O’zbekiston shahidlari karvoniga yana bir birodarimiz qo’shildi

408
0

Islom va musulmonlarga e’tiqodiy dushman bo’lgan yahudiy Karimovning Islom dini va uning da’vatini ko’tarib chiqqanlarga qarshi uzoq yillardan beri olib borayotgan ayovsiz kurashi oqibatida O’zbekistondagi musulmon Ummatining minglab muxlis farzandlari qamoqqa tashlandi, o’z azmida sobit bo’lgan, bu dunyo matosini oxirat ne’matlariga almashtirishni istamagan yuzlab musulmonlar zolim zindonlarida g’ayriinsoni qiynoqlar ostida jon berdilar.

Kuni kecha O’zbekiston shahidlari karvoniga yana bir birodarimiz qo’shildi. O’zbekiston jallodi Karimovning buyruqlarini bekamu-ko’st va hatto ziyodasi bilan amalga oshirish bilan nom chiqargan, xalq ichida borsa-kelmas nomi bilan mashxur “Jasliq” qamoqxonasidan so’ng mahbuslarga, xususan diniy ayblovlar bilan qamalgan musulmonlarga zulm qilishda “peshqadam” bo’lgan Navoiy viloyati Zarafshon shahrida joylashgan 64/48 sonli qamoqxonasida 11 fevral kuni yana bir birodarimiz Doston Abdurahmonov shahidlik martabasiga erishdi, inshaAlloh.

 رَاجِعونَ إِلَيْهِ وَإِنَّا لِلّهِ إِنَّا

“Albatta, barchamiz Allohnikimiz va albatta, barchamiz Unga qaytguvchidirmiz” [Baqara 156]

“Ozodlik” radiosining xabariga ko’ra, Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi 64/48 sonli qamoqxonada jazo muddatini o’tayotgan 44 yashar Doston Abdurahmonovning vafot etgani haqida 11 fevral kuni uning Toshkent viloyati Chinoz tumanida istiqomat qiladigan oilasiga qamoqxona ma’muriyati xabar bergan.

Odatdagidek, shahid birodarimiz – biz shunday deb hisoblaymiz va Alloh O’zi bilguvchidir – Doston Abdurahmonovning muborak jasadini yarim kechasi militsiya nazorati ostida olib kelingan va kuch organlari yaqinlariga bosim o’tkazib, ortiqcha shov-shuvsiz erta tongda ko’mishga majbur qilishgan.

Doston Abdurahmonov Hizb ut-Tahrir safida Islom da’vatini ko’tarib chiqqani uchun zolim hukumat tomonidan 1999 yilda qamoqqa olingan. Zolim rejim uning o’z e’tiqodidan qaytarish uchun uzoq yillar harakat qilgan bo’lsada o’z maqsadiga erisha olmadi. Shu sababli ham garchi uning qamoq muddati 2008 yilda tugagan bo’lishiga qaramay turli xil bahona va tuhmatlar bilan uch marta raskurtka qilinib yana 9 yil qo’shib berilgan edi.

Biz Buyuk va Qudratli Allohdan birodarimiz Doston Abdurahmonovning xolis qilgan amallarini qabul qilishini, uni payg’ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan birga tiriltirishini yolvorib so’raymiz.

Shahid birodarimiz Dostonning oila a’zolariga, qarindosh-urug’lari va oilaga yaqin bo’lgan barcha do’stlariga chuqur ta’ziyamizni bildiramiz. Alloh sizlarga sabru jamil ato etsin. Alloh sizlarni chiroyli sabr kilishlik ortidan yaxshiliklar bilan mukofotlashini so’rab qolamiz.

Hizb ut-Tahrirning Qirg’izistondagi matbuot bo’limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.