Marokash Arab davlatlari ligasiga mezbonlik qilishni rad etdi

153
0

Marokash hukumati 6-7 aprel kunlari Marokash shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan Arab davlatlari ligasi sammitiga mezbonlik qilmaydigan bo’ldi. Juma kuni Marokash Tashqi ishlar vaziri Salohiddin Mizvar Arab davlatlari ligasi Bosh kotibi Nabil al-Arabiyga qo’ng’iroq qilib sammitga mezbonlik qilmasliklarini xabar qildi. Bundan avval Marokash hukumati Arab davlatlari ligasining bosh kotibiyatidan 29-30 kuni o’tkazilishi rejalashtirilgan sammitni 6-7 aprel kuniga kechiktirib turishlarini talab qilgan va uning bu talabi qondirilgan edi.

Arab davlatlari ligasi bosh kotibining yordamchisi Ahmad bin Hilli Marokash hukumatidan ligaga nisbatan bunday munosabatda bo’lishi haqida biror izoh berishini so’radi. Bunga javob sifatida Marokash tashqi ishlar vaziri Salohiddin Mizvar bir bayonot taqdim qildi.

Salohiddin Mizvar o’zining bayonotida Arab davlatlari ligasini o’zining nomiga loyiq ittifoq bo’la olmaganlikda ayblagan bo’lsa, Arab davlatlarining rahbarlarini muaommolar qarshisida aniq qadamlar tashlay olmaganlikda aybladi. Marokash hukumatiga ko’ra, Arab davlatlari ligasi odatiy qarorlar qabul qiladigan oddiy yig’ilishdan nariga o’ta olmaydi.

Shundan so’ng mazkur sammitga mezbonlik qilish Mavritaniya davlatiga taklif qilindi. Mavritaniya ham mezbonlik qilishni istamagan taqdirda, qoidaga binoan Misr mezbonlik qiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.