Tojikiston o’z fuqarolari soqollarini olib tashlamoqda

435
0

Tojikiston hukumati 2015 yilda 13 ming nafar kishini soqolini oldirishga va 1700 nafar ayolni hijobini tashlatishga muvaffaq bo’ldi.

Tojik hukumati o’zining bu harakatlarini ekstremizmga qarshi kurash kampaniyasi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan izohladi. Bu kampaniya o’tgan yili may oyida boshlangan bo’lib, hatto hajga boruvchilarga ham cheklovlar qo’yish darajasiga etgan edi.

Tojikiston aholisi sakkiz milliondan ortadi, ularning to’qson foizi musulmonlarni tashkil qiladi. 1994 yildan beri yurtni Imomali Rahmonov rahbarligi ostidagi ilmoniy hukumat boshqarib kelmoqda. Tojik militsiyasining ta’kidlashicha, hozirda militsiya uzun soqol qo’yganlarni «tartibga solmoqda».

Yangi tug’ilgan chaqaloqlarga «Muhammad» deya ism qo’yish keng yoyilishi ortidan tojik parlamenti o’tgan hafta arabcha ismlar qo’yishni taqiqlovchi qarorni bir ovozdan ma’qulladi. Tojikiston konstitutsiyasida diniy erkinliklardan foydalanish huquqi qayd etilganiga qaramay, hukumat diniy ishlarni qattiq nazorat ostida ushlab kelmoqda.

Hukumat diniy sohani masjidlar va cherkovlarni nazorat qiluvchi diniy ishlar qo’mitasi orqali boshqarib keladi. Ulamolar hay’ati mustaqil deya ko’rilsa-da, bu hay’at hukumat tomonidan rasman ruxsat berilgan ma’ruzalarnigina qabul qiladi. Hukumat o’quvchi qizlarni hijob kiyishdan man qilgan. 18 yoshga to’lmagan yoshlarning – janozadan tashqari – diniy marosimlarda qatnashishlarini ham taqiqlagan. Shuningdek, 17-18 orasidagi yoshlarning – oila a’zolarining yozma ravishda bergan ruxsatisiz – diniy ta’lim olishlarini ham taqiqlagan. Bu diniy ta’limning hukumat maktablaridan boshqa erlarda va dars vaqtlaridan tashqari vaqtlarda olinishini shart qiladi. (Hurra sayti).

Roya gazetasi sharhi:

Hokimiyatga Kremldagi xo’jayinlari yordami bilan kelgan tog’ut Imomali Rahmonov Islomning musulmonlar hayotidagi har bir ko’rinishiga qarshi kurashmoqda. U Tojikiston musulmonlarining o’z dinlariga moyilliklarini ko’rib turibdi. Shuning uchun ham Islom va musulmonlarga qarshi qaror va qonunlar ishlab chiqish bilan ularni Islomdan uzoqlashtirishga harakat qilmoqda.

Roya gazetasining 2016 yil 27 yanvar chorshanba kungi 62-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.