Qirg’iziston kuch tizimlari va xavfsizlik qo’mitasi…

473
0

Qirg’iziston kuch tizimlari va xavfsizlik qo’mitasi hamkorlikda diniy idoralar vakillarini muxolifat harakatlariga va islomiy muhitga qarshi qurol sifatida tayorlay boshlashdi

MMXQ (mamlakat milliy xavfsizlik qo’mitasi) tomonidan olib borilayotgan yangi loihaga ko’ra, Qirg’iz milliy diniy shaxslar uyushmasi tashkil etilmoqda. Uyushmaga diniy ilmi bo’lgan bir qator etakchi qirg’iz ulamolari boshchilik qilishayapti. Maqsadlari, mamlakatdagi diniy vaziyatni hukumatning olib borayotgan siyosatiga muvofiqlashtirishdan iborat.

Hukumat diniy uyushmaning qo’li bilan “iymon” fondi tasarrufoti ostida tayorlov kursini o’tkazdi. 2500 imomdan faqat 800 tasigina imtihonlardan o’tib, hukumat talabiga mos imom deb tasdiqlandi. Imomlar faqat shariat ilmlarini bilish darajalariga binoan emas, balki ilmoniy kufr sistemasiga muvofiq ish olib bora olishlariga ko’ra ham imtihon qilingan. Natijasi ko’rinib turganidek, juda ko’p imomlar kufr sistemasiga Islomni tobe qilib berish bilan oxiratdagi hayotlarini kuydirib yuborishdan bosh tortishgan.

Qirg’izistonda oxirgi oylarda masjid imomlariga muftiyotdan markazlashgan mav’iza varaqalari beriladigan bo’ldi. Juma xutbasidagi mav’izalar yuqoridan tasdiqlangan fikrlar asosida olib borilmasa,imomlar MMXQ va IIMning maxsus bo’linmalari tomonidan qurqitilib, har xil siquvlarga olinadi.

Oxirgi juma xutbalari uchun belgilangan mav’izalarning biri Hizb-ut Tahrir islomiy siyosiy partiyasiga qarshi ig’vo va bo’hton toshlarini otish topshirig’i asosida bo’lib o’tdi. Ko’p imomlar bu buyruqqa itoat qilishmadi. Lekin ba’zi imomlar biroz engilroq, ba’zilari esa chin yuraklaridan chiqarib maviza tuzib, musulmonlarga va’z qilib berganlari ham bo’ldi.

Vaholangki shu kunlarda Hizb yigitlari mana shu islomiy shaxslar bo’lgan imomlarning ayollariga tajovuz qila boshlagan IIM xodimlariga, “Ayollarimizdan, onalarimizdan iflos qo’llaringni tortinglar, kerak bo’lsa bizlarni qamanglar”, deb keng siyosiy chiqish qilib bergan edilar. Shu siyosiy erk va jasorat bilan chiqish bo’lmaganida edi, ular bir chetdan – imomlarmi yoki boshqalarmi, surushtirib o’tirmay – hijobli ayollarni qamoqqa olish bilan, erkaklardan pul undira boshlashlari aniq edi. Juma mavizalarida ayollar himoyasi uchun bir og’iz so’z ayta olishga ham jasorati etmagan bu imomlar armiyasi Hizbga qarshi soatlab va’z irshod qilishdi.

Hukumat masjidlarga qo’shni bo’lgan savdo rastalarida aroq va boshqa harom ichimliklar sotilishiga ruxsat beradi. Maktablarda qizlarimizga va o’qituvchi ayollarimizga hijobni va ro’mol o’rashni ta’qiqlashadi. Bugunga kelib, ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi ayolga uylanishdan mahrum qilish maqsadidagi, Salyalovaning maxsus noshar’iy loihasi ilgari surila boshlandi. Buning bilan, Alloh halol qilgan bir necha ayollarga nikoh o’qitib olish ta’qiqlanadigan bo’ldi. Chunki hukumat, faqat bitta nikohga ruxsat beradi va ZAGS ro’yxatiga oladi. Qolganlari uchun faqat zino eshigi ochiq holicha qolavaradigan bo’ldi. Hatto Chuvak hoji bu noshar’iy loihani yuz foiz qo’llashligini bildirib, loihani to’ldirish, yanada mukammallashtirish uchun Salyanova bilan maxsus muhokama yig’ini uyushtirishdi.

Muftiyot va imomlar esa, musulmonlarni yuqoridagi noshar’iy ishlardan qaytarish o’rniga, uyalishmay kufrning manfaatlariga xizmat qilishda davom etib borishayapti. Nahotki, ularga shu dunyodagi arzimas manfaatlar, oxiratdagi abadiy rohat va farovonliklardan afzal ko’rinayotgan bo’lsa. Nahot, ular o’z mav’izalarida keltirishayotgan sahobalar qissalarini o’zlari eshitishmayotgan bo’lishsa. Nahotki, organ xodimlari ularning ko’zlariga o’lim farishtasidan ham qo’rqinchliroq ko’rinayotgan bo’lsa. Nahotki, ularning qalblari Alloh tomonidan qulflangan bo’lsa.

Kufr bilan hamkorlik qilish faqat kofirlar bilan bevosita olib boriladigan amallar bilangina amalga oshirilmaydi. U kimlar bilan birga olib borilsa ham, kufr andozalari, manfaatlari va uslublari asosida borishi bilan noshar’iy ekanligi tasdig’ini topaveradi. Masalan: biror shar’iy to’g’ri ishni, noshar’iy yo’l bilan amalga oshirish, aytaylik, o’g’rini qo’lini kesish amaliyotini, shar’iy qozining hukmisiz amalga oshirib yuborish kabi. Yoki Biror shaxs yoxud jamo’aga kufr nisbatini berish (takfir qilish va murtadga chiqarish) va shunga munosib hukmini ijro qilish uchun ham shar’iy qozining hukmi vojib bo’lgani singari.

Ulamolarimizning ba’zilarida jamiyatimizni tozalash, uni buzuq unsurlardan holi qilish uchun har qanday vositalardan foydalansa bo’laveradi, degan noto’g’ri tushunchalar hukmron bo’lib qolgan. Ular shu fikrlari asosida Allohning taqdirotida bo’lgan ba’zi bir yomon ko’rinishlarni bartaraf qilishni bahona qilib, ya’ni jamiyatimiz, millatimiz va vatanimiz farovonligi zarur, degan bayroqlar ostida, kufr bilan hamkorlik qilib bo’lsa ham, jamiyatimizda yaxshi ko’rinishlarni himoya qilishimiz lozim, deb o’ylashadi. Aslida jamiyatimizdagi barcha buzuq ko’rinishlar Allohning bizlarga bo’lgan bir sinovidir. Unga qarshi kurashayotganimizda Allohning hukmlaridan chetga chiqib, haddimizdan oshib ketmaslik bilan bu imtihondan o’ta olgan bo’lamiz, insha Alloh.

Shuning uchun shar’iy hukmlar kufr sistemasiga ham, deputatlarning o’zlaridan kelib chiqib chiqargan hukmlariga ham muhtoj emas. Jamiyatni isloh qilish faqat Allohning qo’lida. U Zot musulmonlarga nusrat berish orqali, ularning qo’llari bilan jamiyatni poklaydi. Musulmonlarning vazifalari esa, o’z aqllari bilan jamiyatni isloh qilish haqida bosh qotirish emas, balki shar’iy hukmdan chetga chiqmay, Alloh tomonidan keladigan nusratni kutib, unga loyiq sabr va sabotda turib berishdan iboratdir. Kufrdan umid qilish biz musulmonlar uchun o’ta pastkashlik hisoblanadi.

Alloh bergan obru-e’tiborlarimizni omonat deb bilib, uni o’z egasiga xiyonat qilmagan holda topshirishga harakat qilaylik. Oddiy omi xalq olimu ulamolarga ergashgani uchun gunohkor bo’lmaydi, insha Alloh. Ulamolar ularning gunohlarini o’z gardanlariga olib qolishlari mumkin, Alloh saqlasin. Ulamolar va Alloh diniy obruy bergan islomiy shaxslar, ummatni to’g’ri yo’l sari etaklanglar. Qo’rqsalaring bir chetga chiqib, tomosha qilib turganlaring ma’qulroq, chunki buning sizlarga ziyoni ozroq, o’zlaring uchun. Payg’ambarimiz SAV “sizlardan qaysi biringiz munkarni ko’rsa qo’li bilan qaytarsin, buning imkoni bo’lmasa tili bilan qaytarsin, unga ham qodir bo’lmasa qalbida yomon ko’rib tursin, bu esa iymonning eng zaifidir” dedilar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.