Putin: Suriyadagi kuchlarimiz Rossiya manfaatlarini va u erdagi tinch aholini himoya qilyapti!!!

425
0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda shanba kechqurun «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan o’tkazilgan tantana marosimida «Bizning qurolli kuchlar Suriyada Rossiyaning milliy manfaatlarini himoya qilyapti hamda u erdagi tinch aholini terrorizmdan himoya qilishda yordamlashyapti», dedi.

Putin Suriyadagi Rossiya qurolli kuchlari amaliyotlarini yuksak baholab, «Suriya bo’hronini siyosiy va diplomatik yo’llar bilan hal qilishga harakat qilamiz», deya ta’kidladi.

U yana bunday dedi: «Bugun askarlarimiz Suriyada harbiy amaliyotlarni olib borar ekanlar, ularning jangovar mahorati tobora kuchaymoqda. Ushbu Yaqin Sharq mintaqasida jang olib borayotgan Askar va zobitlarimiz Rossiya Federatsiyasi manfaatlarini himoya qilmoqdalar hamda mamlakatimizni to’g’ridan-to’g’ri dushman deb atab, o’zlarining Rossiya va mustaqil davlatlar hamdo’stligi hududlariga qadar kengaytirish rejalarini yashirmayotgan jangarilarni yo’q qilmoqdalar».

Vladimir Putin Rossiyaning Suriya bo’hronini siyosiy va diplomatik yo’llar bilan hal etishga harakat qilayotganini ta’kidlar ekan, «Biz har qanday bahsli muammolarni faqat siyosiy va diplomatik vositalar bilan hal etishga har doim intilib kelganmiz va turli davlatlarda barqarorlikni qayta tiklashga hissamizni qo’shganmiz, keskin krizislar olovini o’chirishga yordam berganmiz. Bunday holatlarda shunga harakat qilamiz», dedi. (Rossiya segodnya).

Roya gazetasi sharhi:

Rossiyaning Suriya bo’hroniga burnini suqib, Shom ahliga qarshi Bashar Asad rejimini qo’llab-quvvatlashi boshidanoq ma’lum edi. Biroq rus prezidenti Rossiyaning Shom ahliga qarshi agressiyasini «tinch aholini himoya qilish uchun», deya sifatlab o’z xalqini aldayapti!!

Xo’sh, Rossiyaning Amerika himoyasi ostida Suriyada ochiqdan-ochiq sodir etayotgan terrorchiligidan ham yomon terrorchilik bormi?! Shunday bo’lishiga qaramay, Rossiya har qanday bahsli muammoni faqat siyosiy va diplomatik vositalar bilan echishga urinib kelayotganini da’vo qilyapti. Demak, Rossiyaning Chechenistonda, O’rta Osiyo respublikalarida sodir etgan va hozirgi kunda Suriyada sodir etayotgan qilmishlari muammoni siyosiy va diplomatik vositalar bilan echish ekanda?? Rossiya Islom va musulmonlarga qarshi mana shunday agressiv siyosat yurgizib kelayotgan bo’lsa-yu, Putin musulmonlardan Rossiyani dushman deb hisoblamaslikni umid qilyaptimi??!!

Roya gazetasining 2016 yil 24 fevral chorshanba kungi 66-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.