Erdug’on: AQSh yonimizda bo’lishini istaymiz

418
0

Biroz avval AQShga qarata “Ey Amerika! Biz bilan birgamisan yoki terroristlar bilanmi?”, deya murojaat qilgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdug’on Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi munosabatlar tarixda bo’lgani kabi hozirgi paytda ham mustahkam ekanligini ta’kidladi. Prezident bu so’zlarini “St. Regis” mehmonxonasida tashkil qilingan yig’ilishda aytib o’tdi.

“O’tmishda bo’lgani kabi, bugun ham AQSh va Turkiya o’rtasidagi munosabatlar joyida. Hamkorligimizni mushtarak manfaatlar va o’zaro manfaatlar asosida rivojlantirish uchun bor kuchimizni sarflayapmiz va shunday qilishda davom etamiz. O’zaro ziddiyatli masalalarni hal qilishda ham AQSh-Turkiya ittifoqining muqobili yo’qligi aniqdir. Bu erda asosiy masala shuki, xoh strategik darajada bo’lsin, xoh taktik darajada bo’lsin, hamkorlikni haqiqiy ma’noda samarali amalga oshirishdir”, dedi Turkiya Prezidenti.

Ary0q0Gwy2Turkiyaga yaqin mintaqalarda katta halokat va insoniy fojia yuzaga kelganligi va Turkiya tinchlik uchun qo’lidan kelgancha harakat qilayotganiga ishora qilib o’tgan Erdug’on, “bu borada AQSh yonimizda bo’lishini xohlaymiz”, deya qo’shimcha qildi.

Ayni paytda yadroviy xavfsizlik sammitiga ishtirok etish uchun AQShga borgan Erdug’on CNNga bergan intervyusida G’arb davlatlari terrorrizmga qarshi kurashda Turkiyani yolg’iz tashlab qo’yganligini da’vo qildi.

“Bu davlatlarni terrorizmga qarshi kurashda mushtarak pozitsiya egallashga chaqirib kelamiz. G’arb davlatlari bizni yolg’iz tashlab qo’yishdi. Razvedka ma’lumotlarini almashish borasida kutganlarimiz hech qachon amalga oshmadi”, dedi Erdug’on CNNga bergan intervyusida.

Turkiston:

AQSh oxirgi vaqtda Rossiyani ham o’z qo’l ostiga olib, uning ba’zi manfaatlarini inobatga ola boshladi. Rossiyani xursand qilishi uchun Yevropa va Turkiyadagi bir qator qo’poruv amaliyotlarini uyushtirmoqda yoki qo’poruv amaliyotlarini amalga oshirib olishi uchun imkoniyatlar yaratib bermoqda. Oqibatida yuzlagan insonlar qurbon bo’lib borayapti. Bu Amerikani Rossiyaga, Suriya masalasida ko’rsatgan xizmatlari uchun tuhfalari bo’ldi desak bo’ladi.

AQShning bu harakatlari Turkiyani xavotirga sola borayapti. AQShning Rossiya bilan bu hamkorligi qaergacha borishi mumkin. Unga yana qancha be’gunoh qonlar to’kishi uchun imkon beriladi. Albatta Erdug’onni bu muammo qiziqtirmay qo’ymaydi.

Lekin qo’poruv amaliyotlari hali yakuniga etgani yo’q. Putin uchun o’zining adovati bor bir qator tashqi dushmanlaridan qasos olib bo’lgach, asosiy muammosi bo’lgan Rossiya xalqi ustiga qo’poruv ishlarini boshlaydi. Bu Putinning AQShdan o’z xizmatlari uchun so’ragan asosiy xizmat haqqi hisoblanadi. Bu ish xuddi 1990 yillarga o’xshagan suratda amalga oshirilishiga tayorgarlik borayapti. AQSh Putinning bu qalbaki qo’poruv amaliyotlariga ham imkon berishi mumkun ekani kutilayapti.

Yuqorida Erdagon, o’zini AQShga taklif qilayotib, Rossiyani va u qurollantirib borayotgan kurd millatini qo’llovga olishni to’xtatishini so’rayapti. Shuning bilan u o’zini AQSh uchun manfaatliroq xizmatchi qilib ko’rsatishga harakat qiladi. AQSh esa, o’z maqsadiga erishib borayapti. U Rossiyani agressiyassor qilib ko’rsatib Yevropa, Turkiya va Yaqin Sharq mamlakatlarini qo’rqitib olmoqchi edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.