Isroil Turkiyaga tashakkur bildirdi

403
0

Oxirgi marta Turkiyaning Istambul shahrida portlash yuz berishi ortidan Isroil tashki ishlar vazirligining bosh kotibi Dore Gold Istambulga keldi. Portlash oqibatida uch isroillik halok bo’lgan va 11 nafari jarohat olgan edi. Gold Isroil tarafidan hujumga uchragan Moviy Marmara hodisasidan keyin Turkiyaga kelgan birinchi Isroil rasmiysidir.

AQShga qilgan safarini yarmida to’xtatib Istambulga kelgan Dore Gold Turkiya tashqi ishlar vaziri Faridun Sinirlio’g’li bilan uchrashdi. Isroil rasmiysi Turkiya mas’ullarining Isroil bilan hamkorlikni davom ettirayotgani uchun tashakkur bildirdi. O’zaro uchrashuv chog’ida terrorga qarshi kurashda ikki davlatning umumiy pozitsiyasi bir xil ekanligiga urg’u berildi.

Ayni paytda Isroilga tobe diplomatik manbalar Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo’g’lining Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahuga yo’llagan ta’ziya maktubidan yahud hukumati o’ta mamnun ekanligini qayd etdi. Dovudo’g’li portlashda halok bo’lgan Isroilliklar uchun Isroil bosh vaziriga ta’ziya maktubi yuborgan edi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdug’on ham Turkiyadagi yahudiylar xoxomboshisi Isak Haleva va Turkiyadagi yahudiylar jamoasining rahbari Ishoq Ibrohimzodaga qo’ng’iroq qilib, o’z ta’ziyasini bildirdi. Isroilga tobe diplomatik manbalarning ta’kidlashicha, bunday hodisalardan so’ng ham davom etgan hamkorlik ikki taraf o’rtasidagi ishonch tuyg’usini kuchaytiradi.

“Biz bu hodisa izidan Turk rasmiylari bilan tuzgan hamkorligimizda ularning yaxshi niyatda ekanliklarini ko’rdik. Bundan albtta o’zaro aloqalarimizni yuqori darajaga ko’tarish uchun foydalanishimiz mumkin”, deydi Isroil manbalari.

Ammo Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati bunday hodisalardan qutulishning yagona yo’li AQSh, Britaniya, Frantsiya, Rossiya va Isroil kabi terrorchi davlatlar bilan aloqani uzish bilan amalga oshishini tinmay takrorlab kelmoqda. Uning ta’kidlashicha, bu davlatlarning soxta do’stliklariga aslo ishonmaslik lozim. Ularning elchixonalari darhol yopilib, o’zlari yurtdan quvib chiqarilishi kerak. Hokimlar AQSh va G’arb davlatlariga emas, balki Allohga yaqinlashishga intilishlari va demokratiyaga emas, balki shariatga quchoq ochmoqlari lozim. Aks holda bunday portlashlar va qonlarning oqishi to’xtamaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.