Pan Gi Mun: Birlashgan Millatlar Tashkilotini isloh qilish murakkab masala

476
0

Pan Gi Mun: Birlashgan Millatlar Tashkilotini isloh qilish murakkab masala

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Birlashgan Millatlar Tashkilotini isloh qilish «murakkab, ser qirrali va ko’p vaqt talab qiluvchi masala» ekanini aytdi. U o’tgan yakshanba kuni Afrika Ittifoqining Addis-Abebadagi qarorgohida bergan matbuot anjumanida «BMT va Xavfsizlik Kengashini isloh qilish nafaqat Afrika, balki butun dunyo davlatlari talabi» ekanligini qo’shimcha qildi. Pan Gi Mun buni muammo bir necha a’zo davlatlar, jumladan Veto huquqiga ega davlatlarga bog’liqligi bilan izohladi. Ma’lumki, Afrika Ittifoqiga rahbarlik muddati tugagan Zimbabve prezidenti Robert Mugabe Afrika Ittifoqining 26-sammiti ochilishida BMTni isloh qilishga chaqirgan edi. (Arabiy 21).

Roya gazetasi sharhi:

Pan Gi Mun BMT va Xavfsizlik Kengashini isloh qilish to’g’risidagi gaplari bilan odamlarni aldayapti. Chunki uning o’zi BMT va Xavfsizlik Kengashi yirik davlatlar, xususan, Amerika qo’lidagi ularning dunyo bo’ylab olib borayotgan siyosatlarini amalga oshirishdagi bir qurol ekanini juda yaxshi biladi. Shunday ekan, BMT bosh kotibi nima uchun oydek ravshan bo’lgan bu haqiqatni yashiryapti??!! Bu haqiqatni tushungan, buyuk davlatlar nufuzidan va ularning hukmronligidan ozod bo’lishga harakat qilayotgan har bir kishi bu tashkilotlarni isloh qilishga emas, balki bu tashkilotlarni parchalashning, ularni yangi olamiy tashkilotga almashtirishning muqaddimasi sifatida ularga qarshi xalqaro jamoatchilik fikrini paydo qilishga harakat qilishi lozim. Bu yangi tashkilotga mustamlakachi davlatlar hukmron bo’la olmasligi, u insofga va zulmni oldini olishga asoslanishi, butun bashariyat o’rtasida adolatni yoyishi lozim. Shuningdek, bu tashkilot biror bir davlatning hisobiga harakat qilmaydigan, balki butun bashariyat manfaati uchun harakat qiladigan tashkilot bo’lishi uchun ma’naviy kuchga, uni hurmatlagan va qo’llab-quvvatlagan xalqaro jamoatchilik fikriga tayanishi lozim.

Roya gazetasining 2016 yil 3 fevral chorshanba kungi 63-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.