Moskva Atambaevdan Google va Facebookni cheklashni so’ramoqda

384
0

Yevroosiyo kiberxavfsizlik tashkiloti (Moskva) o’z veb-saytida o’zi haqida qisqa ma’lumot berib, tashkilot “o’z safida Yevroosiyo mintaqasida turli yoshdagi jismoniy shaxslar, IT-mutaxassislar, bloggerlar, jurnalistlar, yozuvchilarni erkin shartnoma asosida jamlagan harakat” ekanligini xabar qildi.

Bu haqidagi xabarlar OAV 31 yanvardan 8 fevral mobaynida paydo bo’lgan.

Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev va MDH davlatlarining boshqa rahbarlari nomiga yo’llangan murojaatda: “Yevroosiyo davlatlari bilan virtual chegaralarni yopish, g’arbning Google va Facebook kabi yirik qidiruv tizimi va ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini cheklashni taklif qilgan hamda Viber, WhatsUp va Telegram internet-telefon xizmatlari esa huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilayotgan Skype izidan borishi kerak”ligi aytib o’tilgan.

Mazkur murojaat Rossiya, Qozog’iston, Ozarbayjon, Belarus, Armaniston, Qirg’iziston, O’zbekiston va Tojikiston prezidentlari nomiga yo’llangan.

Murojaatda aytilishicha, so’ngi yillarda postsovet hududidagi Yevroosiyo mamlakatlari o’z suvernitetlarini yo’qotishiga va hatto, rangli inqiloblar vositasida rejimlar almashinuviga olib kelgan tashqi axborot hurujlariga bir necha bor duchor bo’lishdi. Muzokaralar, fuqarolar, biznes kompaniyalar rahbarlari va oliy darajadagi davlat amaldorlarining moliyaviy va shaxsiy faoliyatining bir qismi boshqa davlatlarga qarashli kompaniya va servislar nazorati ostiga tushib qoldi.

“Vaziyat shundayki, Rossiyadan boshqa deyarli barcha MDH davlatlari bitta aloqa monopolistiga ega. Budan texnik hamkorlik dasturi bahonasida xorijiy tizimlar manfaatdor bo’lib, texnik xizmat ko’rsatish va sarmoya kiritish orqali telekommunikatsiya monopoliyasini olib kirishmoqda va shu yo’l bilan davlat aloqa tizimi, ichki va tashqi aloqalari to’g’risida ruxsatsiz axborotlarni qo’lga kiritishmoqda”, – deyiladi murojaatda.

Turkiston:

Rossiya, MDH davlatlari hududlari ustidagi saqofiy mustamlaka quvvatini yo’qotib borayapti. Saqofiy mustamlaka Rossiya uchun qanday manfaatlar olib kelishi mumkin?

Ukrainada Rossiyaning saqofiy ta’sir quvvati qanday oqibatlarga olib kelganini ko’rib kelayapmiz. MDH davlatlariga bo’lgan Rossiyaning saqofiy quvvatining ta’sir etish choralari qisqarib borayotgani, shu bilan bir qatorda G’arb axborot olamining ta’siri va saqofiy tarbiyalash tarmoqlari keng quloch yoyib borayotgani Rossiyani tashvishlantirmay qo’ymaydi. Chunki, saqofiy ta’sir quvvati, mamlakatni parokanda qilib yuborish darajasida kuchli ahamiyatga ega. Ukraina mamlakati, avvalgi sovetlar ittifoqidan qolgan Rossiyaning saqofiy mustamlakasi ostida keladi. Oxirgi yillarda G’arb olami, deyarli Ukrainaning yarmida Rus saqofatini siqib chiqarib yuborishga harakat qilishdi. Rossiya saqofatini Ukrainadan tag tomiri bilan siqib chiqarisha olmagan bo’lishsa ham, G’arb olami u erni o’zining ma’lumot hujumi ostida qamrab oldi. Natijada Ukrainada o’zining saqofiy ta’siri ostidagi tomonida inqilobiy harakatlar boshlab yubordi va maqsadiga deyarli erishdi.

Rossiya MDH ostidagi davlatlarda ham o’zining saqofiy ta’sir quvvatini yo’q bo’lib borayotganini ko’rib turipti. Asosan Qirg’iziston va Qozog’istonda Rossiyaning saqofiy ta’siri zaiflashib, G’arb tomonidan axborot hujumi boshladi. Bu esa, xuddi Ukraina singari mamlakatlarni mintalitet va har qaysi saqofat tomoniga moyilliklari va tarbiyalari jihatidan ikki lagerga bo’linishlariga sabab bo’lishi mumkin.

Rossiyaning qo’pol va buzuq saqofati va G’arb olib kelayotgan tuturiqsiz va iflos saqofati o’rtalarida deyarli farq yo’q. Ularning har ikkalasi, biz musulmonlarni ukrainlar singari ikki tomon bo’lib bir birlarimiz bilan urushishimiz uchun yaramaydi. Rossiya ham G’arb mustamlakachilari ham, bizlarga qanday yashash tarzini o’rgatishayotib, bizlarning farovonliklarimiz haqida o’ylashayotgani yo’q. Ular bizni, biri ikkinchisidan tortib olish chog’ida, har biri o’z tarafdorlari ko’proq bo’lishini istashadi xalos.

Yurtlarimizdagi bu saqofiy qarama qarshilik, o’ta keskin va xavfli vaziyatlarni paydo qiladi. Shuning uchun ustilarimizda bizni bir birlaridan rashk qilishayotgan nosog’lom quvvatlarning har ikkalasi tomoniga og’ishni bas qilib, ularning birortasiga moyil bo’lib borayotgan yo’nalishlarni bartaraf etishimiz maqsadimizga muvofiq bo’lar edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.