“Qant” aviabazasidagi harbiy samolyotlar Tojikistondagi o’quv mashg’ulotlarida ishtirok etadi

532
0

Rossiyaning Qirg’izistonda joylashgan “Qant” aviabazasi harbiy uchuvchilari 15 martdan 20 martga qadar Xatlon garnizonining “Laur”, “Sumbula”, “Momirak”, “Harbmaydon” va “Xalqayor” poligonlarida bo’lib o’tadigan keng ko’lamli Tojikiston-Rossiya harbiy o’quv mashg’ulotlarida ishtirok etishi ma’lum bo’ldi.

O’quv mashg’ulotlariga tayyorgarlik 9 mart kuni boshlandi. Ertasi kuni An-124 “Ruslan” transport samolyotlari Dushanbega zamonaviy mobil boshqaruv punktlari, avtomatlashtirilgan tizimlar va aloqa texnikalarini etkazib keldi.

“Havo transporti bilan harbiy avtoinspektsiya va harbiy politsiya bo’linmalari etib keldilar, ular kolonnalar harakatini amalga oshirish, asosiy lagerlar va dala aloqa maskanlarini qo’riqlash bo’yicha vazifalarni bajarish bilan mashg’ul bo’ladilar”, – deydi Markaziy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondonining yordamchisi polkovnik Yaroslav Roщupkin.

Unga ko’ra, qo’shma manevrlarda Tojikiston Mudofaa vazirligi va RF Markazy harbiy okrugi organlari, moto-o’qchilar, tank va artilleriya bo’linmalari, spetsnaz hamda prashyut-desant va desant-shturm guruhlari ishtirok etadilar. Amaliy harakatlar havodan turib qudratli qo’shma aviatsiya guruhi tomonidan qo’llanadi.

“Ikki armiya harbiy xizmatchilari birgalikda harakat qilish masalalarini, tog’li hududlarda noqonuniy qurolli tuzilmalarni zararsizlantirish, shartli raqibning bazalari, omborlari va boshqa ob’ektlarini yo’q qilish bo’yicha kelishilgan amaliyotlarni o’tkazishni mashq qilib oladilar”, -deya qo’shib qo’ydi Roщupkin.

Turkiston:

Har qanday hamkorlikda o’tkaziladigan harbiy mashg’ulotlar muayyan maqsadlar sari yo’naltirilgan bo’ladi. Rossiyaning ushbu harbiy o’quv mashg’ulotlari ham bir necha maqsadlarni ko’zlagan bo’lishi aniq.

O’rta Osiyo mamlakatlari oxirgi vaqtlarda Rossiyaning mustamlaka ta’siri ostidan chiqib ketish arafasida turgandek, qalqiy boshladi. Ular hozirda iqtisodiy va saqofiy tomonlardan G’arb madaniyati va iqtisodi tomon yura boshlashdi. Rossiya bu sohalarda ushbu davlatlarga unchalik ta’sir qila olish quvvatiga ega emas. Putinda hozir deyarli faqat harbiy bosim berish quvvati mavjud xolos.

Qirg’izistonda esa, siyosiy vaziyat yana taranglasha boshladi. Bu jarayonlar ham Rossiyaning bevosita ishtirok etishga majbur qiladigan holatdir. Chunki u mintaqada o’z ta’sirini mutlaq yo’qotib qo’yishdan qo’rqadi. Shuning uchun mavjud harbiy quvvatini Qirg’izistonga yaqinroq olib kelib qo’yadi. Harbiy o’quv mashg’ulotlaridan kutilayotgan maqsadlarning biri shu. Balki bu ishlar ustida Putin bilan Atambaev oxirgi uchrashganlarida kelishib olishgan bo’lishlari ham mumkin.

Rossiya mashg’ulotni bahona qilib, mintaqaga bir qator maxsus harbiy askarlar va texnik moslamalarni ham olib kirib oladi. Bu esa unga xuddi Yugolaviyani bir zumda bosib olganidagi kabi, harbiy bosqinchilik darkor bo’lib qolsa, tez bosib olish uchun shay turish imkonini beradi. Bu holat G’arbga va uning ko’rsatmalari bilan harakatlanishayotgan har qanaqangi kuchlarga bir oz muammo tug’diririb qo’yishi aniq. Qirg’iz hukumatini esa, Rossiya bilan hamkorlik ko’lamini bir oz bo’lsa ham orttirishga majbur qiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.