Temir Sariev AQSh elchisi bilan uchrashdi

400
0

Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev Rossiya bosimi ostida “Manas” aeroportidan AQSh harbiy bazasini chiqarib yuborish to’g’risida qaror qabul qilishga majbur bo’lgan va bu ishni “fuqaroviy aeroportda harbiy bo’linmalar bo’lmasligi kerak” deb izohlagan edi. Qirg’izistonning bu qarori ortidan ikki davlat o’rtasida boshlangan sovuqchilik o’tgan yilning 15 iyuli kuni AQSh davlat departamenti tomonidan Azimjon Asqarovni “Inson huquqlari himoyachisi” mukofoti bilan taqdirlanganidan so’ng Qirg’iziston hukumati bundan 22 yil avval imzolangan hukumatlararo hamkorlik kelishuvini bir tomonlama bekor qilishi bilan yanada taranglashgandek ko’ringan edi.

Albatta, Qirg’iziston hukumati bu qarorlarni Rossiya bosimi va undan keladigan yordam pullarini qo’lga kiritish ilinjida qabul qilgan edi. Biroq Qrim bosqini ortidan qo’llana boshlangan jazo choralari va jahon bozorida neft narxini keskin tushib ketishi Rossiyani qiyin ahvolga solib qo’ydi. Rossiya Qirg’izistonga yordam berish u yoqda tursin, hatto o’z muammolarini ham xal etishni uddalay olmay qoldi. Shu sababli ham Qambarota-1 va Yuqori Norin GES kaskadlarini qurish va foydalanish bo’yicha 2012 yilda imzolangan kelishuvni bajarishdan bosh tortishga majbur bo’ldi va bu harakati bilan qirg’iz hukumatini qiyin vaziyatga solib qo’ydi.

Rossiyaga ortiqcha ishonib pand eb qolgan Qirg’iziston hukumati so’nggi kunlarda AQSh bilan buzulgan aloqalarni qayta tiklash harakatiga tushib qoldi. Bu yo’lda dastlabki qadamni Jogorku Kenesh spikeri Asilbek Jeenbekov boshlab berdi. 2016 yil 9 fevral kuni Asilbek Jeenbekov elchisi bo’lib tayinlanganiga yarim yil bo’lib qolgan bo’lsada AQSh elchisi Sheyla Guolt bilan birinchi bor uchrashib, hukumatlararo yangi hamkorlik shartnomasini tayyorlash masalasini muhokama qilishgan edi.

Bugun, 24 fevral kuni esa Qirg’iziston bosh vaziri Temir Sariev AQSh elchisi Sheyla Guolt bilan uchrashgani xabar qilindi. Ammo na hukumat matbuot xizmati va na elchixona rasmiylari uchrashuvda nima muhokama qilingani haqida xabar bermadi. Shunday bo’lsada bu uchrashuvda AQSh bilan hamkorlikni yangidan yo’lga qo’yish va bajarilishi lozim bo’lgan shartlar ko’rib chiqilganini tahmin qilish mumkin.

Shu o’rinda Qirg’iziston hukumati “oq it, qora it – baribir it”ligini hisobga olmayotganini eslatib o’tishni istar edik. Rossiya bo’ldami yoki AQShmi garchi o’zlarini Qirg’iziston hukumatiga ko’mak berayotgandek qilib ko’rsatishga harakat qilishsada, ularning bu harakatlari zamirida faqatgina o’z moddiy manfaatlari va o’z nufuzlarini o’rnatish yotganligi aniq. Rasmiy hukumat esa u yoki bu davlatdan arzimagan yordam pullarini olish ilinjida ular tomonidan qo’yilgan shartlarni so’zsiz bajarishga intilib, bu Qirg’iziston manfaatiga mos kelish yoki kelmasligi to’g’risida o’ylab ham ko’rishmayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.