlar bilan ishlab chiqarayapmiz. Xom ashyo o‘zimizda yetarlidan ham ko‘p. Ular keltirishayotgan (YaIM) nima bo‘ladi, yashash darajalarimiz qanday bo‘ladi?!

Kufr olami va bizlarning xoin yetakchilarimiz xuddi shu faraz qilish imkoniyatlarimizdan qo‘rqishadi. Shuning uchun ular bizlarni kishanlar bilan ushlab turishadi. Shunday samarali fikrlay boshlagan yetakchilarni qamaydi yoki quvg‘in qilishadi. Fuqorolarni esa, doimiy muxtojlikda ushlab turish kerak degan kufr ko‘rsatmalariga muvofiq, qiyin ahvolda atayin ushlab turishadi.

Imkoniyatlarimiz juda keng. Faqat kufr kishanlari bu imkoniyatlarimizdan foydalanish uchun yo‘l bermayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.