Bryussel hodisasi to’g’risida musulmonlar qarashlari

420
0

Bryusselda 2016 yil 22 mart kuni 31 insonning halok bo’lishiga olib kelgan bir necha portlashlar yuz berdi.

Oddiy begunoh insonlarning halok bo’lishi katta yo’qotish, albatta. Islom begunoh insonlar o’ldirilishini – ularning kim bo’lishidan qat’iy nazar – qoralaydi. Chunki Islom musulmonlar bilan g’ayrimusulmonlar hayotini ajratmaydi. Islomning bunday vaziyatda tutadigan pozitsiyasi ba’zi siyosatchilar va axborot vositalari pozitsiyasidan farq qiladi. Zero, bunday siyosatchilar hamda axborot vositalari Anqara va Istambuldagi begunoh odamlar o’limiga e’tiborsizlik bilan qaramoqda. Shuningdek ular Qonxo’r Bashar qo’lida ikki yuz mingdan ziyod odam qirg’in qilinganidan ko’z yumib kelmoqda.

Afsuski, biz G’arbdagi turli yo’nalishdagi siyosatchilar va axborot vositalarining o’z shaxsiy siyosiy maqsadlarini amalga oshirishda mana shu oddiy insonlar o’limidan foydalanishayotganini ko’rib turibmiz.

Ular muhojirlarga, qochqinlarga va G’arbda yashovchi musulmonlarga nisbatan o’z toqatsizliklarini namoyon qilishmoqda. Musulmonlarning qonunga rioya qilishiga doir savollarni qo’zg’ash va aholi orasida qo’rquv muhitini paydo qilish uchun ular Belgiya hujumlaridan foydalanishmoqda.

Yaqinda Birlashgan Qirollikdagi ayrim siyosatchilar tomonidan mas’uliyatsizlik bilan berilgan bayonotlarni eshitdik. Ular yaqin orada navbatdagi portlashlarga Britaniyaning nishon bo’lishi mumkinligini, shu kungacha terrorizm xavfi bugungi kundagidek ulkan xavfga aylanmaganini, aytishdi. Masalan, sobiq ichki ishlar vaziri Jon Rid Britaniyaning «Bi-Bi-Si» radiosiga bergan intervyusida, terroristlar Bryussel hujumlariga o’xshagan hujumlarni amalga oshirish uchun Birlashgan Qirollik mudofaasini yorib kirishlari mumkinligini aytdi.

Albatta, bunga o’xshash mas’uliyatsizlik bilan berilgan izohlar jamoatchilik fikrini Islom va musulmonlarga qarshi qo’yilishiga olib keladi, yanada ko’proq islomiy yurtlarni bombardimon qilish va u erlarga bostirib kirishga bahona bo’ladi.

Britaniya hukumatidagilar ham Bryusseldagiga o’xshash hodisalardan Islomga va Britaniyada yashovchi musulmonlar jamoasiga hujum qilish uchun bahona sifatida foydalanishmoqda. Ular ko’plab mahalliy chora-tadbirlarini zo’rlab tiqishtirishyapti. Masalan «qanchalik islomlashganing sari, jamiyatga tahdid tug’dirishing ehtimoli shunchalik kuchayadi», degan ma’noda yolg’on tashviqotlar qilish orqali taqiqlash siyosatini qo’llashyapti va bu bilan Alloh Taolo Qur’on va Sunnatda belgilagan asosiy islomiy masalalardan musulmonlarni voz kechishga majbur qilishga urinishyapti.

Bu gaplarning hammasini faqat nafs-havolaridan kelib chiqib gapirishmoqda, odamlarni G’arbning tashqi siyosati va urushlari borasida bahs-munozara qilishdan chalg’itmoqchi bo’lishyapti. Vaholanki, G’arbning tashqi siyosati va urushlari O’rta Sharqda va butun islomiy olamda boshboshdoqlikni vujudga kelishiga sabab bo’ldi.

Afsuski, bugun dunyoda Islomni tatbiq bo’layotganini ko’rmayapmiz. Agar buni ko’rganimizda edi, butun dunyodagi vaziyat bugungidan batamom o’zgacha bo’lur edi.

Islomiy olam muammolari echimi roshid Xalifalikdir, Rosululloh Aning minhoji asosida barpo etilajak Islom davlatidir. Yolg’iz ushbu davlatgina butun dunyo xavfsizligini ta’minlay oladi, bunga tarix etarlicha guvohdir. Eslaylik, Xalifalik sahoba Glar zamonidan boshlandi, so’ng Usmoniylar zamoniga qadar mavjud bo’lib turdi. Shundan so’ng qulatildi. Xalifalik qulatilganiga hali 100 yil bo’lgani yo’q. O’sha vaqtlar davomida O’rta Sharq mintaqasida barqarorlik hukm surgan, bu mintaqa bilan G’arb o’rtasidagi munosabat faqat davlatlararo munosabat shaklida bo’lgan hamda G’arbning harbiy aralashuvi ham, razvedka aralashuvi ham bo’lmagan edi. Xalifalik ag’darilgach esa, o’shandan to shu kunga qadar islomiy olam beqarorlikdan boshi chiqmay qoldi. G’arb hatto Islomni hayotimizdan chetlatdi, ishlarimizga burnini suqib, yurtlarimizni bo’lib tashladi, u erlarga o’ziga malay rejimlarni o’rnatdi… Bularning barchasi mintaqaga va dunyoga beqarorlik, repressiya, qirg’in va vayronalikdan o’zga narsa keltirmadi. Bunga Afg’oniston bilan Iroq guvohdir. Bugungi kunda G’arb mabdasi ortga chekinib, mafkurasiga nisbatan ishonchsizlik paydo bo’lar ekan, G’arb tobora zo’ravonlik yo’liga tayana boshladi. Bu bilan o’z nuqtai nazarini va mintaqa ustidan bo’lgan hukmronligini zo’rlab tiqishtiryapti. G’arbning zo’ravonlik yo’liga tayanishi bunday zo’ravonlikni o’z yurtlariga tortib kirishlariga olib bordi.

Biz bosimlarga taslim bo’lib G’arbning tuzog’iga tushib qolmasligimiz lozim. U siyosiy rejalarini amalga oshirish uchun G’arbdagi musulmonlarga bosim o’tkazmoqda. Chunki G’arbdagi hayotimizda uchrayotgan barcha muammolarimiz, har qancha ko’p bo’lmasin, ularning echimi Islomdadir. Zulmatda yashayotgan insonlarni nurga, ya’ni Islomga da’vat qilishimiz oson kechishi uchun echimni Islomdan olmog’imiz lozim.

Bu erdagi vaziyat barqarorlik sari o’zgarishi uchun avvalo butun islomiy olam nurga burkanmog’i lozim va bu Allohning izni ila, albatta ro’yobga chiqadi. Chunki – kimlarningdir orzuimizga qarshi chiqishidan qat’iy nazar – bu Allohning va’dasidir.

هو الذي أرسلَ رسولَهُ بالهدى ودينِ الحقِّ ليظهرَهُ على الدينِ كلِّهِ ولو كرهَ المشركون

 «U (Alloh) Rosulini hidoyat va haq din bilan – garchi mushriklar istamasalar-da – barcha dinlardan g’olib qilish uchun yuborgan zotdir» [Sof 9]0hizb

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

17 jumodus-soniy 1437h

26 mart 2016m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.