Turkiya: Xudkush hujumchi suriyalikdir

433
0

Bugun barcha ommaviy axborot vositalarining nazari Istambuldagi portlashga qaratildi. Turkiya Bosh Vaziri idorasi hodisa aniqlanmaguncha portlashga oid xabar tarqatishni vaqtinchalik man qilish haqida qaror qabul qildi.

Portlash ortidan Chankaya saroyida xavfsizlik yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish ortidan bayonot bergan hukumat voizi No”mon Kurtulmush jonli bombaning 1988 yilda tug’ilgan, asl kelib chiqishi suriyalik shaxs ekanligini ma’lum qildi. Kurtulmushning bildirishicha, hodisa joyida parcha-parcha bo’lib ketgan jasad jonli bombaning jasadidir.

“Parchalanib ketgan jasadning jonli bomba ekanligi aniqlandi. Jonli bomba asli kelib chiqishi suriyalikdir. Hujumda 10 kishi halok bo’ldi. 15 kishi jarohat oldi. Ulardan ikkitasi og’ir ahvolda. O’lganlar va jarohat olganlarning aksariyati xorijiy sayyohlardir”, dedi Kurtulmish.

Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdug’on ham hujum hodisasidan uch soat so’ng portlashni suriyalik xudkush hujumchi amalga oshirganligini tilga olib o’tdi.

“Istambulda Sulton Ahmad maydonida sodir bo’lgan va kelib chiqishi suriyalik bo’lgan jonli bomba ekanligi aytilayotgan terror hujumini afsus bilan qoralashimni aytib o’tmoqchiman” dedi Erdug’on.

Voiz muxbiri Shenol Gezer ese jonli bombaning shaxsi aniqlanganligini bildirdi. Gezerga ko’ra, xudkush hujumchi Nabil al-Fadl ismli suriyalik erkak kishidir. Shuningdek, o’lganlarni 9 nafari germaniyalik, ikkitasi esa janubiy koreyalikdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.