Putin Nazarboev bilan telefon orqali suhbatlashdi

383
0

Avvalroq, 3 fevral kuni Qozog’istonga AQSh harbiy hamkorlik guruhining muvofiqlashtiruvchi mas’ullari tashrif buyurib, ikki kunlik yig’ilish o’tkazgan va yig’ilish so’ngida ikki davlat – AQSh va Qozog’iston qurolli kuchlari o’rtasida 2016-2017 yillar uchun reja tayyorlanganligi e’lon qilingan edi. Qozog’iston va AQSh harbiy hamkorligining asosiy yo’nalishlari – birgalikda faoliyat olib borish, qurolli kuchlar kasbiy mahoratini oshirish, o’zaro harbiy ko’maklashish va hamkorlikda harbiy mashg’ulotlar o’tkazishdan iborat bo’lishi belgilab olingan edi.

Bu uchrashuvdan ikki kun o’tib, 6 fevral kuni Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo’g’li ikki kunlik ish safari bilan Qozog’istonga keldi. Qozog’iston prezidenti matbuot xizmati Nazarboev Ahmad Dovudo’g’li bilan savdo, energetika sohasida hamkorlik hamda xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilinishini xabar qilgan edi.

AQSh harbiylari va amerikaparast turk hukumati boshlig’i Ahmad Dovudo’g’li safari yakunlanganidan ikki kun o’tib esa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Nazarboev bilan telefon orqali suhbatlashdi. Xabar qilinishicha, telefon orqali bo’lgan muloqotda Putin Nazarboev bilan Ukraina sharqidagi vaziyat va nochorlab ketgan rus-turk aloqalarini muhokama qilgan.

Qozog’iston prezidenti matbuot xizmatiga ko’ra, Putni rasmiy Moskva bilan Anqara munosabatlari buzilishida “qiyinchiliklar turk tomonidan paydo qilinganini” aytib, aloqalarni qayta yo’lga solish uchun Turkiya qadam tashlashi zarurligini bildirdi.

Turkiston:

Putinning Rossiyani shu ahvolga olib kelib qo’yishiga, uning o’ziga berib yuborgan ortiqcha bahosi va kibrga to’la o’zbilarmonligi sabab bo’ldi. Endi u Rossiyani boshi berk ko’chaga olib kelib qo’yib, bu yog’iga nima qilish haqida to’la tasavvurga ega emas.

Nazarbaevni esa, AQSh bilan hamkorlikni kuchaytirib yuborishi bilan, Rossiyadan hadiksirashi mutloq tugagani yo’q. Chunki AQSh o’z manfaati yo’lida Qozog’iston bilan Rossiyani atayin urushtirib yuborishi ham mumkin bo’lgan o’ta ishonchsiz quvvat. (Buni hozirda Suriya masalasida ko’rib turipmiz.) Shuning uchun Nazarbaev, Putinni ahvolini ko’rib turgan va uning holatiga uning o’zidan ko’ra tiniqroq baho bera oladigan tajribali siyosatchi sifatida, Rossiya bilan G’arb o’rtasini isloh qilishda o’rtamchilik qilib berishni taklif qiladi. Chunki Turkiya – Rossiya muammolari, AQShning siyosiy loihalari asosida borayotganini ularning barchasi bilishadi. AQSh Qurdlarni Turkiyaga qarshi yo’naltirishda ham, Rossiyadan foydalanmoqchi.

Rossiya, Putinning injiqliklari va kibr havosi sababidan, toboro holdan toyib boryapti. Bu esa, Putinning rejimi uchun ham o’ta xavfli vaziyatlar paydo qilishi mumkin. Bu holatdan chiqib ketish uchun Putinda faqat ikki yo’l bor. 1) G’arbga tavba qilib, Rossiyaning olamiy etakchilikka bo’lgan intilishidan voz kechib, hozirdagi haqiqiy mavqeyiga rozi bo’lib, o’rtalaridagi uzilib borayotgan aloqalarni tiklaydi. Lekin endi ilgarigi holatidan umidini uzushi kerak. G’arb ham asosiy talab sifatida shu shartni qo’yadi. 2) Vaziyatlar yanada keskinlashib boraverishiga rozi bo’lib, urush holatini paydo qilib, Rossiya bo’ylab yoki uning muayyan mintaqalarida harbiy holat va harbiy boshqaruv joriy qiladi. Tarixda, Mussalini, Gitler, Pinachet, Saddam Husayin va boshqalar mamlakatlarini harbiylar quvvati vositasida boshqarib o’tishgan. Bundan tashqari Misir, Livan, Turkiyadagi kabi harbiylar boshqaruvi singari loihalar kabi, harbiylar o’zlarining kuchli ta’sirlari bilan mamlakatni o’z ta’sir quvvatlari ostida ushlab kelishgan. Bu harbiy diktatorlik rejimining ham umri unchalik uzoq bo’lmaydi. Oqibati ham hech qachon xayrli yakun topgan emas.

Putin Turklarga qarshi Suriya mintaqasida urush uyushtirish maqsadida bir qator fitnakashlik amaliyotlar olib borayapti. Bundan tashqari Qrim, Checheniston, Ingushetiya va Dog’istonda ham, musulmonlarga qarshi atayin fitnakashlik amaliyotlar uyushtirib, vaziyatni keskin holatda ushlab kelayapti. Qozog’istonning shimoliy mintaqalarida ham keskinliklar paydo qilish maqsadi yo’q emas. Hozircha Qozog’istonda, Rusiyzabon millatlari bilan Qozoqlar o’rtasidagi vaziyatlar o’zi holicha keskinlashib borayapti.

Nazarbaev, Putinni 1) holatdagi shartlarga rozi qilish uchun G’arbga o’rtamchilik qilib berishga harakat qiladi. Lekin uning Rossiya bilan Ukraina o’rtasidagi vositachiligi ham muvoffaqqiyatsiz yakunlangan edi. Ammo Qozog’istonning shu kundagi iqtisodiy nochor ahvoli ham Rossiyanikidan qolishmaydi. Nazarbaev ham, vaziyatdan quruq chiqib ketish yo’llarini harbiy amaliyotlardan qidirib qolmasa edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.