Shom ahlini Mo”tasimgina qutqaradi!

465
0

Shom ahlini xalqi va dinini sotgan hokimlar, qullarcha muzokara olib boruvchilar emas, balki ularga yordam beruvchi yangi Mo”tasimgina qutqaradi!

Oxirgi paytlarda axborot vositalarida gap-so’z asosan Suriyaga quruqlik kuchlarini yuborishga tayyorgarlik haqida bo’lib qoldi. Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad ibn Abdurrahmon Oli Soniy 2016 yil 14 fevralda «Davlat tashkilotiga qarshi urush qilish uchun Suriyaga quruqlik kuchlarini xalqaro koalitsiya doirasida yuborish o’ta zarur bo’lib qoldi» dedi. Saudiya mudofaa vaziri idorasidagi maslahatchi general Ahmad Usayriy esa Saudiyaning «Arabiyya» kanaliga o’tgan haftada berilgan intervyularda o’zining mamlakati «Davlat tashkiloti»ga qarshi quruqlik amaliyotlarida ishtirok etishga tayyor ekanini bildirdi.

Suriyaga quruqlik kuchlarini xalqaro koalitsiya doirasida yuborish faqat Amerika rejasini amalga oshirish ekanligi ma’lum bo’lib qoldi. Bu rejada musulmonlarning hokimlari ishtirok etmoqda. Qo’zg’olonning butun yillari davomida biz bu hokimlarning qo’zg’olonni bartaraf qilish uchun G’arb loyihasi bo’yicha harakat qilib kelishayotgani bizga yaxshi ma’lum. Saudiya hokimlari homiyligida o’tkazilgan Riyoz konferentsiyasi qonxo’r Basharni echimning bir qismi qilishga va uning jinoyatchi rejimi bilan olib boriladigan muzokaralarga qonuniy tus berishga, aniqrog’i ichkaridagi guruhlar tomonidan qonuniy tus berilishga urinish ekaniga eng yaqqol dalildir. Maqsad ichkaridagi bu guruhlarni Amerika rejasida ishtirok ettirish yoki loaqal ularni Amerika echimiga qarshi turadigan har bir guruhni «terrorizmga qarshi urush» degan bahona ostida yo’q qilishda betaraf qilib, bir chetda tomoshabin bo’lib turadigan qilib qo’yishdir. Buni Kerrining o’zi ochiq aytdi. Demak Saudiya, Turkiya va Qatarning qo’zg’olonga yordam berishga juda haris ekanligi haqida jar solishlari va bu jar solishlardan keyin Turkiyaning kurdlar mintaqalarini bombardimon qilgani ko’z bo’yamachilik qilib aldashdan boshqa narsa emas. Muzokaralardan oldin harbiy bosim o’tkazish esa quyidagi ikki maqsadni amalga oshirish uchundir: Birinchisi: rejimni g’alabalarga erishtirish unga muzokaralarda pozitsiyasini kuchaytirishiga yordam qiladi. Ikkinchisi: mintaqalarni uzib qo’yish va qamal qilish. Bu ahvol odamlarga ular yon berishni qabul qilishlari uchun oqlovchi bahonani paydo qiladi va muxlis qo’zg’olonchilarni – ular Amerika tiqishtiradigan har qanday echimni qabul qilishga majbur bo’lib qolishlari uchun – zaiflashtiradi.

Muborak Shom eridagi ey musulmonlar: ma’lumki, musulmonlar yurtlaridagi hokimlar kofir G’arbning va uning boshchisi Amerikaning buyruqlarini bajaradigan yugurdak malaylardir. Buni sizlarga muborak Shom qo’zg’oloni ochib tashladi. Bu hokimlarning malayligi ularning sizga yordam berishdan qo’rqishlari, sizga qarshi qilinayotgan jinoyatlarga indamay sukut qilib turaverishlari va Amerika rejasi bo’yicha qadamma-qadam, qarichma-qarich harakat qilishayotgani orqali ochilib qoldi. Shuning uchun bu malaylardan o’ta ehtiyot bo’lish lozim, ular bilan hamkorlik qilish emas, aksincha ularga nisbatan dushmanlik munosabatida bo’lish lozim. Eng avvalo bu malaylarni begona o’tdek yulib, uloqtirib tashlashga harakat qilish lozim. Chunki bu malaylar mavjud bo’lib turaverar ekan musulmonlarning hech bir ishi aslo o’nglanmaydi. Shuning uchun bu malay hokimlardan Alloh rozi bo’ladigan yoki musulmonlarning qonini, or-nomusini va bergan qurbonliklarini saqlab qoladigan biron echimni aslo kutmang. Guruhlarning Alloh arqoniga mahkam yopishishlarigina va roshid Xalifalik loyihasi tevaragida nusrat ahllari sifatida birlashishlarigina sizning aziyat-qiyinchiliklaringizga barham beradi. Xalifalik shahidlar qoni va musulmonlarning or-nomuslari uchun albatta intiqom oladi. Shunday ekan, guruhlar qo’mondonlari bo’lgan farzandlaringiz qo’llarini tuting, ular kofir G’arb va uning malaylari bilan ulab turgan barcha arqonlarni qirqib, uzib tashlasinlar, faqat Allohning metin arqonigagina yopishsinlar va shundan keyin Damashqdagi zaharli ilon boshiga zarba berib uni yanchib tashlasinlar, bu rejim vayronalari ustida Alloh hukmini o’rnatsinlar. Shuni yaxshi bilinglarki, umid faqat Yolg’iz Allohdandir. Nusrat-yordam faqat Uning huzuridangina keladi. U qanday ham yaxshi mavlo va qanday ham yaxshi yordamchidir.

Alloh Taolo dedi:

﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنْ تَنْصُرُوا اللَّهَ يَنْصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُمْ * وَالَّذِينَ كَفَرُوا فَتَعْسًا لَهُمْ وَأَضَلَّ أَعْمَالَهُمْ﴾

«Ey mo’minlar, agar sizlar Allohga yordam bersangizlar (ya’ni Uning yo’lida jihod qilsangizlar), U zot ham sizlarga yordam berur va jang maydonida kadamlaringizni sobit-barqaror qilur. Kofir bo’lgan kimsalar uchun esa halokat bo’lur va (Alloh) ularning amallarini zoe ketkazur» [Muhammad 7-8]

Hizb ut-Tahrir-Suriya viloyati matbuot bo’limi

Skype: TahrirSyria

Elektron pochta: media@tahrir-syria.info – ahmadabdalwahab2@gmail.com

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.