Imomga zulm qilib, hibsga olish bilan xotin-qizlar huquqi himoya qilinadimi?!

423
0

Imomga zulm qilib, hibsga olish bilan xotin-qizlar huquqi himoya qilinadimi?!

«Ozodlik» radiosi xabariga ko’ra, Qirg’iziston hukumati turmush qurishni istagan yigit qizlarni nikoh to’yi o’tkazishdan oldin «ZAGS»dan o’tish (nikohni kayd qildirish)ga majbur qiluvchi qonun loyihasini tayyorlamoqda. Qonun loyihasi bu tartibga rioya qilmasdan kelin-kuyovga nikoh o’qigan imomni besh yilga ozodlikdan mahrum etishni hamda 16-17 yosh o’rtasidagi qizlarni turmush qurishdan man etishni o’z ichiga olgan. Bu loyihaning yaqin vaqt mobaynida parlamentda ko’rib chiqilishi kutilmoqda.

Qirg’iziston Oliy kengashi deputati Elmira Jumalieva bu qonun loyihasidan asosan, erta turmushga chiqish holatlariga chek qo’yish va er-xotinlar huquqini himoya qilish maqsad qilinganini bildirdi. Keyin u «Biz 15-16 yoshlarda turmush qurish holatlarini kuzatyapmiz, bu esa nosog’lom holatdir. Garchi yosh turmush qurish ota-onaning roziligi asosida bo’layotgan bo’lsa-da, biroq bu yoshda qizlar hali tayyor bo’lmagan hisoblanadi. Shuning uchun jazolash, boshqarish, kelin-kuyovni ZAGSga borishga majburlash bilan bog’liq mas’uliyatni kuchaytirish lozim».

Qirg’iziston aholisi mahr, nikoh, taloq kabi ijtimoiy nizom bilan bog’liq masalalarda Islom shariatiga qattiq amal qiluvchi musulmonlardir. Hatto bu ahkomlar ularning turmushida keng qo’llanib, qalbiga o’rnashib ketgan. Hozirda muhokama etilayotgan ayni loyihaga ko’ra esa, ZAGSga bormagan kelin-kuyov ham, ularga nikoh o’qigan imom ham jinoiy javobgarlikka tortilib, besh yil muddatga qamoq jazosiga hukm etiladigan bo’ladi!! Bu qonun musulmonlarga nisbatan haqorat hamda shar’iy ahkomlarga zid bo’lishiga qaramasdan ular bu bilan turmushga chiquvchi xotin-qizlar huquqini himoya qilishni da’vo qilishmoqda!!

Shu o’rinda quyidagicha savol bermoqchimiz: Qirg’izitonda xotin-qizlar huquqi buzilishi ortidagi haqiqiy sabab nima? Muayyan holatlarda ularning boquvchisiz va uy-joysiz qolib ketishidagi asosiy sabab nimada?! Shu majburan joriy qilinayotgan ZAGS ularni boshqa qonunlar sababli boshdan kechirayotgan mashaqqatlardan forig’ eta oladimi?! Axir, o’zlari halokat yoqasida bo’lib, qilib turgan amallari esa botilku!!

Qirg’izistonda baloning ildizi va ayollar bilan bog’liq qalashib yotgan chigal muammolar echimi Alloh Subhanahu va Taolo nozil qilgan shariat ahkomlarini tatbiq etilmaslikdadir. Zotan, Islom ayolga ona, uy bekasi va himoya qilinishi vojib bo’lgan nomus deb qaraydi. Unga turmushga chiqmasidan oldin otasi va mahramlari tomonidan, turmushga chiqqach esa, eri tomonidan g’amxo’rlik qilishga, butun umri bo’yi oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joy bilan uni ta’minlashga buyurgan. Agar ayolning boquvchisi bo’lmasa, unga g’amxo’rlik qilish va himoya qilish vazifasini o’tashga davlat kirishadi.

Ey Qirg’izistondagi musulmonlar!

Hukmdorlaringiz sizni yomon boshqarmoqda. Siz uchun ishlab chiqqan qonunlari muammolaringizni hal etolmayapti. Yo’q, ular bu bilangina kifoyalanmay, Robbingiz ahkomlariga qarshi urush e’lon qilib, sizni Islomingizdan uzoqlashtirishmoqchi, kapitalistik kufr tuzumi bilan buzuq demokratiyani zo’rlab joriy qilishmoqchi.

Alloh butun olamga rahmat qilib tushirgan dini Islomda insonning hamma muammolari uchun echim mavjud. Xalifalik davlatida hukmdorlar, voliylar, qozilar, eng avvalo roshid xalifa Islom nizomini Alloh Subhanahu va Taolodan taqvo qilish turtkisi asosida tatbiq qiladilar.

Darhaqiqat, kofir mustamlakachilar bizning yurtlarga kirishidan oldin musulmonlar Xalifalik soyasida baxtli yashadilar. Ayol kishi qadriyati e’zozlangan va nomusi himoyalangan holda hurmatda yashadi. Bugun Qirg’izistonda xotin-qizlarning tahqirlanishi, huquqi poymol qilinishi va ular duch kelayotgan og’ir shart-sharoit sababi, ularga tatbiq etilayotgan buzuq tuzumga borib taqaladi. Bu holatni mazkur qonun loyihasida aytilgandek, imomni qamash bilan hargiz yo’q qilib bo’lmaydi!

Ey Qirg’izistondagi musulmonlar!

Bunday adolatsiz, zulmkor qonunga rozi bo’lmang, rozi bo’lmaslikdan tashqari, uni ildizi bilan qo’porib tashlang. Faqat shundagina aziyat chekayotganingiz ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ta’lim bilan bog’liq muammolarni yo’q qila olasiz.

Bugun haq ovozi juda baland jaranglay boshladi, musulmonlarning Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni qayta barpo etish talabi butun dunyoda keng tarqalmoqda. Bas, shunday ekan, siz ham ularga qo’shilib, hayot maydonida islomiy hayotni qayta boshlash uchun faoliyat qilayotganlar bilan birga faoliyat qiling.

Alloh Subhanahu va Taolo bunday dedi:

 ﴿اللَّهُ وَلِيُّ الَّذِينَ آمَنُوا يُخْرِجُهُم مِّنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ ۖ وَالَّذِينَ كَفَرُوا أَوْلِيَاؤُهُمُ الطَّاغُوتُ يُخْرِجُونَهُم مِّنَ النُّورِ إِلَى الظُّلُمَاتِ ۗ أُولَٰئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خالدون﴾

«Alloh mo’minlarning do’stidir, ularni zulmatlardan nurga chiqaradi. Kofirlarning do’stlari esa tog’ut-shaytonlardir, ular kofirlarni nurdan zulmatlarga chiqaradilar. Ana o’shalar jahannam egalaridir va unda abadiy qolajaklar» [Baqara 257]

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi ayollar qismi

Manzil: al­Mazraa – «Kolumbia TSentr» – Blok B – ikkinchi qavat

Pochta qutisi 14­5010

Telefon: 00961 1 30 75 94

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.