Bioenergiya bilan davolash

664
0

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan (fiqhiy)

Iman Thawabtehning bioenergiya bilan davolanish haqidagi savoliga javob

Savol: Assalamu alaykum, men Xalil universitetida tibbiy hamshiralik bo’yicha tahsil olayotgan toliba qizman. Bizga dars berayotgan professor ayol energiya bilan muolaja qilish kurslarini boshladi, u mana shu mavzu bo’yicha to’liq tadqiqot olib borib, mahoratini oshirmoqchi.

Lekin bir kursdoshimiz bu mavzu haqida bahs qilib uning shar’an harom ekanligini aytmoqda. Lekin professor ayol undan buning haromligiga bir qat’iy shar’iy dalil keltirishini talab qildi. Chunki bu ayol bu mavzu bo’yicha o’zining tadqiqotlarini to’liq oxiriga etkazmoqchi. Lekin o’sha tolib kursdoshimiz bu mavzu haqida Qur’on va Sunnat nabaviyadan bir aniq dalilni keltirolmadi. Siz bu mavzu bo’yicha o’z rayingizni bildirib, dalil keltirishda menga yordam bera olasizmi? Shuni iltimos qilaman.

Javob: Energiya bilan davolash deganda nima ko’zda tutilganligi savoldan aniq emas. Savol bergan bu qiz energiya bilan muolaja qilish ma’nosini ochiqroq bayon qilsa yaxshi bo’lardi. Shunda biz uning savoliga qarab javob berar edik…

Shunga qaramay bu mavzuga harom bo’lishni kiritilgani meni bu qiz masalan nur sochuvchi energiya kabi his qilinadigan moddiy energiya va lazer bilan muolaja qilish haqida so’ramayapti, deb taxmin qilishga majbur qildi. Nurli muolaja saraton kasalligini muolaja qilish uchun qo’llanadi. Bunda energiyaning yuqori darajadagi nurlari qo’llanadi yoki magnit rezonans tasviri Magnetic resonance imaging (MRI) (uni majozan magnit nurlarni o’tkazish deyiladi) yoki shunga o’xshashlar qo’llanadi. Bu va shularga o’xshashlar bilan muolaja qilishda hech bir gunoh yo’q. Men savol bergan qiz bioenergiya deb atalayotgan energiya haqida so’rayapti, deb taxmin qilmoqdaman… Agar shu energiya bilan muolaja qilish haqida so’rayotgan bo’lsa Allohdan tavfiq so’rab quyidagilarni aytaman:

Bioenergiya bilan davolash mavzusi bo’yicha o’zimiz voqif bo’lgan ma’lumotlarga ko’ra uning buddizm falsafasi asoslaridagi muolajaning bir turi ekanligi ayon bo’ldi. Bu falsafa egalarining da’vo qilishicha u psixologik jismoniy va ruhiy muolaja bo’lib, u insonga g’ayb bo’lgan ta’sir etuvchi narsalarni tushunib etish asosiga qurilgan emish, ko’zga ko’rinmas bu ta’sir etuvchi narsalarni qadimgi sharqliklar kashf etgan emish, ularning eng muhimi koinotda kezib yuruvchi «i», «tsi» «prana» nomli bir quvvatning borligi emish. Inson tuzalishi qiyin jismoniy kasalliklardan tuzalishga va ruhiy iztiroblardan, siqilishdan saqlanishga erishish uchun, balki ta’sir qiluvchi psixologik qudratlarga erishish uchun ana shu quvvatdan kuch olishi va o’z tanasining ko’zga ko’rinmas qismlarida oqayotganini his qilishi mumkin emish. Bu quvvat insonga muvaffaqiyatga erishish, odamlarni o’zgartirish, ularning badanlarini va ruhiyatlarini zo’r muolaja qilish imkonini berar emish. U ba’zi aldamchilik va ko’z bo’yamachilik mashg’ulotlari bilan aralash «muolaja»dir… Hech shubha yo’qki, bunday «muolaja» haromdir. Chunki u Islomga xilof bo’lgan buddizm falsafasi asoslariga tayanadi va firibgarlik va ko’z bo’yamachilikning bir turidir…

Shunday ekan uni harom deyish uchun bu erda Kitob yoki Sunnatdan bioenergiya degan narsa bilan muolaja qilish haqida so’z yuritadigan biron nasning bo’lishi lozim emas. Aksincha bu muolajaning buddizmning butparast asoslariga tayanganligi va unga ba’zi aldamchilik va ko’z bo’yamachilik mashg’ulotlari aralashgani aniq ekanligining o’zi uni harom deyish uchun kifoya qiladi…

Agar mana shu savolning mavzusi bo’lsa unga javob yuqorida aytilgan javobdir. Agar boshqa turdagi mavzu bo’lsa insha Alloh unga javob berishimiz uchun aniq qilib aytilsin.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

8 jumodul-avval 1437h

17 fevral 2016m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.