Jenevadagi Suriya muzokaralari jarayoni istiqbollari

385
0

Ahmad Xatvoniy qalamiga mansub

2016 yil 14 mart dushanba kuni Jenevada Suriya muzokaralarining navbatdagi raundi o’z ishini boshladi. Muzokarani har tomonlama BMTning Suriyadagi maxsus vakili Steffan de Misturaning o’zi boshqarib turdi, kun tartibini ham uning o’zi belgiladi. Misturaga ko’ra, yig’in e’lonini muqaddas kitob o’laroq baholash mumkin. Uning aytishicha, bevosita so’zlashuvlar kechikmasdan birinchi bo’lib kelgan delegatsiya bilan belgilangan vaqtda boshlanadi. Dushanba kuni so’zlashuvlardagi eng muhim kun bo’lib bu kuni bir necha masala, xususan uchta eng muhim masala ko’rib chiqiladi. Jumladan: barcha tomonlarni jamlovchi, kengqamrovli yangi hukumat tuzish, yangi konstitutsiya ishlab chiqish hamda 2016 yil 14 martdagi muzokaralar boshlangan kundan e’tiboran, sakkiz oy mobaynida BMT mutasaddiyligi ostida prezidentlik saylovlari va parlament saylovlari o’tkazish masalasi.

Bashar Asad hukumati ham, shuningdek, muzokaralar oliy hay’atida gavdalanuvchi rasmiy muxolafat ham kelishga rozilik bildirdi. Delegatsiyalar bir-birini quvib, Jenevaga shoshildi. Muxolif delegatsiya raisi As’ad Za’biy bilan Jayshul Islomning siyosiy mas’uli «bosh muzokarachi» Muhammad Allush Jenevaga etib kelganidan so’ng so’zlashuvlarda ishtirok etishga tayyorgarlik ko’rilgan holda ikkalasining suratlari chop etildi.

Odatdagidek, muzokaradan keyin va oldin ikki tomon o’rtasida dahanaki tortishuv bo’lib o’tdi. Masalan, shanba kuni asr paytda o’tkazilgan matbuot konferentsiyasida Bashar rejimi tashqi ishlar vaziri Valid Muallim «Jenevaga borganimizda kim bilan muzokara qilishimiz kerak ekan, bilmadim. Bizning delegatsiya 24 soat kutadi, hech kimni topolmaydigan bo’lsa, orqaga qaytaveradi va muvaffaqiyatsizlik javobgarligi ikkinchi tomon zimmasiga tushadi», dedi. Muallim yana de Misturaning muzokara jarayoni boshlanishidan oldin e’lon qilingan shartlarini rad etib, bunday dedi: «BMTning Suriyadagi maxsus vakili Steffan de Misturaning yig’in kun tartibini belgilashga haqqi yo’q. Bu ikkala muzokarachi tomonning kelishuviga muvofiq belgilanadigan narsa. Chunki muzokara asosan faqat Suriyaga xosdir va u Suriya etakchiligida bo’ladi».

O’z navbatida, Suriya muxolafatini gavdalantiruvchi muzokara oliy hay’ati delegatsiyasi raisi As’ad Za’biy ham bunday so’zlarni aytdi: «To’la ijroiy salohiyatlarga ega, jumladan, jumhuriyat prezidentining salohiyatlariga ham ega o’tish davri hukumati hay’atini tashkil etish muzokara jarayoni asosidir». Yana bunday dedi: «Xavfsizlik Kengashining 2254 qarori 12-13 bandlari hanuz chalaligicha qolmoqda. Agar Asad muzokara haqida jiddiy gapirayotgan bo’lsa, u holda, qamoqqa olinganlarni ozod etsin». Bunday qo’shimcha qildi: «Asad rejimi va uning jarchilari Suriyada Bashar Asad rejimi taqdiri haqida gapirishdan oldin, suriyaliklar taqdiri va ularni qutqarish haqida gapirsin». «Bosh muzokarachi», deyilayotgan Muhammad Allush ham bunday dedi: «Valid Muallimning matbuot yig’inidagi gapini eshitdik… bu gapi muzokara borasida uning jiddiy emasligiga dalolat qilmoqda», «Biz Jenevaga Bashar Asadsiz hokimiyat bo’lishi va o’sha erda o’tish davri hay’ati tuzish maqsadida kelganmiz». Muzokarachi tomonlar ommaviy axborot vositalari orqali ham dahanaki tortishuvni davom ettirishdi. Masalan, Muallim «Hukumat hech kimning prezidentlik maqomi haqida bahslashishiga yo’l qo’ymaydi… bu maqom qizil chiziqdir va faqat Suriya xalqining mulkidir», deya ogohlantirdi. Unga raddiya sifatida Suriya muxolafat hay’ati matbuot voizi Munzir Moxus «menimcha, Jeneva yig’iniga putur etkazilmoqda va bu ochiq ko’rinib turibdi… Muallim bu yig’inni hali boshlanmasidan to’xtatib qo’ymoqda», dedi.

Biroq muxolafat delegatsiyasining ham, rejim delegatsiyasining ham de Mistura bayonotiga e’tiroz bildirishiga hamda butun muzokara muhitini qamrab olgan keskin axborot vositalaridagi dahanaki tortishuvlarga qaramay, de Mistura yana o’zining boshda e’lon qilgan pozitsiyalarini ta’kidlashdan qolmadi va «prezidentlik va parlament saylovlari Suriyada, BMT mutasaddiyligi ostida bugundan to o’n sakkiz oy mobaynida bo’lib o’tadi», dedi. Shuningdek, «saylovlar o’tkaziladigan aniq vaqt dushanba kuni Jenevada bo’lib o’tishi kutilayotgan muzokaralar stolida belgilanajagi»ni ta’kidladi.

Keyin 14 mart bilan 24 mart o’rtasida Jeneva yig’inida belgilangan tinchlik muzokaralari uchta masalaga to’xtalishini yana qayta izohlab, barcha tomonlarni jamlovchi va kengqamrovli yangi hukumat tuziladi, yangi konstitutsiya ishlab chiqiladi, 2016 yil 14 martdagi muzokaralar boshlangan kundan e’tiboran, sakkiz oy ichida BMT mutasaddiyligi ostida prezidentlik saylovlari va parlament saylovlari o’tkaziladi deya ta’kidladi.

De Mistura «so’zlashuvlarning birinchi bosqichida loaqal birinchi masalada bo’lsa ham siljishga erishish umid qilinayotgani, bu birinchi masala barcha tomonlarni jamlovchi va kengqamrovli yangi hukumat tuzish masalasi ekani»ni ta’kidladi.

De Mistura muzokaraning bu raundidan so’ng bir haftadan o’n kungacha pauza bo’lishiga va keyin so’zlashuvlar yana davom etishiga e’tiborni qaratdi, so’zlashuvlar rejim vakillari bilan muxolafat vakillarining alohida-alohida zallarda o’tirgan holda o’tkazilajagini bildirdi.

Darhaqiqat, Amerika Rossiya bilan kelishgan holda, allaqachon muzokaraning ayni raundiga zamin tayyorlagan. Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerri Jeneva so’zlashuvlari borasida olg’a siljishga targ’ib qilar ekan, «Bundan ikki hafta avval harbiy amaliyotlarni to’xtatish boshlanganidan beri zo’ravonlik sezilarli darajada orqaga chekindi», dedi. U Saudiya safari yakunlashi oldidan bunday so’zlarni aytdi: «Aftidan, 27 fevralda boshlangan navbatdagi o’t ochishni to’xtatish kelishuvi izchillashgan, zo’ravonlik amaliyotlari ham 90 %ga kamaygan ko’rinadi». Kerri o’t ochishni to’xtatish kelishuvi buzilayotganiga doir Suriya muxolafati shikoyatlarini bunday deya hal qildi: «Qo’shma Shtatlar va Rossiya bu shikoyatlarni o’rganish uchun shanba kuni Iordaniya poytaxti Ammonga yig’iladilar».

Shunday qilib, muzokara jarayoni mustahkamlanganini va endi muzokarachilarning uni amalga oshirishdan qocholmaydigan bo’lishganini guvohi bo’lyapmiz. Amerika de Misturani muzokara vasiysi qilib qo’ydi. U ko’zlagan maqsadiga erishish uchun muzokara jarayonini aniq va puxta rejalashtirilgan yo’ldan olib ketadigan bo’ldi.

To’g’ri, tomonlarning dahanaki tortishuvlari, ayrim taklif qilinganlarning – koordinatsion hay’at raisi Haysam Manno singari – unga borishdan o’zini olib qochishi kabi, muzokara harakatini sekinlashtiradigan ishlar ham bo’lmoqda. Shu orqali muzokara o’z yo’lidan qoqilishi va maqsad sari kechikishi ham mumkin. Biroq muzokara rejasini tuzgan davlatlar nuqtai nazariga ko’ra, muzokara boshlandi, poydevori o’rnatildi va yakuni belgilandi, shularning o’zi uning muvaffaqiyatini ta’minlash va g’oyasiga olib borish uchun kifoya qiladi.

Lekin bu muvaffaqiyat – farazan amalga oshgan taqdirda ham – Suriya ahli istagini ifodalamaydi. Chunki aslida qo’zg’olonni o’shalar boshladilar, tog’ut Bashar Asad rejimining butun arkoni, ramzi va saltanati bilan qo’shib ag’darish sari o’shalar qo’zg’aldilar. Bu muzokara esa bugun shu rejimning mustahkamlanishiga va basharasini chiroyli qilib ko’rsatilishiga, eng kamida, shu qonxo’r rejim boshqaruvida hamkorlik qilinishga hissa qo’shmoqda. Bu hamkorklikni amalga oshirish uchun rejimning davlatiga, xavfsizlik xizmatiga va armiyasiga bir oz yamoq solish, bo’yab ko’rsatish kerak bo’ladi, xolos. Ana shunda xuddi bugungi rejimga o’xshagan yana bir yangi rejim ishlab chiqilgan bo’ladi. Ammo bu yangi rejim hatto muzokarachilarning o’zlarining istaklaridan bir kichik qismini ham qondirolmaydi. Muzokaraning asosiy printsipini rad etib kelayotgan kishilar istaklariniku ertaqachon qondirolmaydi.

Bu muzokara hatto tog’ut shaxsining va uning ayrim yordamchilarining ketishi bilan yakunlangan taqdirda ham, rejimning sobiq poydevorlari saqlanib qolaveradi, Amerika va Ummat dushmanlariga tobe bo’lish ko’lami yanada ortadi. Binobarin, shunday zahriqotil muzokara tufayli qo’zg’olon ham halok bo’ladi…

Biroq haqiqiy qo’zg’olonchilar bunday muzokara botqog’iga hargiz tortilmaydilar, Amerikaning yolg’on va’dalariga ham, uning yugurdagi de Misturaning «muqaddas kitob»iga ham hargiz aldanmaydilar, qo’zg’olon aslo to’xtamaydi… Ular qonxo’r rejim tayanchlarini parchalab, oyoqlari ostida tepkilab, butunlay vayron etib yo’q qilmagunlaricha va uning xarobalari uzra haqiqiy islomiy borliqni barpo etmagunlaricha, zinxor qurollarini tashlamaydilar. Shundan keyin muzokarachilarning shuncha elib yugurib, xalloslab qilgan muzokara raundlari shamolga uchadi-ketadi, ularning «chiroyli» orzulari ham, xo’jayinlarining shaytoniy niyatlari ham chang misol to’zg’ib yo’qoladi.

Roya gazetasining 2016 yil 16 mart chorshanba kungi 69-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.