Moskvada da’vatni etkazuvchi birodar qamoqqa olindi

441
0

Moskvada da’vatni etkazuvchi birodar qamoqqa olindi

Moskva shahridagi Mishan sudi Hizb ut-Tahrir a’zosi 1986 yilda tug’ilgan Munirxon Boboevni qamoqqa olish to’g’risida qaror chiqardi. Munirxonga Rossiya Federatsiyasi jinoyat kodeksining 205 modda 1-bandiga muvofiq ayblov e’lon qilindi. Bu terroristik tashkilot tuzish qayd etilgan band bo’lib, unda 15 yildan umrning oxirigacha qamoq jazosi belgilanishi mumkin.

Hizb ut-Tahrirning hech qanday terroristik amaliyotga aloqasi yo’qligi haqiqat, albatta. Ammo Rossiya xavfsizlik xizmati bunga umuman parvo qilmay, Hizb a’zolarini ta’qib ostiga olish va ulkan jinoyatlarda ayblashni davom ettirmoqda. Birgina Moskva shahri va oblastida Hizb ut-Tahrirda faoliyat qilganlik ayblovi bilan 2015 yil oxiriga qadar o’nlab musulmonlar qamoqqa olindi. Rossiyaning qolgan mintaqalarida yuzlab Hizb a’zosi qamoqqa olinib, hanuz hibsda saqlanmoqda.

Rus hukumati islomiy siyosiy partiya bo’lgan Hizb ut-Tahrir ustidan tuhmatlar yog’dirib, uni terroristik tashkilot deya da’vo qilmoqda. Shuningdek, muborak Shom zaminida Muhammad Rosululloh Aning tariqati asosida roshid Xalifalikni qayta barpo etishga harakat qilayotgani sababli Suriya ahlini ham terroristlar deya da’vo qilmoqda. Rossiya so’zdan boshqa quroli yo’q shaxslarni qamoqqa tashlash bilan bir vaqtda, minglab musulmonlar boshiga o’z uchoqlaridan bombalar yog’dirmoqda.

Alloh Taolodan Ummati Islomiyadan bunday tang-baxtsizlikni daf qilishini va musulmonlarga nisbatan jinoyat sodir etgan kimsalar jazolanadigan kunni tezlashtirib berishini so’rab duo qilamiz. Alloh Subhanahu va Taolo bunday deydi:

 ﴿وَلَا تَحْسَبَنَّ اللَّـهَ غَافِلًا عَمَّا يَعْمَلُ الظَّالِمُونَ ۚ إِنَّمَا يُؤَخِّرُهُمْ لِيَوْمٍ تَشْخَصُ فِيهِ الْأَبْصَارُ * مُهْطِعِينَ مُقْنِعِي رُءُوسِهِمْ لَا يَرْتَدُّ إِلَيْهِمْ طَرْفُهُمْ ۖ وَأَفْئِدَتُهُمْ هَوَاءٌ﴾

«Siz – Alloh zolim kimsalarning qilayotgan amallaridan g’ofil, deb hargiz o’ylamang! Faqat Alloh ularni(ng jazolarini) ko’zlar (dahshatdan) qotib qoladigan (qo’rqinchli qiyomat) kuniga qoldirmoqda, xolos. (U kuni) ular boshlarini (osmonga) ko’targan hollarida (chorlangan tomonga hisob-kitob uchun) chopurlar. Ko’zlari o’zlariga qaytmaydi (ya’ni, qo’rquvdan qotib qolib, o’zlarining qanday holda ekanliklarini ham ko’rmaydilar). Dillari (dahshatdan) bo’m-bo’sh bo’lib qolur» [Ibrohim 42-43]0hizb

Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi

Rasmiy sayt: www.hizb-russia.info

Elektron pochta: mediaoffice.htr@gmail.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.